• Suv transporti
  • Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari




    Download 1,66 Mb.
    bet94/171
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,66 Mb.
    #231734
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   171
    Bog'liq
    attaestatsiya javoblari

    Quvur transporti jahonning neft va tabiiy gaz ko'p miqdorda qazib chiqarliadigan va ularni iste’mol qiladigan mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlangan. Jahon neft va gaz quvurlarining umumiy uzunligi 1,5 mln. km dan iborat. Bu ko'rsatkich yildan yilga oshib bormoqda. 
    Asosiy neft quvurlari tarmog'i neft qazib chiqaruvchi va uni iste’mol qiluvchi yirik davlatlar (AQSH, Sobiq Ittifoq mamlakatlari, Kanada, Xitoy va boshqalar)da, neft eksport qiluvchi (Saudiya Arabistoni, Iroq, Eron, Jazoir, Liviya, Meksika, Venesuela) va iste'mol qiluvchi (Fransiya, Italiya) mamlakatlarida mavjud. 
    Asosiy gaz quvurlari tizimi esa deyarli faqat rivojlangan mamlakatlarda tashkil topgan. Ular AQSH, Sobiq Ittifoq mamlakatlari, Germaniya, Kanada, Niderlandiya va boshqa davlatlardir.
    Suv transporti dengiz va daryo transporti tarmoqlarini o'zida birlashtiradi.
    Dengiz transporti jahon transport tizimida alohida o'rin tutadi. Bu tarmoq avvalo bir-birlaridan alohida va uzoqda joylashgan materik va qit`alarni bog'lab turuvchi, xalqaro mehnat taqsimotini amalga oshiruvchi vosita sifatida ahamiyatli. Shuningdek, asosan, dengiz transporti minglab tonna yukni uzoq masofalarga tashiydigan bo'lganligi uchun boshqa transport tarmoqlariga nisbatan xizmat tannarxi eng arzonga tushadi. Har yili barcha xalqaro yuklarning o'rtacha 4/5 qismi dengiz transportida tashilmoqda.
    Asosiy dengiz yo`llari turli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va ularni iste’mol qiluvchi davlatlar o'rtasida tashkil qilingan. Odatda, Afrika, Lotin Amerikasi, Osiyo, Avstraliyadan turli sanoat va qishloq xo'jalik xomashyolari, asosan, Yevropa, Yaponiya, Shimoliy Amerika mamlakatlariga, ulardan esa aholi va xalq xo'jaligi uchun turli iste’mol mahsulotlari dunyoning barcha iste’mol chi hududlariga yetkazib beriladi.
    Jahon dengiz transporti rivojlanishi va geografiyasida dengiz bo‘g‘izlari va xalqaro kanallarning ham ahamiyati katta. Aynan ular jahon dengiz yo'llarining eng serqatnov chorrahalari hisoblanadi.
    Dengiz bo`g'izlari orasida eng yirigi La-Mansh bo'g izidir. U orqali bir kecha-kunduzda 500 gacha kema o‘tadi. Keyingi о rinlarda turuvchi bo`g'izlar: Eresunn (Zond) - 175 ta, Gibraltar - 200 ta, Xormuz - 100 ta, Malakka - 80 ta, Bosfor 40 tagacha kema o'tkazadi.
    Ichki suv (daryo va ko‘l) transport tarmoqlari bajaradigan ish hajmiga ko‘ra ancha kichik tarmoqlardandir. Daryo va ko‘l transporti yo'llari uzunligiga ko'ra jahonda Rossiya, Xitoy, AQSH Braziliya davlatlari oldinda turadi. Ammo mavjud imkoniyatlardan foydalanish davlatlarning iqlisodiy rivojlanishi darajasiga ko’p jihatdan bog'liqdir. Shu sababli, hozirgi vaqtda ichki suv yo`llari orqali yuk tashishda AQSH, Rossiya, Kanada davlatlari yetakchilik qilmoqda. 
    Ichki suv transportidan foydalanishda jahonning yirik daryolarning roli kattadir. Bunday daryolar qatoriga Amazonka, Missisipi, Dunay, Volga, Yanszi, Kongo va boshqalar kiradi.

    Download 1,66 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   171




    Download 1,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari

    Download 1,66 Mb.