|
Geografiya ta’limida sinfdan tashqari ishlar
|
bet | 73/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari74. Geografiya ta’limida sinfdan tashqari ishlar
Sinfdan tashqari ishlar umumta’lim maktablarida juda muxim ta’limiy – tarbiyaviy axamiyatga ega. shuning uchun sinfdan tashqari ishlar o’quv jaryonining ajralmas qismi hisoblanadi. Sinfdan tashqari ishlarga geografiya to’garagri, sinfdan tashqari o’qishlar, geografik konferintsiyalar, geografik 149 kechalar, geografik xaritalar geografik sektsiyalar, geografik jamiyatlar, o’lkashunslik muzeyi, geogrvfik klublar kiradi. Sinfdan tashqari ishlar io’quvchilarni bilish faoliyatini rivojlanishida, mustaqil ishlarni ko’nikmalarni shakillantiradi, o’quvchilarni tabiatga va o’z vataniga muhabbat ruxida tarbiyalashda, o’quvchilarni o’z vatanlarini yutuqlaridan faxirlanish tuyg’ularini shakillantirishda muxim axamiyatga ega, shuning uchun sinfdan tashqari ishlarni maqsadi va vazifalari aniq ishglab chiqilsa ularni samarasi juda yuqori bo’ladi. 17.1 Sinfdan tashqari ishlarning maqsadi va vazifalari. Sinfdan tashqai ishlarning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: o’quvchilarni tabiatni tushunish va tabiatni sevishga o’rgatish; o’z yashab turgan joyi xaqida bilimlarini chuqurlashtirish; o’quvchilarni tabiiy muxit xaqidagi tasavvurlarini rivojlantirish; o’quvchilarga geografiya faniga qiziqish uyg’otish; o’quvchilarni geografiya tadqiqot usullari bilan tanishtirish va h.k. O’quvchilarni tabiatni tushunish va tabiatni sevishga o’rgatish geografik to’garaklarda, geografik kechalar, geografik xaftalar va sinflardan tashqari ishlarda olib boriladi. Unda o’quvchilar o’qituvchini topshirig’iga binoan tabiat haqida turli ilmiy ommabop va badiy adabiyotlar bilan tanishadi. Mazkur adabiyotlar bilan tanishish va berilgan topshiriqlarni bajarish davomida ularda tabiatning asosiy tarkibiy qismlari, tabiatni qo’riqlash haqida bilimlar shakillanadi. Tabiat va tabiatni seevish bo’yicha berilgan topshiriqlarda qo’riqxonalar, milliy bog’lar, buyutmalar, yo’qolib ketgan va yo’qolish arafasida turgan hamda himoya qilinadigan o’simlik va hayvonlar dunyosi, noyob tabiat yodgorliklari xaqida ma’lumotlar muxims o’rin tutadi. O’zi yashab turgan joy haqida bilimlarni chuqurlashtirish. O’zi yashab turgan joy haqida bilimlarni chuqurlashtirish sinfdan tashqari ishlarni bajarishda o’tkazilishi mumkin. Buning uchun o’qituvchi quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ma’lumotlar to’plashni o’quvchilarga topshirmog’i lozim: -joyni tabiiy geografik sharoiti xaida: geografik joylanishi, geologik tuzilishi; foydali qazilmalari; relьefi; iqlimi; ichki suvlari; tuprog’i, hayvonot dunyosi; - joyning iqtisodiy geografik sharoiti xaqida: iqtisodiy geografik o’rni; tabiiy resurslari; axolisi; xo’jaligi (sanoati, qishloq xo’jaligi), transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari; -rekratsion va turistik obьektlari. Mazkur yo’nalish bo’yicha o’quvchilar aloxida – aloxida topshiriqlar bkerishi mumkin. Joyning tuprog’i, o’simligi va hayvonot dunyosi haqida ma’lumotlar bo’lmasa o’quv sayoxatlari davomida yig’ilgan ma’lumoitlardan foydalanish mumkin. Mazkur maqsadni bajarish davomida o’quvchilar o’z yashayotgan joylari xaqida bilimlarni yanada chuqurlatirishadi. O’quvchilarni tabiiy muxit xaqidagi tasavvurlarini rivojlantirish. O’quvchilarni tabiat xaqida, o’z yashash joyini geografik sharoitini o’rganish jarayonida tabiiy muxit xaqida tasavvurlari yanada kengayadi va rivojlanadi. Tabiatni asosiy tarkibiy qismlarini (litosfera, gedrosfera, atmosfera, beosfera) 150 o’rganish davomida o’quvchilarni tabiiy muxit xaqida tasavvurlari kengaya boshlaydi. O’quvchilarda geografiya faniga qiziqish uyg’otish. Geografiya to’garagida, geogrrafik kechalarda va boshqa sinfdan tashqari ishlarda geograf sayox va olimlar, yirik geograf kashfiyotlar, materiklarni kashf qilish tarixi, xalq xo’jaligini rivojlanishida geografiyani o’rni xaqida ma’lumotlarni o’rganish davomida o’quvchilar geografiya faniga bo’lgan qiziqish ortib boradi
|
| |