• Neft sanoati.
  • Yoqilg’i sanoatining asosiy tarmoqlari, ularning joylashishi va rivojlanishi




    Download 1,66 Mb.
    bet143/171
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,66 Mb.
    #231734
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   171
    Bog'liq
    attaestatsiya javoblari

    2.Yoqilg’i sanoatining asosiy tarmoqlari, ularning joylashishi va rivojlanishi.
    Turli yoqilg’i turlarini qazib chiqarish, neft va gazni qayta ishlash yoqilg’i sanoati tarkibiga kiradi. O’zbekiston yoqilg’i sanoati 3 tarmoqdan iborat:
    1. Neft sanoati;
    2. Gaz sanoati;
    3. Ko’mir sanoati.
    Neft sanoati. O’zbekistonda dastlabki neft koni 1904 yilda ochilgan (Farg’ona vodiysidagi Chimyon neft konida 278 m chuqurlikdan sutkasiga 130 tonna neft olingan). O’sha yili Vannovsk (xoz. Oltiariq) temir yo’l stansiyasida neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Keyinroq Farg’ona botig’ida Yorkuton, Selroxs konlari ham ochildi, Chimyon-Vannovsk neft quvuri qurildi, neftni qayta ishlash zavodi kengaytirildi. Shu davrda rus va chet el kapitali neft qazib olish uni qayta ishlash, neft mahsulotlarini sotishni to’la o’z nazoratiga oldi. “Santo” – O’rta Osiyo neft savdosi shirkati tashkil etildi. 1913 yilda jami 13 ming tonna neft qazib olindi.
    Oktabr to’ntarishidan keyin neft konlari va neftni qayta ishlash korxonalari natsionalizatsiya qilinib, neft konlarini izlash, ishga tushirish uchun O’zbekistonga boshqa respublikalardan, ayniqsa Rossiyadan ko’plab mutaxassislar kela boshladi. Qo’qon shahrida “Uzneft” (1924), Termiz shahrida “Termizneft” (1936) trestlari tashkil qilindi. 1940 yilda respublikada neft olinadigan konlar soni 11 taga yetdi.
    1941-45 yillarda yangi neft konlari (Farg’ona vodiysida Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Andijon) ochildi. Oltiariq zavodi kengaytirildi. O’sha davrda respublikada neft sanoatining infratuzilmasi ham vujudga keldi. 1945 yilda 478 ming tonna neft qazib olindi, 50-yillardan neft konlarida telemehanizatsiya vositalari qo’llanildi, turbinali burgilash joriy qilina boshladi. 1959 yilda Farg’ona vodiysi va Surxondaryo viloyatidagi 9 neft konining o’zidan 1460 ming tonnadan ziyod neft olindi. O’sha davrda Buxoro-Xiva provinsiyasida topilgan neft konlari ishga tushirildi, ularning negizida neft va gaz qazib olish boshqarmasi tashkil etildi. 70-yillar boshidan ayrim neft konlaridagi zaxiralarning tugashi natijasida neft qazib olish kamaydi.
    Yangi neft konlarini topish uchun chuqur quduqlar qazish o’zlashtirildi. Voruxda 5200 m, Gumxonada 5670 m, Chust-Popda 5805 m, Mingbo’laqda 6006 m o’ta chuqur neft quduqlari bug’ilandi.
    1985 yilda Buxoro-Xiva provinsiyasida yaxshi tarkibli yirik neft-gaz kondensatli Ko’kdumaloq koni ochildi. 1993 yili Farg’ona botig’ining o’ta chuqur qatlamlaridan (Mingbo’loq tuzilmasidan) neft otilib chiqdi (qidiruv-burgilash ishlari davom etmoqda). Respublika neft sanoati xalq xo’jaligining neftga bo’lgan talabini to’liq qondirish imkoniyatlariga ega. 1999 yilda Respublikada 8,1 mln.t neft qazib olindi. 

    Download 1,66 Mb.
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   171




    Download 1,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yoqilg’i sanoatining asosiy tarmoqlari, ularning joylashishi va rivojlanishi

    Download 1,66 Mb.