|
Kanada iqtisodiy rayonlari
|
bet | 86/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari9. Kanada iqtisodiy rayonlari
Kanada ichki tafovutlari:
Dasht rayoni. Agrar industrial rayon hisoblanadi. Rivojlangan sanoat tarmoqlari: ximiya sanoati va oziq-ovqat sanoati. Bu rayonda Vinnipeg, Edmonto sanoat shaharlari bor. Bu o'rta va quruq iqlim sharoitlariga ega bo'lib, o'rta hajmdagi ishlab chiqarishga mo'ljallangan. Bu yerda maydonlar, bug'doy qullig'i, tarvuz qishloqlari va shu kabi korxonalar hujjatlashgan.
Uzoq Garb rayoni yoki Tinch okean rayoni. Bu rayonga 1/10 qism aholi va 1/10 qism sanoat toʻg‗ri keladi. Shaharlar,Vakkuver, Viktoriya. Kanadaning O'rta va G'arbiy qismida yerlashgan shaharlar, joylar va industriya bölib o'tadi. Bu sohada, asboblarning, yiroqli modellar, texnik modellar va telekomunikatsiya kasblarining yuqori darajasida rivojlanmoqda.
Atlantika iqtisodiy rayoni. Qishloq xoʻjaligi va baliqchilik, kemasozlik rivojlangan.Shaharlari, Nyufaulend, Nyu-Bransuik Galifaks, Sent-Djons. Atlantik okeanining qirg'oqlari bo'yicha joylashgan Rayon, Kanada qita bo'ylab Atlantik sohillaridan tashkil topgan. Bu sohada okeandagi resurslardan foydalanish, sohillik sanoat, turizm va ba'zi kishilik xizmatlar rivojlanib kelmoqda.
Kanada shimoli iqtisodiy rayoni. Baliqchilik va ovchilik rivojlangan. Foydali qazilmalarga ,oʻrmon va gidroresurslarga boy.Yukon hududlari kiradi. Kanadaning Shimaliy iqtisodiy sohasi bu erda joylashgan. Bu sohada neft, gaz, rud va mineral resurslari kengayib keladi. Shuningdek, sanoat, elektr energiya tajribalar, turizm va transport sohalarida ishlab chiqarish ham rivojlanib kelmoqda.
10. Yevropa ittifoqi mamlakatlari
Yevropa ittifoqi (YI) — oʻzida xalqaro tashkilot va federativ davlat xususiyatlarini mujassamlashtirgan davlatlararo uyushma. Dastlab Yevropa hamjamiyati („Umumiy bozor“) nomi bilan atalgan. Yevropa Ittifoqi toʻgʻrisidagi shartnoma 1992 yil Maastrixt sh.da (Niderlandiya) Yevropa hamjamiyatiga aʼzo boʻlgan 12 davlat va hukumat boshliqlari imzo chekkan Yevropa mamlakatlarining siyosiy va valyuta-iqtisodiy ittifoqini vujudga keltirish toʻgʻrisidagi bu shartnoma 1993 yil 1 noyabrdan kuchga kirgan. YIning maqsadlari: Yevropa xalqlarining mustahkam ittifoqini vujudga keltirish, ichki chegaralari boʻlmagan makon yaratish, iqtisodiy va ijtimoiy oʻzaro taʼsirni kuchaytirish yoʻli bilan muvofiqlashtirilgan uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotga yordam berish; iqtisodiy va valyuta ittifoqini tashkil qilish va yagona valyuta yaratish (bu maqsadga 2002 yil yanvarda asosan erishildi); birgalikda tashqi siyosat olib borish va xavfsizlik borasida siyosat yuritish, kelgusida esa birgalikda mudofaa siyosatini ham olib borish yoʻli bilan xalqaro sohada oʻziga xos bir xillikni qaror toptirish; adliya va ichki ishlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish; umumiy boylikni saqlab qolish va koʻpaytirish. YI organlari: Yevropa mashvarati, Yevropa parlamenti, Yevropa Ittifoqi Kengashi, Yevropa komissiyasi, Yevropa sudi. Tashkilotga 15 mamlakat (Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Olmoniya, Yunoniston, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Finlandiya, Fransiya, Shvetsiya) aʼzo (2002 yil yanvar). Qarorgohi Strasbur sh.da (Fransiya). Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida YEI bilan hamkorlik alohida oʻrin tutadi. Tashkilot TASIS dasturi doirasida Oʻzbekistonga texnikaviy yordam koʻrsatadi. 1999 yil 1 iyulda Oʻzbekiston bilan YEI oʻrtasida Sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim ratifikatsiya qilindi. Bu bitim siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy aloqalar rivoji uchun imkoniyat tugʻdirdi. Jumladan, tomonlar oʻzaro savdoda bir-birlariga eng qulay sharoit yaratadilar, bir-birlariga tegishli tovarlarni oʻz hududlari orqali erkin tranzit qilishni taʼminlaydilar.[1]
|
| |