• Iqtisodiy tafovutlari
  • Geografik oʻrni. Xitoy Xalq Respublikasi
  • Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari




    Download 1,66 Mb.
    bet91/171
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,66 Mb.
    #231734
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   171
    Bog'liq
    attaestatsiya javoblari

    Qishloq xoʻjaligi. Janubiy Koreyaning tabiiy sharoiti va iqlimiga xos tarzda rivojlangan. Aholining 21 % shu tarmoqda band hisoblanadi. Qishloq hoʻjalik mahsulotlari YaMM ning 11%ni tashkil qiladi. Mamlakatda asosan sholini 80 foiz fermerlar etishtiradi, arpa, choy, batat, yechmen, soya va turli sabzavot ekinlari ekiladi. Bular ichida koreys karami alohida ahamiyat kasb etadi.Chorvachilir sholikorlikdan keyingi oʻrinda turadi.Baliqchilik janubiy xududlarda rivojlangan. Qishloq xojaligi mexanizatsiyalashgan koʻp tarmoqli unumdor soha.
    Transporti. Mamlakatning transporti ancha takomillashgan. Temir yoʻllarning umumiy 6763 km boʻlib, avtomabil yoʻllarining umumiy uzunligi 63200 km. Uning 6000 kilometri mamlakatning shimolida joylashgan. Dengiz portlari 17000 km, havo yoʻllari rivojlangan zamonaviy aeroportlar ichki va tashqiy munosabatlarni ta‘minlaydi. Seul aglomeratsiyasi,Pusan,Tegu,Ulsanda xalqaroaeroportlar joylashgan. Transport yoʻllari barcha turlar uchun qulay va zamonaviyligi bilan xarakterlanadi.
    Iqtisodiy tafovutlari. Mamlakat 3 ta provinsiyaga boʻlinadi. Yirik shaharlari Seul va Pusan shaharlaridir. Ular oʻz navbatida bir necha iqtisodiy rayonlarga boʻlinadi. Seul 3 ta rayonga Inchxan, Mokpxo, Xonchxonga. Pusan esa 4 ta iqtisodiy rayonga boʻlinadi. Ularga Tegu, Sangju, Ulsan, Masan rayonlari kiradi. Janubiy Koreyaning iqtisodiy rayonlari oʻz ixtisoslashuviga koʻra turli funksiyalarni bajaradilar. Masalan, Seulda mashinasozlik, oziq- ovqat, elekrotexnika sanoati rivojlangan. Pusan iqtisodiy rayonida esa ximiyasozlik, kemasozlik, yog‗ochni qayta ishlash, Maysanda esa sellyuloza, rangli metallaurgiya, qora metallurgiya sanoati rivojlanganligi bilan ajralib turadi.


    Geografik oʻrni. Xitoy Xalq Respublikasi dunyoda aholisi koʻp va maydoni jihatidan eng yirik boʻlgan davlatlardan biri. Xitoy maydonining kattaligi jihatidan dunyoda Rossiya federatsiyasi va Kanadadan soʻng 3 - oʻrinda turadi. Xitoy Tinch okeanining g‗arbiy sohillarini egallagan. Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan Qirgiziston, Tojikiston, Afgoniston, Hindiston Myanma, Vetnam, Nepal, Butan, Laos, Makao bilan chegaradosh. Janubda Janubiy Xitoy dengizi, sharqda Sariq va Sharqiy Xitoy dengizlar bilan tutash. Chegarasining umumiy uzunligi – 2214334 km, sohil boʻylab chegara uzunligi 14500 km. Hududi 9 ,6 mln kv.km. Poytaxti Pekin shahri
    Tabiiy sharoiti va resurslari. Mamlakat murakkab orografiyaga ega boʻlgan tog‗li oʻlka hisoblanadi. Mamlakatning 72% hududi iqlimi qulay boʻlgan joyga toʻg‗ri keladi. Qishloq xoʻjaligining barcha turlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Hududning 20% moʻtadil, 19% issiq, 26% subtropik, 1% tropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Yanvarning oʻrtacha harorati -40C. Janubiy Xitoyda esa 80 C tengdir. Iyulning oʻrtacha harorati shimolda -200 C janubda, 290 C ga teng. Xitoyda 6000 mmga yaqin yog‗in yerga tushadi. Oʻrtacha yillik yog‗in miqdori 5% ga teng yarmi 630 mm. ga teng. Tuproqlari. Xitoyning tuproq koʻlami xilma-hilligi bilan xarakterlanadi. Bu yerda Yevrosiyo kontinentiga xos boʻlgan barcha tuproq tiplari tarqalgan. Xaydaladigan yerlar umumiy maydonning 10% ni, oʻtloq va maysazorlar 31 % ni tashkil etadi. Oʻsimliklari. Xitoy floraga boy va xilma -xilligi bilan xarakterlanadi. Bu yerda 35 mingga yaqin oʻsimlik turi tarqalgan. Mamlakatda Shimoliy yarim shar mintaqasida tarqalgan barcha oʻsimlik turlari tarqalgan. Hayvonot dunyosi. Xitoy Respublikasi hududida 3,5 mingga yaqin umurtqalilar, 2 mingga yaqin baliq turlari 1-2 mingta qushlari, 450 ga yaqin yirtqich hayvon turlari, 210 ga yaqin suvda va quruqda yashovchi hayvonlari, 300 ga yaqin sudralib yuruvchilaning turlari tarqalgan. Yer sharida kam uchraydigan bambuklar, ayiq,tillarang maymun ,yantszi timsoxi, daryo delfinlari ,kirel olmaxoni va boshqa hayvonlarni uchratish mumkin Ichki suvlar – zaxirasi boʻyicha Xitoy Xalq Respublikasi Braziliya, MDH davlatlar, Kanada, AQSh va Indoneziyadan keyin 5 urinda turadi. Aholining jon boshiga 2,7 ming m kub suv zaxirasi toʻg‘ri keladi.Daryo deltalarida qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini rivojlantirishda va daryo suvlaridan sug‗orish, energiya manbayi sifatida keng foydalaniladi. Mamlakat mineral resurslarga boydir. Mamlakatda 110 ga yaqin foydali qazilmalar uchraydi. Xitoy volfram, surma, titan, litiy, kaliy, nodir elementlarning tarkibi dunyo mamlakatlari ichida birinchi oʻrinni egallaydi. Boksit, fosfor, nikel, simob, marganets, molibden elementlarni miqdori jihatdan ikkinchi va koʻmir, temir rudasi miqdori boʻyicha uchinchi o`rinni egallaydi. Xitoy neft, yonuvchi slanets, oltingurgurt, tuz, gips va mis rudalarining zaxiralariga boy.
    Aholisi. Xitoy Xalq Respublikasi dunyodagi eng koʻp millatli davlat hisoblanadi. Aholi (2020y) 1 mlrd 420 mln kishini tashkil etadi. Kuniga bu yerda 60 ming kishi tug‗uladi. Xitoyda har 1000 kishiga 7,4 kishini to`g`ri keladi. Xitoyda tug‗ilish ko`rsatkichining yuqoriligi aholi sonining tez sur‘atlar bilan oʻsishiga sabab boʻladi. 2025 yilda Xitoy aholisining soni 1522,8 million kishiga yetishi mumkin deb bashorat qilinmoqda. Erkaklarning oʻrtacha umr koʻrish yoshi 67 yosh, ayollarniki 69 yoshni tashkil qiladi. Oilada farzand koʻrish chegaralab qoʻyilgan. Aholi zichligi qisqardi va 1 kv ga 725 kishini tashkil etadi. Mamlakat aholisi notekis joylashgan. Aholining 80% mamlakat hududining 1/10 qismida istiqomat qiladi. Rasmiy tili-xitoy tilining mandarin dialekti. Dini Konfutsiylik, daosiylik, buddaviylik, xristianlik, islom. Pul birligi yuan hisoblanadi. Xitoy xalq respublikasining aholisi asosan xitoyliklardan tashkil topgan bo`lib, ular barcha aholining 91,9% ini tashkil etadi. Xitoyda xitoyliklardan tashqari 50 dan ortiq millat va elotlar – chjuanlar, uyg‗urlar, xueylar, itszular, tibetliklar, myaolar, manchjurlar, moʻgullar, buylar, koreyslar va boshqalar yashaydi. Asosiy etnik guruh – xitoyliklar (xan) Tibet va Sintszyandan tashqari hamma xududlarda koʻpchilikni tashkil etadi. 55 ga yaqin etnik ozchiliklar mamlakat xududining beshdan uch qismida yashaydi. Eng yirik etnik ozchilik zich holda yashaydigan joylarda avtonomiyalar tashkil topgan.
    Sanoati. Xitoy iqtisodiyotida revalyutsiyaga qadar sanoatning o`rni sezilarli emas edi. Mamlakat sanoat korxonalarining katta qismi mayda korxonalardir. Mayda korxonalarda 53% aylanma sanoat mahsulotlari, oʻrta korxonalarda 19% va yirik korxonalarda 28% mahsulotlar ishlab chiqariladi. Mamlakatda barcha sanoat korxonalarining 13,1% oziq-ovqat sanoatiga, 9,6% mashinasozlikka 4,7%, toʻqimachilik sanoatiga 2,4%, qurilish materiallari sanoatiga 2,2%, koʻmir qazilov sanoatiga 10,8% ,mashinalarga ishlov berish zavodlariga, 7,7% oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari xissasini tashkil etadi. XXR ning sanoati 360 xil tarmoqdan iborat. Fabrika va zavodlarning umumiy soniga koʻra Xitoy dunyoda birinchi oʻrinni egallaydi. Farmatsevtik, avtomobil va metallurgiya sanoati faol rivojlanmoqda. Elektron, neft kimyosi, aviasozlik, noyob va nodir metallurgiya kabi zamonaviy tarmoqlari barpo etildi. Xitoydagi fabrika va zavodlarning koʻpchiligi sharqiy dengiz oldi viloyatlarda va TSzyansu, Shanxay, Lyaonin, Shandun, Guandun, Chjetszyam rivojlangan. Jahonda alyuminiy, ruh, qaloy, nikel, koks, choʻyan, poʻlat va poʻlat quvurlar, televizorlar, radiopriyomniklar va mobil telefonlar, kir yuvish mashinalari, velosipedlar va mototsikllar, soat va fotoapparatlar, oʻg‗it, chit va shoyi gazlamalar, tsement, poyafzal, goʻsht kabi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, XXR dunyoda eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakat hisoblanadi. XXR xududida neft, gaz, noyob yer osti metallari (molibden, vanadiy, surma), uranni qazib olish ishlari jadal rivojlangan. Mamlakatda 2,3 ming rangli metallurgiya korxonalari joylashgan.
    shlar qilinmoqda. Qishloq xoʻjaligi. Mamlakat xalq xoʻjaligida bu tarmoq xom- ashyo bazasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.Qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida dehqonchilik ancha ustunlik qiladi (asosan oziq-ovqat ekinlari), uning ulushi tarmoq yalpi mahsuloti qiymatining 70% idan koʻpini tashkil etadi. Oʻsimlikshunoslikning oʻzida esa u yoki bu tumanning ixtisoslashuvi uchta xil turdagi ekinlarning nisbati bilan belgilanadi ya‘ni: don, texnik va sabzavot hisoblanadi.Milliy an‘anaviy ekin guruch hisoblanib, u ekin maydonlarining ¼ gacha qismini egallaydi. Yiliga 180 mln tonna shu qimmatli ekin hosili yig‗ib olinadi. Janubda va Sichuan xududida guruch – asosiy don ekini, Yantszi daryosi havzasida, guruchdan tashqari, bug‗doy va javdar yetishtiriladi, shimolda bug‗doy, gaolan (tariq ekini) va makkajoʻxori koʻproq ekiladi. Janubiy xududlarda yiliga ikki, hatto uch marta guruch hosil olinadi. Jahon yirik qoramolning 1/10 qismi va 2/5 qism choʻchqa toʻplangan. Xitoy dunyodagi makkajoʻxori, paxta, soya (loviya), choy, tamaki, parranda goʻshti, ipak qurti ishlab chiqaruvchilardan eng yirigi hisoblanadi. Texnik ekinlari maydonining taxminan 1/6 qismiga ekilgan. Tolali ekinlardan paxta (jahonda ishlab chiqariladiganning ¼ qismi) va jut hisoblanadi. Muhim shakar beruvchi ekin – shakar qomish, soya (yiliga taxminan 20 mln tonna) va araxis hisoblanadi. Xitoy choy ishlab chiqarishda dunyoda ikkinchi (Hindistondan keyin) oʻrinni egallaydi (yiliga 580 ming tonna). Sabzavotchilik batat, kartoshka va turli xil sabzavotlarning yuzdan ortiq turi yetishtiriladi. Mamlakatning sharqiy va g‗arbiy hududlarida chorvachilikning rivojlanishi turli xil yoʻnalishlarga ega. Sharqiy hududlarda chorvachilikning katta emas, choʻchqachilik va parrandachilikka, g‗arbiy va qisman shimoliy-sharqiy qismi ekstensiv chorvachilikka ihtisosashgan. Dunyoda eng koʻp parranda, choʻchqalar, echkilar, otlar va qoʻtoslarga ega, shuningdek baliq ovlashda yetakchilik qiladi.
    Transporti. Xitoy davlatida transport tarmoqlarining barcha turi rivojlangan bo`lib, 54000 km temir yoʻllar joylashgan. Shundan 6900 km elektrlashtirilgan. Xitoy ichki kema qatnovining uzunligi 138600 km. Xitoy portlarida asosan yuk tashiladi. Kemalar asosan Yantszi, Xuanxe, Chjutszyan daryo havzalarida qatnaydi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 1300000 km ga teng. Avtomobil transportida yuk tashish miqdori 241 mlrd tonnani tashkil etsa, 213 mln aholi bir joydan ikkinchi joyga qatnaydi. Xitoy Xalq Respublikasida 360 ga yaqin neft, 60 gazaprovotlar qurilgan boʻlib, uzunligi 13000 km. Mamlakatda har 10000 aholiga 1,8 m3 asfaltlangan yoʻllar toʻg‗ri keladi. Dengiz transporti koʻhna tarmoq boʻlib, yirik portlari Guonchju, Dayan, Sindao, Shanxayalohida ahamiyatga ega.
    Mamalakat hududini 3 ta iqtisodiy rayonga boʻlish mumkin:
    Sharqiy rayoniga – Pekin, Tyan‘tszin, Shanxay proventsiyalari, Vebey, Lyaonin, TSzyansu, Chjetszyan, Shandur, Guandun, Xaynan va Guansi-Chjuan avtomobil ishlab chiqarish markazlari kiradi.
    Markaziy iqtisodiy rayon- Shan‘s, Girin, Xeyluntszyan, Alxat, Szyansi, Xubey, Xunan, Senan, provinsiyalari va ichki Mangoliya avtonom rayoni mansub.
    G’arbiy iqtisodiy rayon - Sichuan, Guichjian, Yun‘nan, Tsinjay, Uagur va Tibet avtonom rayoniga ajratilgan.



    Download 1,66 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   171




    Download 1,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari

    Download 1,66 Mb.