|
Yaponiyaning jahon ilmiy – texnika taraqqiyotida tutgan o’rni
|
bet | 97/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari17. Yaponiyaning jahon ilmiy – texnika taraqqiyotida tutgan o’rni
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari oʻrganishiga koʻra, kunchiqar yurtda mazkur taraqqiyot quyidagi bosqichlarga boʻlinadi:
1. Gʻarb texnologiyalarini faol jalb etish davri (1853-1945-yillar). Ushbu davrda Yaponiya chet el texnologiyalarini mamlakatga jalb qilish siyosatini olib bordi. Bu jarayonda hukumat muhim rol oʻynadi. U xorijiy nou-xau asosida yirik korxonalarning yaratilishiga hissa qoʻshdi, keyinchalik ular dzaybatsu (sanoat-moliya guruhlari)ga aylandi va Yaponiyaning sanoat va texnologik taraqqiyotida muhim rol oʻynadi.
2. Oʻzlashtirish davri (1945-1973-yillar). 1950-1960-yillarda texnologiya siyosatida tanlash (selektiv) yondashuvi ustunlik qildi. Yaponiya eng soʻnggi fan va texnika yutuqlarini faol ravishda oʻzlashtira boshladi. 1950-1978-yillarda uning hisobida 26 ming xorijiy patent va litsenziya mavjud boʻlib, ulardan olingan umumiy daromad 70 milliard dollarni tashkil etdi. Bundan tashqari, 60-yillarda "Katta loyihalar" deb nomlanuvchi Milliy tadqiqot va ishlanmalar dasturi taʼsis etildi.
3. Oʻz texnologik salohiyatini mustahkamlash davri (1973-yildan hozirgi kungacha). 1973-yildan Yaponiya oʻz texnologiyalari va innovatsiyalarini rivojlantirishga eʼtibor qarata boshladi va ilmiy-tadqiqot ishlariga xarajatlarni oshirdi. Bu mamlakatda mavjud texnologiyalar asosida mutlaqo yangi mahsulotlar yaratish va ularni takomillashtirishga xizmat qildi.
Yaponiyada zamonaviy milliy innovatsion tizimni shakllantirishga hissa qoʻshadigan muhim element texnopolislardir. Yaponiyaning butun hududi 19 ta texnopolisga boʻlingan. Hozirgi bosqichda texnopolislar yirik, oʻrta va kichik shaharlarga aylantirilmoqda: Xamamatsu, Nagaoka, Yamaguchi shular jumlasidandir. Yaponiya texnopolislari anʼanaviy sanoatga asoslangan boʻlib, ular atrofida zamonaviy jamiyat uchun zarur boʻlgan boshqa turdosh tarmoqlarni shakllantiradi va rivojlantiradi.
Shu bilan birga, keyingi yillarda Yaponiya bir qator muammolarga duch kelmoqda. Ulardan biri bu aholining keksayishi va kamayishi bilan bogʻliq. Bu muammo ilmiy-tadqiqot va tajriba ishlari uchun yetarlicha insoniy va moliyaviy resurslarni taʼminlashni qiyinlashtirmoqda.
|
| |