|
Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari
|
bet | 145/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblariKo’mir sanoati. O’zbekistonda ko’mirni sanoat usulida qazib olish 1930 yillar oxiridan boshlangan. Toshkent viloyati Oxangaron vodiysida Angren qo’ng’ir ko’mir, Surxondaryo viloyatida Sharg’un, Boysuntog’ toshko’mir konlari bor.
1940-48 yillarda Angren qo’ng’ir ko’mir konida ko’mir ochiq va yopiq usullarda qazib olina boshladi. 1950 yilga kelib, respublikada 1,4 mln.t ko’mir qazib olindi, Angren ko’mir xavzasi yonida Angren shahri qad ko’tardi. 1941 yilda Sharg’un posyolkasi yaqinida Sharg’un toshko’mir koni ochilib, 1958 yilda ishga tushirilgan. Uning yillik ishlab chiqarish quvvati 200 ming t. Shaxtada briketlash fabrikasi ishlaydi (yillik quvvati 150 ming t). 1961 yili Angren ko’mir konida yer osti gazogeneratorlarida ko’mirni yuqori bosimdagi xavo oqimi yordamida energetik gazga aylantiradigan “Yerostigaz” stansiyasi qurildi (yillik ishlab chiqarish quvvati 800 mln. m.kub gaz).
1990 yilda respublikada 6,4 mln.t ko’mir qazib chiqarildi. Keyingi yillarda bu ko’rsatkich sezilarli pasaydi. 2005 yilda respublikamizda 3 mln. t ko’mir qazib olindi. Ammo Angren va Yangi Angren GRESlarining to’la qattiq yoqilg’iga o’tkazilishi bilan respublikaning ko’mirga bo’lgan ehtiyoji ortmoqda. Qazib olinayotgan ko’mirning 96,5 % qo’ng’ir ko’mirga to’g’ri keladi. O’zbekistonda qazib olinayotgan ko’mirning 87 % i ochiq usulda qazib olinmoqda.
3.O’zbekiston elektr-energetika sanoatining joylashishi va rivojlanishi. Energetika Respublika xalq xo’jaligining negiz tarmog’i, respublikada iqtisodiyot va tehnika taraqqiyotining mustaxkam poydevori hisoblanadi. O’zbekiston energetika sistemasi umumiy o’rnatilgan quvvati 11,5 mln. kVt bo’lgan 37 issiqlik va gidravlik elektr stansiyalarida yiliga 55 mlrd. kVt.s dan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. O’zbekiston energetika sistemasining barcha kuchlanishlardagi elektr tarmoqlarining umumiy uzunligi qariyb 228 ming km ni tashkil qiladi. Tarmoq transformatorlarining umumiy quvvati 42,6 MVA ga teng. Hozir respublika energetika tizimida 60 mingga yaqin kishi ishlaydi.
O’zbekistonda elektr quvvatidan asosan 20-asr boshlaridan foydalanila boshlandi. O’sha davrda Toshkentda 2 elektr stansiya qurilgan bo’lib, biri (quvvati 1450 kVt, 5 dizel) tramvayni tok bilan ta’minlash, ikkinchisi (Pavlov elektr stansiyasi, quvvati 125 kVt) shaharni yoritish uchun ishlatilgan. 1913 yilda O’zbekiston hududida umumiy quvvati 3 MVt chamasida bo’lgan 6 kichik dizel elektr stansiyalari bo’lgan, yillik elektr energiyasi xosil qilish 3,3 mln. kVt. s ga yetgan.
20-yillarda O’zbekistonda issiqlik energetikasi dizel va mayda bug’ turbinali eletr stansiyalarini qurish yo’nalishida rivojlandi. Dizel elektr stansiyalar umumiy maqsadlarda hamda issiqlik energiyasiga ehtiyoji bo’lmagan paxta zavodlari, nasos stansiyalari, kanallar va boshqa korxonalar qoshida qurildi. Respublikada dastlabki bug turbinali elektr stansiyalari Farg’ona va Kattaqo’rg’on yog’-moy zavodlarida qurildi. Farg’ona yog’-moy zavodining “Sharq tongi” issiqlik elektr markazi (IEM) umumiy maqsadlardagi elektr stansiyasi bo’lgan birinchi IEMdir.
1934 yil 25 sentabr O’zbekiston energiya sistemasining tashkiliy asosi – “O’zbekenergiya” energetika boshqarmasi (xoz. UzR Energetika va elektrlashtirish vazirligi) tuzildi.
30-yillar boshidan Chirchiq-Bo’zsuv GESlar kaskadi barpo etildi. O’zbekistondagi birinchi gidroelektr stansiyasi Bo’zsuv GES shu traktda qurilib, 1926 yilda ishga tushirilgan edi. Chirchiq-Bo’zsuv gidroenergetika traktida gidroenergetika qurilishi tez sur’atlar bilan davom ettirilib, 1926 yildan 1940 yilga qadar mazkur trakt gidroelektr stansiyalarida 67 ming kVt generator quvvatlari ishga tushirildi.
Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston energetika sistemasida quvvatlarni oshirish gidroelektr stansiyalar qurilishi hisobiga amalga oshirildi. 1950 yilda O’zbekiston umumiy energetika balansida ishlab chiqarilgan elektr energiyaning 64.3 % GESlar hissasiga to’g’ri keldi. Respublika xalq xo’jaligining energiya ta’minoti Chirchiq va Sirdaryo daryolarining suvchanligiga bevosita bog’liq bo’lib qoldi.
50-yillarning 2-yarmiga kelib O’zbekistonda juda boy tabiiy gaz zaxiralarining topilishi elektr energiyasi ishlab chiqarishni keskin oshirish imkoniyatini yaratdi. 60-70 yillarda tabiiy gaz negizida ishlaydigan Toshkent, Navoiy, Taxiatosh, Sirdaryo GRESlari, Angren ko’mir koni bazasida ishlaydigan Angren GRESning ishga tushirilishi natijasida energetika quvvatlari umumiy balansida issiqlik elektr stansiyalari (IES)ning hissasi 80 % ga yetdi. Elektr stansiyalari qurilishi bilan bir vaqtda elektr tarmoqlari, elektr uzatish liniyalari (EUL) va shaharlar yaqinida kichik stansiyalar barpo etish davom ettirildi.
1960 yili 110 va 220 kilovoltli elektr uzatish liniyalari bilan O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg'iziston hamda Qozog'iston janubidagi besh viloyatini birlashtirgan O’rta Osiyo Birlashgan energetika sistemasi tashkil etildi. Toshkentda Birlashgan energetika sistemalari ish tartibotini operativ boshqarish uchun Birlashgan dispetcherlik boshqaruvi tuzildi (1991 yildan “Energiya” birlashgan dispetcherlik markazi). Energetika sistemalarini birlashtirish xalq xo’jaligida elektr ta’minoti sifati va puxtaligini tubdan yaxshiladi, gidroresurslar va yoqilg’idan oqilona foydalanish imkoniyatlarini yaratdi, o’rnatilgan quvvatlar zaxiralarini kamaytirdi. Bu davrda O’zbekistonda jamoa va davlat xo’jaliklari, tuman markazlari energiya sistemasi tarmoqlariga birlashtirildi. 1965 yilga kelib barcha shaharlar va aholi punktlarining elektr ta’minotini markazlashtirishga imkon beradigan O’zbekistonda yagona energiya sistemasi yaratildi.
Hozirgi davrda O’zbekiston energetika sistemasi 19 ming sanoat, 80 ming qishloq xo’jaligi, 19 ming kommunal va 3,5 mln. maishiy iste’molchilarni energiya bilan ta’minlaydi. 0.4-6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish yo’llarining yalpi uzunligi 190 ming km dan ortiq. Respublika bo’yicha jami elektr energiyasi iste’moli 46,1 mlrd. kVt. soatni tashkil etadi.
Respublika energetikasi istiqbolda gidroenergetika va issiqlik energetikasi yo’nalishida rivojlanadi. Gidroenergetika. O’zbekiston energetika sistemasida jami 27 GES larda o’rnatilgan quvvatlar 1420 MVt ni tashkil etadi. Ularda 6331,2 mln.kVt.s. elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. O’zbekiston gidroenergetikasi rivojlantirishda Pskom daryosi, Tupalang, Hisarak, Oxangaron suv omborlarida GESlarni loyixalash va qurish yo’nalishi yetakchi o’rinda turadi
|
| |