• Temiryo‘l transporti
  • Jahon transporti geografiyasi




    Download 1,66 Mb.
    bet93/171
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,66 Mb.
    #231734
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   171
    Bog'liq
    attaestatsiya javoblari

    13. Jahon transporti geografiyasi
    Transport jahon moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining uchinchi muhim tarmog'idir. U sanoat va qishloq xo'jaligi tarmoqlaridan farqli ravishda biron-bir xil mahsulot ishlab chiqarmasada, ishlab chiqarishning rivojlanishida juda katta o'rin tutadi.
    Tez rivojlanib borayotgan jahon transporti murakkab va o'ziga xos tarmoqlar tizimini tashkil qiladi. Ular quruqlik (temiryo'l, avtomobil va quvur), suv (dengiz va daryo) hamda havo transporti tarmoqlariga bo'linadi.
    Quruqiik transporti tarmoqlari qatoriga avtomobil, temiryo'l va quvur transportlari kiradi.
    Avtomobil transporti eng samarali tadrijiy (dinamik) o'sayotgan tarmoqdir. XX asr boshidan paydo bo'lgan bu transport hozirgi paytda jahonning barcha mamlakatlarda eng ommaviy harakat vositasi bo'lib qoldi. Uning muhim jihati - yuklarni manzilning о`ziga - «eshikdan eshikka»cha yetkazib berishidir.
    Avtomobil yo‘llari uzunligi hozir 24,5 mln. km ni tashkil qiladi. Uning 1/4 qismidan ko‘prog‘i AQSH, yana shuncha yo‘l Hindiston, Yaponiya, Xitoy va Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Jahonda 600 mln. dan ziyod turli avtomobillar bo'lib, ularning 4/5 qismi G'arbning rivojlangan mamlakatlaridadir. Birgina AQSHda dunyo avtomobillarining 30 foizidan ko'pi harakat qilmoqda.
    Temiryo‘l transporti quruqlikda yuk tashish oborotiga ko'ra eng yirik tarmoqdir. Bunda uning salmog'i rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, yuqoridir. Hozirgi vaqtda jahon temiryo'llarining umumiy uzunligi 1,2 mln. km ni tashkil qiladi. Ammo temiryo'llar jahon mamlakatlarining atigi 140 tasida bo'lib, yo'llar umumiy uzunligining yarmi AQSH, Kanada, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Germaniya, Argentina, Avstraliya, Fransiya, Braziliyadan iborat «birinchi о`nlik» mamlakatlari hissasiga to'gri keladi. Temiryo'llar Yevropada eng zich, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa u juda siyrakdir. Bundan tashqari, temiryo'l transportining rivojlanganlik darajasini ularning elektrlashtirilgan va yangi texnika (havo yostig'i, magnit va elektrodinamika) vositalaridan foydalana olish imkoniyatlari ham belgilaydi. G`arbiy Yevropa, Vaponiya, AQSHda temiryo`lar fan-texnika inqilobining so`nggi yutuqlari asosida qurilgan. Fransiya, Yaponiyada poyezdlar soatiga 280-300 km tezlikkacha harakat qilmoqda. Ayrim Afrika mamlakatlarida esa haligacha paravozlar xizmatidan foydalanib kelinadi.

    Download 1,66 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   171




    Download 1,66 Mb.