|
Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari
|
bet | 90/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblariQishloq xoʻjaligi. Yaponiyada XX asr 50-yillaridan amalga oshirilgan agrar islohotlar qishloq xoʻjaligida bozor munosabatlari rivojlanishini tezlashtirdi. Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy faol aholining 3% band boʻlib, tarmoqning YaIMdagi ulushi deyarli 2%ni tashkil etadi. Yaponiya qishloq xoʻjaligi uchun xarakterli xususiyat mehnat unumdorligi va yerdan foydalanish hamda ishlab chiqarish samaradorligi darajasining yuqoriligidir. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida oziq- ovqat yoʻnalishi ustun mavqega ega. Ziroatchilik qishloq xoʻjaligining yetakchi sohasi (70% atrofida) boʻlsada, keyingi yillarda uning hissasi qisqarib bormoqda. Yem va texnika ekinlari mahsulotlarini xorijdan keltirishga majbur. Yaylovlar yer fondining 1,6% tashkil qiladi, xolos. Import goʻsht va sut mahsulotlarining arzon keltirilishi, mavjud yaylovlarning ham qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish tizimidan chiqishiga olib kelmoqda. Ayni paytda yangi intensiv chorvachilik tarmog‗i – broyler xoʻjaligi tez rivojlanib bormoqda.
Iqtisodiy rayonlari. Yaponiya hududlarining iqtisodiy rivojlanishi, ishlab chiqarish kuchlarining joylashishi va mintaqaviy farqlari, murakkab xoʻjalik tarkibiga koʻra 8 ta iqtisodiy rayonni oʻz ichiga olgan ikkita yirik mintaqaga – Tinch okeani boʻyi sanoat mintaqasi va SHimoli- SHarq, G‗arb va Janubiy hududlarni oʻz tarkibiga oluvchi CHekka mintaqaga boʻlinadi.
Geografik oʻrni. Koreya Respublikasi Koreya yarim oroli va arxipelagida joylashgan boʻlib, maydoni 100 210 km2 ni tashkil etadi. Kattaligi taxminan Buyuk Britaniya yoki Ruminiya maydoniga teng. Mamlakatda 35 ming orollar joylashgan. Sariq rangli baland qoyalar kishini hayratga soladi. Bu qoyalar Koreya yarim orolining janubi va janubi g‗arbida, Chejuda oroli qirg’oq boʻylarida joylashgan. Eng katta orollari Kojjeda, Namxida, Chinda va Chejuda orollari hisoblanadi21. Mamlakathududining qirg‗oqlari kuchli parchalangan. Janubiy Koreya Koreya yarim orolining janubiy qismini egallagan. Koreyani G’arbdan Sariq dengiz, sharqdan esa Yapon dengizlari oʻrab turadi. Shimolda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh. Chegaraning umumiy uzunligi 238 km ni tashkil etadi. Sohilining uzunligi esa 2 413 km. tashkil etadi. Tabiiy sharoti va resurslari.Koreya relyef asosan qir va tog’lardan iborat. Hududining 70 foizini togʻlar egallaydi. Qirgʻoq yoqalab 3000 mingga yaqin orolchalar joylashgan. Togʻli tumanlar butun maydonning taxminan uchdan ikki qismini tashkil etadi. Asosiy tog’tizmasi sharqiy sohilga parallel joylashagan Sharqiy Koreya tog’laridir. Yarim orolning umumiy uzunligi 600 km. Mamlakatning eng baland nuqtasi Chirisanda tizmasi 1915 m ga teng. Tebeksan togʻ zanjiri sharqiy qirgʻoq boʻylab choʻzilib, Sharqiy dengiz kuchli toʻlqinlari tomonidan yuvilib turadi. Ushbu zarba ostida katta qoya va qoya orolchalarini paydo boʻlgan. Gʻarbiy va janubiy qirgʻoqlar esa qiya jarlik. Jarliklar boʻylab qirgʻoqlari moʻjizona kesilgan bogʻozli yaqin orollar egallagan.
Aholisi. Mamlakatda 51 269 mln (2020) kishi istiqomat qiladi. Janubiy Koreya aholisining oʻrtacha umr koʻrish yoshi 79,5 yosh ni tashkil qiladi. Aholining 65 % i shimoliy sharqdagi tog‗li hududlarda istiqomat qiladi. Deyarli hamma koreys tilida soʻzlashadi, maktablarda ikkinchi til sifatida ingliz, yapon, xitoy, olmon va boshqa tillar oʻrganiladi.Aholining etnik tarkibi turlichadir. Jami 96 % koreyslar, 3 % xitoyliklardan iborat. Zichligi 1 kv km.ga 551ta kishi toʻg‗ri keladi. Janubiy Koreya aholisining 46,5%i dinsizdir. Qolgan aholi oʻzini yo xristian, yoki buddist, deb koʻrsatgan; Janubiy Koreya aholisi turli din vakillari hisoblanadi (13-jadval). Urbanizatsiya darajasi rivojlangan turli tipdagi shaharlar mavjud yirik shaharlar koʻp Seul aglomeratsiyasi, Pusan, Tegu, Ulsan, Andong, Asan, Chongvon kabilardir.
Janubiy Koreya xoʻjaligi yuqori texnologiyalar va qulay infratizimga asoslangan,Samsung, LG, Hyundai-Kia kabi koreys shirkatlari elektronika, avtomobil, kema, mashina va robotlar ishlab chiqaradi. Janubiy Koreya shuningdek sohasi ilgʻor mamlakatlardan biri boʻlib, aholisi ilmiy savod darajasi boʻyicha jahonda birinchi,matematik savod boʻyicha esa ikkinchi oʻrinda turadi.Mamlakatning iqtisodiy rivoji "Sharqiy Osiyo Moʻjizasi" deb atalgan. 1996-yil 12-dekabrda Koreya Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (IHRT)ga qabul qilinishi haqiqatan Koreya iqtisodiyotining avjiga chiqqan payti boʻldi. Koreyaning bunday tez rivoji yuqori darajadagi jamgʻarma va sarmoyaga katta yordam berdi, shuningdek milliy taʼlimning taraqqiy topishiga ragʻbat boʻldi. Shuning evaziga bugungi kunda bir qancha yosh oʻgʻil- qizlar dunyoning eng nufuzli oliygohlarida taʼlim olmoqda.
|
| |