|
Kanada iqtisodiy geografik o’rni va tabiiy resurslari
|
bet | 85/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari8. Kanada iqtisodiy geografik o’rni va tabiiy resurslari
Geografik oʻrni. davlati Shimoliy Amerikaning shimoliy qismida joylashgan. Maydonining kattaligi boʻyicha jahonda Rossiyadan keyin ikkinchi oʻrinni egallaydi. Mamlakat quruqlikda faqat AQSh bilan chegaradosh. AQSh bilan qoʻshniligi-Kanadaning siyosiy va iqtisodiy- geografik oʻrnini belgilovchi asosiy xususiyat hisoblanadi. Suvlikdagi chegaralari ham katta ahamiyatga ega. Buyuk koʻllarni Atlantika okeani bilan bog‗lovchi San.Lavrentiy daryosi mamlakatning asosiy suv yoʻli vazifasini oʻtaydi. Tinch okeanidan oʻtgan yoʻl Osiyo mamlakatlariga olib boradi. Tashqi iqtisodiy aloqalari.Asosiy mijozlari: AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya davlatlari hisoblanadi.Mamlakat chetga avtomobil, qog‗oz, bug‗doy, yog‗ochtaxta, sellyuloza, nikel, alyuminiy, neft va neft mahsulotlari, temir rudasi, mis, asbest, uran, kaliyli tuzlar, tabiiy gaz, mis, sanoat jihozlari va boshqalarni chiqaradi. Chetdan mashina va sanoat uskunalari va mollari, koʻmir, kofe, kauchuk, banan va kakao sotib oladi. Kanada bilan AQSh oʻrtasida erkin savdo haqidagi bitim 1989 yilda kuchga kirishi va 1992-yilda Shimoliy Amerika erkin savdo mintaqasi toʻg‗risidagi uch tomonlama (AQSh-Kanada-Meksika) bitim imzolanishi bilan Kanada iqtisodiyotining Amerika iqtisodiyoti bilan birlashuvi va uning Shimoliy Amerika yagona iqtisodiy makoni tarkibiy qismiga aylanish jarayoni rivojlandi. Tabiiy sharoiti va resurslari. Mamlakat hududining g‗arbiy qismi tog‗li, sharqiy qismi tekislik, shimoliy va qisman shimoli-sharqiy sohillari pasttekisliklardan iborat. Kanadaning sharqiy qirg‗oqlari tik, g‗arbiy sohili esa juda baland. Materikning oʻrta qismi va Kanada Arktikasi arxipelagining materikka tutashgan joyi tekislik hamda platodan tashkil topgan. Gudzon qoʻltig‗ining atrofi pasttekislik. Lavrentiy qirlari, Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar joylashgan, g‗arbiy chekkasida Kordilyera tog‗lari, janubi-sharqida Appalachi tog‗lari joylashgan. Foydali qazilmalari.Uran, temir, nikel, mis, rux, qoʻrg‗oshin, oltin va kumush, toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz konlari topilgan. Iqlimi.Mamlakatning koʻp qismida arktika va subarktika, janubida moʻtadil, asosan, kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha harorati shimolda -30°, -35°, janubda -18°,-20°, iyulniki shimolda 4-7° va janubda 16-18°. G‗arbiy sohilda yillik yog‗in 2500 mm dan ortiq, sharqiy sohilda 1250 mm. gacha, markaziy rayonlarda 400-300 mm, shimolda esa 150 mm dan kam ko`rsatkichga ega. Kanada davlatida daryo koʻp tarqalgan, ular asosan, qor-yomg‗ir suvlaridan hosil boʻladi. San-Lavrentiy (Buyuk koʻllari bilan), Finli-Pis Rive-Qullar-Makenzi (Kichik Qul, Atabaska, Katta Ayiq va boshqa koʻllar bilan), Bou-Saskachevan-Nelson (Sidar, Vinnipeg va b. koʻllar bilan) daryo-koʻl tizimlari Atlantika va Shimoliy Muz okeani havzasiga kiradi. 200 dan ortiq yirik koʻllari joylashgan. Mamlakatning chekka shimoli arktika sahrosi boʻlib, onda-sonda lishayniklar va boshqa oʻtlar uchraydi. Undan janubda tundra, soʻngra esa oʻrmon-tundra zonasi joylashgan. Podzol va botqoq tuproqlarda oq va qoraqarag‗ay, amerika tilog‗ochi oʻsadi.Janubi-sharqiy chekkasidagi podzol va qoʻng‗ir oʻrmon tuproqlarda ignabargli va keng bargli daraxtlar bor.Tekisliklardagi unumdor tuproqli yerlarda dehqonchilik qilinadi.Kanadada shimol bug‗usi, oq ayiq, qutb tulkisi,lemming, qutbquyoni, kaklik, boyqush, los, bizon, jayra, qoplon, boʻri, qunduz va boshqa hayvonlar uchraydi. Daryo va koʻllari baliqlarga boy. Milliy bog‗lari: Banf, Vud-Baffalo, Gleysher, Jasper, Yoxo va boshqa, viloyat bog‗lari joylashgan.
|
| |