Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari




Download 1,66 Mb.
bet88/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

Yaponiya Osiyodagi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat. Iqtisodiy oʻsish sur‘atlari, iqtisodiy faoliyat imkoniyatlari, menejment va biznesni tashkil etish shakllari, tovarlar sifati va raqobatbardoshliligi jihatidan XX asr 2-yarmida jahon xoʻjaligida «yapon moʻjizasi» nomini olgan, industrial rivojlangan davlatlar oʻrtasida oʻxshashi yoʻq mamlakat. Iqtisodiy-geografik holati.
 Yaponiya – Tinch okeani g‗arbidagi orollarda joylashgan, materikdan Sharqiy Xitoy, Yapon va Oxota dengizlari orqali ajralib turadigan, Sharq va Janubi-Sharqda qirg‗oqlarini Tinch okeani suvlari yuvib turgan dengiz mamlakati ekanligi;
 Xonsyu, Sikoku va Kyusyu orollari oralig‗ida Ichki Yapon dengizi joylashganligi, shimoli-sharqdan, janubi-g‗arbga meridional yoʻnalishda 3500 km ga choʻzilganligi;
 Xokkaydo, Xonsyu, Sikoku va Kyusuyu yirik orollari oʻrtasida suv osti yoʻllari qurilganligi, kabotaj aloqalarining rivojlanganligi;
 Yaponiyani oʻrab turgan okean va dengizlarning biologik, mineral va energetik resurslarga boyligi, qirg’oqlarida koʻplab tabiiy buxta va qoʻltiqlarning mavjudligi, xalqaro suv yoʻllariga chiqish imkoniyatlarining g’oyat qulayligi bilan belgilanadi va bu xususiyat mamlakatning bugungi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotida oʻz ifodasini topgan.
Bugungi kunda Yaponiya konstitutsion monarxiya (imperiya). Davlat hokimiyati Oliy organi va qonun chiqaruvchi organ – Parlament. Ma‘muriy jihatdan 46 prefektura va Xokkaydo gubernatorligiga boʻlinadi. Tabiiy sharoiti va resurslari. Yaponiya tarkibiga yirik orollar – Xokkaydo, Xonsyu, Sikoku va Kyusyu hamda Ryukyu orollari guruhi va 4000 yaqin kichik orollar kiradi. Relefi murakkab boʻlib, 75% hudud tog’va balandliklardan iborat. Ayni vaqtda, dengiz akvatoriyasining qirg‗oq boʻylarida sun‘iy orollar va yarim orollar barpo qilingan boʻlib, yashash joylari va sayohat zonalari sifatida foydalaniladi. Tekisliklar orollarning chekka qismlarida joylashgan, ayniqsa, Kanto, Nobi, Etigo (Xonsyu), Isikari (Xokkaydo) va Tikigu (Kyusyu) tekisliklarining xoʻjalik va aholi joylashishidagi ahamiyati juda katta. Yer qimirlashlari va vulkanik jarayonlar mamlakat xoʻjalik hayotida oʻz ifodasini topgan. Yiliga turli darajadagi 1,5 mingdan ortiq zilzilalar boʻlib turadi. 60 ta harakatdagi va koʻplab soʻngan (uyqudagi) vulqonlar bor. Yaponiyadagi eng yuqori, baland joy Fudziyama (3776 m) tog’i, muqaddas hisoblanadi. Suv ostidagi vulqon otilishlaridan hosil boʻlgan sunami hodisalari Yaponiya xoʻjaligiga (Xonsyu va Xokkaydo orollariga) juda katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Yaponiyada xoʻjalik rivojlanishini ta‘minlovchi bir qator foydali qazilmalar mavjud boʻlsada, ularning sanoat zaxiralari oz. Toshkoʻmir (Xokkaydo va Kyusyu orollarida), qoʻrg‗oshin va rux, neft, oltingugurt, marganets, xromit, titan, mis (oltin va kumush bilan), uran rudasi, kaolin va xilma-xil qurilish materiallari xom ashyosi mavjud. Dengiz tubidan murakkab sharoitlarda marganets konkretsiyalari qazib olinmoqda. Mamlakatning tashqi xom ashyo resurslari va iste‘mol bozorlariga bog‗liqligi doimiy faol tashqi siyosatni amalga oshirishni taqozo etadi. Yaponiya iqlimi xoʻjalik yuritish va aholi yashashi uchun qulay. Xokkaydo oroli va Xonsyu orolining shimolida moʻ‘tadil dengiz iqlimi, Xonsyu orolining qolgan qismi, Sikoku va Kyusyu orolida namsubtropik, Ryukyu (shuningdek Okinavada) tropik iqlim qaror topgan. Mamlakat iqlimining shakllanishida mussonlar katta oʻrin tutadi (yozda tayfun va jalalar, qishda kuchli qorboʻronlari). Janubda subtropik va tropik iqlim mintaqalari dehqonchilik uchun qulay boʻlib, ikki marta hosil olish mumkin (shimolda kartoshka yetishtirishdan janubda shakar qamish yetishtirishgacha). Ishlanadigan yerlar mamlakat hududining 13% ni, oʻtloq va yaylovlar esa-4% ni tashkil qiladi. Yaponiyaning 67% hududi oʻrmonlar bilan qoplangan. Oʻsimlik olami nihoyatda boy (5500 dan ortiq oʻsimlik turi bor). Oʻrmonlar katta xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlib qurilish, oʻrmon-kimyo, tsellyuloza-qog‗oz va farmatsevtika sanoatida shuningdek, yaponlar dam oladigan g‗oyat goʻzal tabiat manzaralari sifatida foydalaniladi. Mamlakat hududining 25% qoʻriqlanadigan yerlardan (10,0 mln. ga) iborat. Yaponiyada 23 ta milliy bog‗lar va qoʻriqxonalar, 40 dan ortiq suv osti milliy bog‗lari tashkil qilingan boʻlib milliy va xorijiy turizmning rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Yaponiya daryo va koʻllarga boy. Daryolar qisqa, koʻllar katta emas. Tog‗ daryolari (Sinako-367 km, Isikari, Tone va boshq.) asosan sug‗orishda foydalaniladi va transport ahamiyati kam, gidro energiya potentsiali 52,7 mln. kVt. Chuqur tog‗, sayoz qirg‗oqboʻyi koʻllari koʻp boʻlib, g‗oyat chiroyli tabiat manzaralari bilan uyg‗unlashgan landshaftlarni hosil qiladi. Tabiatni muhofaza qilish hamda uni nazorat qilishni takomillashtirish dasturlari amalga oshirilmoqda.

Download 1,66 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari

Download 1,66 Mb.