• Sharq va garb tipidagi davlatlar
  • 3. aholi zichligi va joylashuvi
  • Sivilizatsiyaviy (ma’rifiy) yondashuv




    Download 1,66 Mb.
    bet81/171
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,66 Mb.
    #231734
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   171
    Bog'liq
    attaestatsiya javoblari

    Sivilizatsiyaviy (ma’rifiy) yondashuvSivilizatsiyaviy (ma’rifiy) yondashuv formatsiyali yondashuvni toʻliqrad etmagan holda, davlat tipologiyasini mamlakatlar erishgan taraqqiyot darajasiga bogʻliq ekanligiga asoslanadi. Sivilizatsiyaviyyondashuv sinfiy yondashuvdan ancha keng. Ma’rifiy tipologiyada davlat sivilizatsiya mahsuli sifatida namoyon boʻladi. Bu yondashuvning koʻzga koʻringan vakili A. Toynbidir. Uning fikricha,sivilizatsiya – jamiyatning milliy, diniy, jugʻrofiy va boshqa belgilarining yaxlitligi bilan ajralib turadigan muayyan holatidir. Unga binoan, davlatlar xronologik, genetik, jugʻrofiy, hududiy, diniy, iqtisodiy asoslar va hokazo mezonlarga koʻra tiplarga ajratiladi.Davlatlarni hududlarining hajmiga qarab katta, oʻrta va kichik davlatlargaboʻlish mumkin. Katta hududli davlatlarga Rossiya Federatsiyasi, AQSh, Xitoy,Hindiston va Meksika kabi davlatlarni misol qilsak, oʻrta hajmli hududdagi davlatlarga Oʻzbekiston, Fransiya, Germaniya, Ispaniya kabi davlatlarni olish mumkin. Kichik davlatlar qatoriga Kipr, Daniya, Vatikan kabi davlatlarni koʻrsatishmumkin
    Sharq va g'arb tipidagi davlatlarMa’rifiylik tavsifiga koʻra, davlatlar – Sharq va G'arb tiplariga boʻlinadi.Sharq davlatlariga Osiyo hududida joylashgan davlatlarni Gʻarb davlatlariga –Yevropa mintaqasi mamlakatlarini koʻrsatish mumkin.Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va aholi jon boshiga toʻgʻri keladiganyillik yalpi ichki mahsulotning (YaIM) hajmi boʻyicha yuksak darajada rivojlangan (Shvetsiya, Shveysariya, Yaponiya, Amerika), oʻrta darajada rivojlangan(Rossiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston) va «qashshoq» (Efiopiya, Nigeriya, Kongo,Somali) davlatlarga boʻlinadi.Ma’rifiy tipologiyaning ijobiy jihatlari, birinchidan, ma’lum sharoitlardagi madaniy omillar tipologiyaning asosiy mezoni qilib olinadi, ikkinchidan,ma’naviy mezonlarning koʻpligi, muayyan sivilizatsiyaning oʻziga xos xususiyatlari tipologiyani aniq amalga oshirishga imkon beradi.
    3. aholi zichligi va joylashuvi
    Ma'lum joyda, ya'ni yer shari, uning ayrim qismlari: qit'alar, mamlakatlar, shaharlar, rayonlarda istiqomat qilayotgan kishilar guruhi aholi deb ataladi. Aholini geografik jihatdan o'rganishda aholining quyidagi jihatlariga e'tibor berish kerak:Aholi ishlab chiqarish sub'ekti, barcha moddiy ne'matlarni ishlab chiqaruvchi;Aholi ishlab chiqarilgan jami ijtimoiy mahsulotlarning ma'lum qismini iste'molchisi;• Aholi butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo'lib, o'zi ham takror barpo qilinishi zarur;• Aholi tabiiy resurs - xo'jalik tizimining bog'lovchi bo'g'ini bo'lib hisoblanadi.
    Har bir tarixiy davrda yer yuzi aholisi ham miqdoriy, ham sifatiy rivojlanishni boshidan kechirgan. Buning natijasi sifatida zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlarida faoliyat ko'rsata oladigan, oʻziga xos madaniyat va hayot tarziga ega bo'lgan insonlar shakllangan.Ilmiy manbaalar ma'lumotlariga ko'raeng qadimgi insonlar Homo sapiens bundan taxminan 50 ming yillar avval Sharqiy Afrika hududida paydo bo'lganlar. Aynan Shimoli-sharqiy, Sharqiy Afrika, Janubiy Yevropa hamda Old Osiyo ilk insonlar paydo bo'lgan va o'zlashtirgan oykumenalar hisoblanadi (grekcha oikumene, oikeo -yashayman, turaman so'zidan olingan bo'lib, yer yuzasining aholi yashaydigan va ular tomonidan o'zlashtirilgan qismi hisoblanadi). Keyinchalik qadimiy insonlarning turli mintaqalarga tomon yuz bergan ilk migratsiyalar natijasida yer sharining turli qismlari aholi tomonidan o'zlashtirilgan. Neolit davrida ilk mehnat taqsimotining yuz berishi oqibatida ishlab chiqarishning ikki shakli - dehqonchilik va chorvachilik paydo bo'lgan.Tabiiy o'sish bir yil davomida tug'ilganlar va o'lganlar orasidagi nisbat bo'lib, statistik ma'lumotlarda asosan % (promitle) koʻrsat- kichida taqdim etiladi. O'lim va tug'ilishning o'zaro nisbatini aks ettiradigan mazkur ko'rsatkich ham turli davlat va mintaqalarda bir qator omillar ta'sirida bir-biridan farq qiluvchi miqdorga egadir (llovadagi 9-rasmga qaralsin).
    Tabiiy o'sishning mintaqaviy tafovvutlari bo'lgani kabi jahon davlatlarida ham turli ko'rsatkichlar qayd qiladi. Jahonning bir qator davlatlarida xatto o'lim ko'rsatkichi tug'ilish ko'rsatkichidan birmuncha yuqori bo'lgan davlatlar ham mavjud. Masalan, Angola, Kongo DR davlatida bu ko'rsatkich 35% qiymatni ko'rsatsa, Bolgariyada tabiiy o'sish -7%‰ga teng.
    So'nggi yillarda jahon demografik jarayonlari shakllanishida aholining mexanik harakati (migratsiya) ham katta ta'sir ko'rsat- moqda.
    Aholi zichligi — muayyan hududda aholining joylashuv darajasi. Mamlakat yoki biror hudud (viloyat, tuman) aholi sonini shu joy maydoniga (odatda 1 km² ga) taqsimlash bilan hisoblab chiqariladi. Odamlar yashaydigan quruqlikda oʻrtacha Aholi zichligi 1 km² ga qariyb 39 kishiga toʻgʻri keladi (1990-yillar boshi), mas, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Niderlandiya, Belgiyada 300 dan ziyod, Monakoda 15539,5 kishi, Avstraliyada Aholi zichligi juda past — 1 km² ga 2,3 kishi, Mongoliyada — 1,4 kishi (1992). Choʻl va baland togʻlarda 0,01 dan 1 kishigacha. Rossiya Federatsiyasi da A.3.1 km² ga 8,7 kishi (1990). Oʻzbekistonda A. Z. bir km² ga 54,7 kishi toʻgʻri keladi (1998). Umuman olganda dunyoning aholi zich yashaydigan rayonlarda, qariyb 7% maydonini egallagan quruqlikning odam yashaydigan qismi (oykumena)da Yer kurrasidagi jami aholining 70% ga qadar aholisi mujassamlashgan.[2] (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Aholi_zichligi#cite_note-2)Jahon aholisi Demak, butunjahon aholi zichligi 7 milliard ÷ 510 million = 13,7 kishi/km2. Agar faqat quruqlik hisobga olinsa (150 million km2), unda butunjahon aholi zichligi — 46,6 kishi/km2 (117.2 per sq. mile). Bunda Antarktida (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Antarktida) ham hisobga olingan; Antarktidasiz hisoblansa, koʻrsatkich yana oshadi — 50 kishi/km2.[1] (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Aholi_zichligi#cite_note-about-1) Yer yuzining yarmidan ortigʻi (choʻl, togʻ va hk) odamlar yashashi uchun juda noqulay boʻlgani va odamlar asosan suv havzalari yonida yashagani uchun, bu raqamlardan amaliy naf yoʻq.

    Download 1,66 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   171




    Download 1,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sivilizatsiyaviy (ma’rifiy) yondashuv

    Download 1,66 Mb.