• 2. O‘rta asr bosqichi
  • 4. Eng yangi bosqich
  • Dunyoning siyosiy xaritasi o‘zining shakllanish bosqichlari




    Download 1,66 Mb.
    bet75/171
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,66 Mb.
    #231734
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   171
    Bog'liq
    attaestatsiya javoblari

    1. Dunyoning siyosiy xaritasi o‘zining shakllanish bosqichlari
    Dunyoning siyosiy xaritasi o‘zining shakllanish bosqichlariga ega. Ularda formatsiyalarni, davlatlarni rivojlanish bosqichlarini kuzatish mumkin. 1. Qadimgi bosqich: eramizdan avvalgi 5-asrda eramizning 5 asrigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Yer sharidagi dastlabki quldorlik davlatlari tashkil topishi bilan harakterlanadi. Ular orasida qadimgi Misr, Gretsiya, Rim, Xorazm, So‘g‘diyona, Turkiston xoqonligi, Hitoy kabilar dunyo madaniyatiga katta hissa qo‘shganlar. Siyosiy xaritani o‘zgartirishda asosiy vosita urushlar bo‘lgan.
    2. O‘rta asr bosqichi - 5-14 asrlarni o‘z ichiga olib, feodalizm davrida rivoj topgan. Feodal davlatlar yangi yerlarni ko‘proq bosib olishga intilgan. Ispaniya,Portugaliya, Kiyev rusi, Vizantiya, Temur imperiyasi, Angliya, Fransiya kabi davlatlar yer qismlarini bo‘lib olganlar. 3. Yangi bosqich - 15-asrdan 1-jahon urushi tugagungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan. Bu davrda buyuk geografik kashfiyotlar, kapitalizmni koloniyal ekspansiyasi davri bo‘ldi. Iqtisodiyotni rivojlanishi, yangi sanoatlashgan davlatlarning tashkil topishi, yangi transport turlarining paydo bo‘lishi, planeta hududini qayta taqsimlashga olib keldi. Agar 1876yilda Afrikani 10 % maydoni bosib olingan bo‘lsa, 1900 yilda 90 % bosib olindi. 1783 yildan (AQSH tashkil topgan yil) 1861-1865 grajdanlar urushi tugaguncha AQSH hududi sotib va bosib olish hisobiga o‘n barobar kengaydi. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlar Afrikani 90 %, Osiyoni 56 %, Avstraliyani 100 %, Amerikani 27 % ni bosib oldilar. Butun koloniyalarni 45 % hududi va 70 % axolisi Buyuk Britaniyaga mos ravishda 15 va 10 % Fransiyaga tegishli bo‘ladi. Shu davrda O‘rta Osiyo xonliklaridan Qo‘qon xonligi ham tugatildi. (1876). 4. Eng yangi bosqich - 2 davrni o‘z ichiga oladi. 1-Davr. - 1945 yilgacha davom etadi. Dunyo xaritasi kuch yordamida qayta- qayta bo‘lindi. Xindi Hitoy, Yaqin Sharq, Okeaniyada koloniyalar tashkil topdi. 2-Davr - 1945 yildan bugungi kungacha davom etmoqda. Bu davrda bir xalqni boshqa bir xalq tomnidan boshqarilishi butunlay tugatilishiga qaratilgan harakatlar bo‘lmoqda. 1956-70 yi. Afrikada 38 ta, Osiyoda 7 ta, Amerikada 5 ta davlat mustaqil bo‘ldi. 1990 yil Germaniya birlashdi. 1991 yil 269 dekabrda SSSR davlat va xalqaro huquq subyekti sifatida tugatildi. Eng katta imperiyalardan biri tugaildi. Yugoslaviya, Miyanma, Efiopiya kabi davlatlarda ham o‘zgarishlar bo‘ldi. Xaritadagi o‘zgarishlar miqdor va sifat jihatidan bo‘lishi mumkin.

    Download 1,66 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   171




    Download 1,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dunyoning siyosiy xaritasi o‘zining shakllanish bosqichlari

    Download 1,66 Mb.