|
Tabiiy Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari
|
bet | 74/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari75. Dars rejalarini tuzish
Geografiya darslarini rejalashtirish geografiya ta’limidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Geografiya darslarni rejalashtirish ikki qismdan iborat: mavzuli va dars rejasi, darsning samaradorligi uni qanday rejalashtirilganligi bog’liq. Mavzuli va dars rejalari qanday mukammal tuzilgan bo’lsao’quvchilarni bilim va ko’nikmalarni egallashi shunga tez va oson bo’ladi. Mavzuli rejalashtirish. Mavzuli rejalashtirishda ma’lum bir georafiya predmeti bo’limlari bo’yicha o’quv yili bo’yiga berilgan soatlar hajmi doirasida taqsimlab chiqiladi. Bunda o’qituvchini bilimlar tizimini shakllantirish, mavzular va darslar orasidagi o’zaro bog’liqliklarni aniqlash, tushunchalarni shakllantirish yo’llarini aniqlash va ularnishakllantirishni asosiy bosqichlarni, tayanch bilim va tushunchalarni ajratishni, amaliy ishlar tizimini aniqlashni rejalashtirish ko’zda tutiladi. Mavzuli rejalashtirish quyidagilarni aniqlashga imkon beradi: Ma’lum bir kurs bo’yicha o’quv jarayonlarnini to’la ko’rishga imkon beradi; ma’lum bir kurs bo’yicha dars turlarini aniqlashga; o’qituvchi va o’quvchilarni hamkorlikda faoliyatini metodlari va usullarini birgalikda qo’llashni. Odatda mavzuli rejalar soatlar hajmini o’zgarmagan taqdirda ayrim o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritilgan holda 3-4 yil davomida foydalanishga mo’jallangan bo’ladi. Hozirgi davrda georafiya dasturlarning va predmetlarining asosiy xususiyati ulardagi bilimlarni sinfdan- sinfga murakkablashib borishidir. SHu munosabat bilan har bir geografiya darsi ma’lum bir bilim va ko’nikmalarni o’quvchilar tomonidan mustaqil o’zlashtirishini shakllantirishda alahida bosqich bo’lmog’i lozim. SHuning uchun umuta’lim maktablaridagi har bir sinf predmeti bo’yicha, bo’limlar va mavzular bo’yicha rejasi ma’lum bir – biri bilan bog’langan tizim deb qaralmohi lozim. Mazkur tizimning barcha qismlari bir-biri bilan chambarchas bog’langan. Mazkur tizimni ikkita yirik bo’limga bo’lishimiz mumkin: tabiiy geografiya va iqtisodiy geografik. Mazkur ikki tizim bir-birini to’ldirishi lozim. Tabiiy geografik tizimidan, ular esa bo’limlar mavzular tizimlardan iborat. SHuning uchun har bir darsni ma’lum bir yaxlitlikni bir bo’lagi bo’lgan tizim deb qarash mumkin. Darslar tizimida turli xil darslar turlari ko’zda tutilmog’i lozim. Ular turli xil didaktik maqsadlarga ega bo’lishi mumkin. Ayrim darslarda faqat yangi material o’rganishi mumkin, ayrimlarida darsni hamma qismlari bo’lishi mumkin ya’ni tashkilliy qism, bilimlarni tekshirish yangi mavzuni o’rganish, olingan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash, uyga vazifa berish. Mavzuli rejalatirishda quyidagi ma’lumotlar aks etish lozim: dars mavzusi; dars turi; ta’limiy maqsadi; tarbiyaviy maqsadi; qo’llaniladigan o’qitish metodi; 126 darsning tuzulishi; dars jihozi; tayanch tushunchalar; predmetlararo aloqalar; ichki predmetlararo aloqalar.
Dars rejasi. Dars rejasi har bir ajratilgan soat doirasida mavzuga tuziladi. Dars rejasi quyidagi qismlardan iborat bo’ladi. Darsning mavzusi: darsning7 maqsadi: darsning jixozi: darsda qo’llaniladigan o’qitish metodi: dars mavzusining qisqacha tavsifi: dars mavzusida uchraydigan geografik ngomlar tizimi: dars mavzusida uchraydigan olimlar: dars mavzusida uchraydigan atamalar: darsni mustaxkamlash uchun savol va topshiriqlartizimi: uyga vazifa berish.
Iqtisodiy
|
| |