|
Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari
|
bet | 89/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblariAholisi. Yaponiya aholisi soni jihatidan dunyoda dastlabki oʻnlikka kiruvchi mamlakat. Tug‗ilish koeffitsenti 9/1000 va oʻlim koeffitsenti 9/1000, tabiiy oʻsish koeffitsenti 0,0/1000. Yaponiya demograflari bashoratiga koʻra 2010 -yilga borib aholi soni 130 mln. kishi atrofida barqarorlashadi. Shuningdek, 2025 yilga 109,3 mln. va 2050- yilda 95,2 mln. kishiga tushishi mumkin. Eng yirik muammo aholi yosh tarkibida 65 yoshdan yuqori boʻlganlar salmog‗ining ortib borishidir. Aholining oʻrtacha umr koʻrishi yuqori. (erkaklar 79 va ayollar 86 yosh). Yaponiya bir millatli mamlakat boʻlib, aholining 95% dan ortig’i yaponlardir.
Xoʻjaligi. Bugungi Yaponiya «postindustrial jamiyat» bosqichida, toʻplangan iqtisodiy salohiyat jihatidan dunyoda AQShdan keyingi oʻrinda turadi. Yaponiya iqtisodiy koʻlami qolgan barcha Osiyo mamlakatlari iqtisodiy koʻlamidan qariyb ikki marta ortiq. Yaponiya YaIM dunyo YaIM ning 14% dan (4,2 trln. doll. 2006 y.) ortig‗ini tashkil qiladi va AQSh YaIMning 50%ga teng boʻlsada, aholi jon boshiga YaMM hajmi jihatidan (33,1 ming doll.ni) AQShdan ancha oldinda turadi. Sanoat iqtisodiyotning yetakchi sohasi (YaIMning 29% toʻg‗ri keladi) boʻlishiga qaramay, noishlab chiqarish sektori (xizmatlar sohasi, moliya, ilmiy- tadqiqot faoliyati va boshq.) juda tez rivojlanib bormoqda. 2008 yilda AQShda boshlangan moliyaviy inqiroz Yaponiyada ham sezilarli ravishda iqtisodiy pasayish jarayonlarini keltirib chiqardi.
Sanoati. Iqtisodiyotning yuqori sur‘atlar bilan oʻsishida sanoatda amalga oshirilayotgan tarkibiy oʻzgarishlar muhim rol oʻynaydi. XX asr 60-yillarida og‗ir sanoat tarmoqlari – metallurgiya, neft-kimyo, elektroenergetika, kemasozlikning rivojlanishiga ustuvorlik berildi. Yaponiya monopoliyalarining yangi tarmoq va ishlab chiqarishga katta sarmoyalar sarflashi (neylon va tranzistorlar), ilg‗or texnologiyalarni qoʻllash yangi mahsulotlar va yuqori texnologiyalar uchun asos boʻldi. XX asrning 70-yillardan boshlab ishlov beruvchi va yig‗uvchi sanoat tarmoqlari –avtomobilsozlik, sanoat jihozlari ishlab chiqarish, elektrotexnika mashinasozligi yuqori texnologiyaga asoslangan elektronika va mexatronika, ayni vaqtda, moliya–kredit, sug‗urta, xizmatlar va koʻchmas mulk muomalalari tez rivojlandi. XX asrning 80- yillarda elektronika sanoati, umumiy va aniq mashinasozlik, avtomobilsozlik va xizmatlar sohasi tez taraqqiy etdi. XX asrning 90- yillardan boshlab informatsion texnologiya rolining ortishi va «yuqori rivojlangan axborotlashgan jamiyat»ni barpo qilish kontseptsiyasi amalga oshirila boshlandi. Kosmik va optik tolali xalqaro kommunikatsiya vositalaridan foydalanish negizida aloqa tizimi, informatika va kommunikatsiya industriyasi bugungi kunda ham ustivor ishlab chiqarish tizimi boʻlib qolmoqda.
|
| |