|
Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari
|
bet | 77/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblariO'rta asrlar davri eramizning V-XV asrlari oralig'ini o'z ichiga oladi. Bu davr feodal davriga xos bo'lgan ichki va tashqi bozorning shakilanishi va rivojlanishi, qudratli davlatlar tomonidan Shunday qilib, ushbu davr ilk mustamlakachilik harakatlarining boshlanishi, dengiz bo'ylab birinchi marotaba uzoq masofalarga amalga oshirilgan sayohatlarning ortishi bilan tavsiflanadi.
Yangi davr, XVI asrdan XX asr boshlarigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Ushbu davrning o'ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, bu davrda feodalizm yemirilib, kapitalistik ishiab chiqarish munosabatlari shakllana boradi. Bu esa hayotning barcha sohalarida, shu jumladan dunyo siyosiy kartasida muhim o'zgarishlarning sodir bo'lishiga ollb keladi.Yangi davr siyosiy kartasi shakllanishida Buyuk geografik kashfiyotlar alohida o'rin egallaydi. 1492-yilda Xristofor Kolumb tomonidan Yangi Yer Amerika qit'asiga uyushtirilgan ekspeditsiya natijasida boshlangan Buyuk geografik kashfiyotlar siyosiy kartada bir qator o'zgarishlarning yuz berishiga sababchi bo'ldi. Qit'aning shimoliy qismi asosan Angliya va Fransiya, janubi esa Ispaniya va Portugaliyaning mustamlaka hududlariga aylandi.
Eng vangi davr, birinchi jahon urushining tugashi va 1917-yil Rossiya Imperiyasida yuz bergan Oktyabr to'ntarishidan boshlab, to hozirgi kungacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Ushbu davr uch bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich (1917-1939 y) ning oʻziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ushbu bosqichda dunyo siyosiy kartasida Sovet davlatining (sotsialistik imperiya) paydo bo'lishi hamda Yevropa va dunyoning boshqa qismlarida muhim hududiy o'zgarishlarning sodir bo'lishi bilan xarakterlanadi.Ushbu bosqichda Avstriya-Vengriya imperiyasi parchalandi, ko'pgina davlatlarning chegaralari o'zgardi. Yangi mustaqil mamla- katlar Polsha, Finlandiya, Chexoslovakiya, Yugoslaviya Xorvatiya, Sloveniya qirolliklari) va boshqalar paydo bo' Britaniya, Fransiya, Belgiya, Yaponiya mustamlakalari ko 17/245 kengaydi. Rossiya imperiyasi hududida bolsheviklar yakka hokim- ligi ostida Sovet hokimiyati o'rnatilgandan keyin uning mustamla- kasi hisoblanadigan Turkistonda ham muhim o'zgarishlar sodir bo'ldi. Turkiston o'lkasi, Buxoro amirligi, Xiva xonligi o'mida yangi tuzilmalarni vujudga keltirish asosida mustamlakachilikni yanada mustahkamlash sho'rolar imperiyasi siyosatining asosiy yo'nalishiga aylandi. Dastlab Turkiston muxtoriyati (1917-yil noyabr 1918yil fevral), Turkiston Avtonom Respublikasining tuzilishi (1918-yil aprel), Buxoro amirligining tugatilishi (1920-yil avgust) va Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (1920-yil oktyabr) tuzilishi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (1920-yil aprel) tuzilishi ushbu siyosatning natijasidir. 1924-yilda Turkiston, Buxoro va Xorazm Sovet Respublikalari o'rnida O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi. Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Tojikiston avtonom Respublikasi (O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tarki- bida), Qoraqirg'iz (Qirg'iz viloyati Rossiya Federatsiyasi tarkibida) va Qoraqalpog'iston avtonom viloyati (Qozog'iston avtonom Respublikasi tarkibida) tashkil etildi. Bulardan tashqari, 1919-yilda Afg'oniston, 1923-yilda Nepal ham o'z siyosiy mustaqilligini e'lon qildi.
|
| |