|
Italiya iqtisodiyoti rivojlanishining o’ziga hos jihatlari
|
bet | 92/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari12. Italiya iqtisodiyoti rivojlanishining o’ziga hos jihatlari
Italiyaning bir qismi Yevropa janubidagi Appenin yarimorolida, Alp tog‗larining janubiy yonbag‗irlarida, qolgan qismlari bir qancha kichiki va yirik Sitsiliya va Sardiniya orollarida, joylashgan. Mamlakat rivojlangan davlatlar ichida siyosiy jihatdan oʻz mavqeiga ega boʻlgan yirik mamlakatdir. Mamlakat hududiy jihatdan 3 qismga boʻlinadi: 1) materik qismi 2) yarim orol qismi 3) orollar qismi. Italiyaning hududining materik qismi yarmini tashkil qiladi. Maydon jihatidan Yevropada 3 –oʻrinda turadi. Shuningdek, Italiya dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlar ichida maydon jihatdan 12- oʻrinni egallaydi. Asosiy chegaralari mamlakat garbdan Fransiya bilan, shimolda Avstraliya va Shveytsariya, sharqda Sloveniyaga toʻg‗ri keladi. Qirg‗oqlarini Terren, Adriatika, Oʻrta Dengiz, Ionik, Liguriya dengizi suvlari yuvib turadi. Italiyaning dengizdagi chegaralari quruqlikdagi chegaralaridan 4 marta uzun. Italiya Oʻrta Yer dengizida joylashganligi uchun uning geografik oʻrni juda qulay. Afrika mamlakatlari, janubiy Yevropa mamlakatlari bilan yaqindan ijtimoiy va iqtisodiy aloqa qilishi uchun, xoʻjalikni rivojlantirish jihatidan ham qulaylik yaratgan. Janubiy Italiyaga qaraganda Shimoliy Italiyaning geografik oʻrni ancha qulay, chunki u iqtisodiy aloqalarini quruqlikda ham, dengiz yoʻllari orqali ham o`rnatgan.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Mamlakat shimolida Alp tog‗lari joylashgan. Alp va Apenlin tog‗lari oralig‗ida Po daryosi vodiysi bilan Lombard tekisligi joylashgan. Harakatdagi vulqonlar koʻp. Ular orasida Vezuviy (1277 m) va Etna (3323 m) Sitsiliya orollari joylashgan. Italiyaning asosiy daryolari Po va Tibr mamlakatda koʻllar koʻp. Asosiylari Gorda, Logo – Madjore, Kem
Sanoati. Italiya hozirgi vaqtda davlat birlashmalari 20% ishlab chiqarishda sanoat mahsulotning beradi. Ayrim davlat birlashmalari juda yirik. Masalan: Neftni qayta ishlovchi ENI monopoliyasi Yevropadagi yirik mamlakatlardan biridir. Italiyadagi yirik monopoliyada FIAT 90% avtomobilning ishlab chiqariladi. Uning firmalari Germaniya, Fransiya, Belgiya, Angliya hududida faoliyat koʻrsatadi. ―Montedison‖ firmasida 80% kimyoviy tolani ishlab chiqariladi. Sanoat mahsulotlarning ishlab chiqarilad. Elektr texnika rezinalari ishlab chiqaruchi yirik monopoliya Yevropa iqtisodiy hamkorlari va AQSh bilan birlashtirilgan. Mamlakatni xoʻjalik foydasi koʻproq boʻlgan monopoliyalar kichik va oʻrta mamlakatlardagi korxonalari sanaladi. Asosan port shaharlarda Toronto, Neapol, Genuya, Triestya va xokazo shaharlarida qora metalurgiya sanoati rivojlangan boli`b, ularda koʻp tonna xom ashyo ishlaydi. Mamlakat rangli metallari asosan oʻzining xom ashyosi alyuminiy, mis, rux, rutut Sardinyada mamlakatning janubiy sharq xududlarda koʻp foydali qazilmalar joylashgan. Sanoatning 40% mahsulotlarini mashinasozlik beradi. Tarmoqda transport mashinasi, (avtomobil kemasozlik) tanksozlik, radiotexnika, texnologiya elektron jixozlar yuqori oʻrinni egallaydi. Avtomobil ishlab chiqarish Turin, Milanda rivojlangan. Kemasozlik Genuya, Livarno, Taronto, Trestuda. Kimyo sanoati: Italiyada neft kimyo, kimyoviy tola, plasmassalar oʻg‗itlar, boʻyoqlar ishlab chiqarish neft kimyo ishlab chiqarish rivojlangan. Kimyo sanoati rivojlanish darajasiga ko`ra mamlakatda 2 oʻrinda turadi. Italiya yengil sanoati toʻqimachilik alohida oʻrinni egallaydi. Paxta va shoyi matolarni ishlab chiqarish import hisobiga rivojlangan. Oziq - ovqat sanoatida sut, qandolatchilik, un tortish, rivojlangan. Yog‗, moy, makaron janubda ihtisoslashgan.
Qishloq xoʻjaligi. Italiyada tovar qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirishga e‘tibor kuchaygan boʻlishiga qaramay, ular hamon an‘aniviy farq oʻzlari uchun iste‘mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi notovar xoʻjalik mahsulotlari boʻlib qolmoqda. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: donli ekinlar (bug‗doy, makkajoʻxori, sholi) va goʻsht- sut chorvachiligi (shimoliy qismlari), donli ekinlar va uzumchilik, chorvachilik (sharqiy va g‗arbiy qismlar), sut-goʻsht chorvachiligi va donli ekinlar (bug‗doy-javdar, arpa) asosan shimoliy va janubiy qismlari, uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik sharqiy va janubiy qismlari hamda Sitsiliya oroli, tog‗-yaylov chorvachiligi (shimoliy qismlari) shakllangan. Chorvachilik: 9,2 mln qora mol, 9,1 mln choʻchqa, 11,1 mln qoʻy mavjud. Sut, goʻshtga asosan shimoliy rayonlar ixtisoslashgan.
Transporti. Mamlakatda transportning hamma turlari rivojlangan boʻlib, avtomobil, dengiz transporti, quvur transporti, havo transportlari rivojlangan. 30,4 ming km temir yoʻl bor. 14 ming km yoʻl elektrlashgan. Temir yoʻllar shimoliy Italiyada juda zich. Appenin yarim orolida siyrak, shimoliy janubiy sharqdan g‗arbga ketgan. Avtomobil transporti 294410 km boʻlib, Italiyada yoʻlovchi tashish transportida avtomobil transporti yetakchilik qiladi. Dengiz transportlari 9/10 qismi tashqi yuklarni tashiydi. Bosh dengiz porti Geniya, Niapol, Vinetsiya, Trepessi, Spetsiya, Barn. Genuya Oʻrta Yer dengizida yirik port hisoblanadi. 500 ming tankerlarni qabul qiladi. Shuningdek, quvur transporti janubiy qismi va Sitsiliya orolida juda zich joylashga. Mamlakatda 230 ta ruyxatga olingan aeroport boʻlib ularning 51 tasi xalqaro toifada.Rekratsion resurslarga boy boʻlib. Italiyaga har yili 50 mlndan ortiq turistlar keladi. Italiyaning tashqi savdodagi sheriklari: YeH mamlakatlari, AQSh, OPEK mamlakatlari.
Ichki tafovutlari. 1. Shimoliy Italiya sanoat maxsulotlari 84 % ni beradi. Milan 2 mln,Turin 1,4 mln, Trieste 900 ming kishi yashaydi, 2/5 teretoriya 1/2 aholi yashaydi. 3/2 mahsulotlarni etishtiradi 2. Markaziy Italiya 1/5 xududi, aholi va ishlab chiqarishni tashkil etadi. Rim – 3,2 mln. aholisi bor, uzumchilik, bog‗dorchilik sabzavotchilik rivojlangan. Temir rudasi qoʻng‗ir koʻmir bor. 3. Janubiy Italiya 5/2 maydon va aholi kiradi. Sitrus ekinlari Napoli 1,5 mln .tn meva beradi. Romai, Bari, Foggia, Rejelo shaxarlari bor. Foydali qazilmalarga boy. Neft ximiya metallurgiya, mashinasozlik rivojlangan krortlari mavjud. Sitrus ekinlari etishtiradi.
|
| |