|
Manba, daryo boshi — daryo boshlanadigan, suv oladigan joy: tog‘dagi qor, muzlik, buloq, ko‘l, botqoqlik
|
bet | 34/42 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 3,06 Mb. | | #153211 |
Bog'liq 5-sinf Geografiaya darslikManba, daryo boshi — daryo boshlanadigan, suv oladigan joy: tog‘dagi qor, muzlik, buloq, ko‘l, botqoqlik.
Mantiya - Yerning Yer po‘sti bilan yadrosi orasidagi qobig‘i.
Materik sayozligi — materiklarning suv ostidagi davomi. Chuqurligi 200 m gacha, eni 1200-1500 km gacha boradi. Ko‘plab neft, gaz va boshqa konlar bor.
Mavzuli xaritalar — malum bir xil geografik obyekt va hodisalar tasvir- langan xaritalar. Masalan, iqlim xaritasi, tuproqlar xaritasi.
106
Meridian - geografik qutblarni tutashtiruvchi Yer yuzasidan o‘tkazilgan yarim aylana chiziqlar.
Mezosfera — atmosferaning o‘rta qat- lami. Yer yuzasidan 50-55 km dan 8085 km gacha balandlikda joylashgan. Havo siyrak. Harorat quyi qismida 0 °C +10 °C dan, yuqori qismida -90 °C gacha pasayadi.
Mo‘tadil mintaqalar — 40°-60° shimoliy kengliklar va 42°-55° janubiy keng- liklar orasidagi geografik mintaqalar. Yilning 4 ta fasli aniq ajralib turadi.
Mineral suv — tarkibida erigan holda turli mineral tuzlar mavjud bo‘lgan suv. Masalan, Toshkent mineral suvi.
Mikroskop — mayda zarralar, mikro - organizmlar, bakteriyalarni katta qilib ko‘rsatadigan asbob.
Musson shamollari — mavsumiy shamollar. Qishda quruqlikdan dengizga, yozda dengizdan quruqlikka esadigan shamollar.
Muzlik — sovuq o‘lkalar va baland tog‘larda qor to‘planib hosil bo‘lgan muzlar. Masalan, butun Antarktida shun- day muzlik bilan qoplangan.
|
| |