|
Tabiiy geografiya
|
bet | 2/42 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 3,06 Mb. | | #153211 |
Bog'liq 5-sinf Geografiaya darslik1 -§ . KIRISH. GEOGRAFIYA NIMANI
Geografiya va uning tarmoqlari haqida tushuncha. Geografiya juda qadimgi fan. Qadimgi yunon olimi Eratosfen kitob yozib, uni «Geografika» deb atagan. Yunoncha «ge» - Yer, «grafo» - yozaman degan ma’noni bildiradi. Binobarin, «Geografiya» so‘zi «Yerni tasvir- lab yozaman», «Yerning tasviri» degan ma’nolarni anglatadi. Geografiya Yer yuzining tabiati, aholisi, uning xo‘jaligini, insonning tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish masalalarini o‘rganadigan fandir. Geografiya bilan shug‘ullanadigan kishilarni geograflar deb ataymiz.
Uzoq vaqtgacha geograflar Yer yuzi tabiatini, aholisi va mamla- katlarning xo‘jaligini tasvirlab yozish bilan shug‘ullanib kelishdi. Geograf-sayyohlar yangi yerlarni, dengiz va okeanlarni kashf qilishdi. Biroq Yer yuzini tasvirlash, sayyoramizning kattaligini aniqlash, xaritasini tuzish uchun bir necha ming yillar kerak bo‘ldi.
Geografiya fani rivojlanib borgan sari unda ikkita asosiy yo‘nalish: tabiiy geografiya va ijtimoiy-iqtisodiy geografiya vujudga keldi. Siz, 5-sinfda tabiiy geografiyaning juda muhim bo‘limi — «Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi»ni o‘rganasiz.
Tabiiy geografiyani o‘rganishning ahamiyati. Tabiiy geografiya Yer yuzi tabiatining holati, uning o‘zgarishi, ro‘y beradigan tabiiy hodisalarni, tabiatdan foydalanganda nimalarga e’tibor berish zarur- ligini o‘rganadi. Shuning uchun Siz, aziz o‘quvchilar, tabiiy geogra- f iyani boshdanoq puxta o‘rganishga harakat qiling.
Inson yashashi uchun zarur bo‘lgan hamma narsani - havo va suvni, oziq-ovqat va foydali qazilmalarni tabiatdan oladi. U uy-joylar, zavodlar, shaharlar quradi, konlarni ochadi, g‘alla, paxta va boshqa ekinlar ekadi, bog‘lar barpo qiladi, chorva mollarini boqadi. Tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, uni avaylab asrash uchun esa, albatta, geografiya fanini juda yaxshi bilish zarur.
Tabiiy geografiya Yer yuzi yoki uning biror joyi tabiatiga ta’- rif berish bilan chegaralanmaydi. Tabiiy geografiya sayyoramiz
tabiatining nima uchun xilma-xil ekanligi sabablarini tushuntiradi. Masalan, cho‘l zonalarida yog‘ingarchilikning kam, tog‘li hududlarda esa aksincha, ko‘p bo‘lishini; tog‘lar ustida jazirama yozda ham qor erimasligini; ayrim joylarda yil bo‘yi ob-havo bir xil - issiq bo‘lishini; boshqa hududlarda esa to‘rtta fasl aniq almashinib turishini tushuntirib beradi.
Shuningdek, tabiat «kambag‘allashib» ketmasligi, ifloslanmasligi, yerlarni sho‘r bosib, tuproq unumdorligi pasaymasligi, daryolar qurib qolmasligi uchun tabiatdan, uning boyliklaridan qanday foydalanish kerak, qanday ishlarni amalga oshirish zarur, degan savollarga ham javob beradi.
«Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi»da nimalar o‘rganiladi?
Siz, Yer yuzi tabiatining asosiy umumiy qonuniyatlarini bilib olasiz, tabiatni, unda ro‘y beruvchi hodisalarni eng oddiy kuzatish usullarini o‘rganasiz.
«Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi» Sizni 6-sinfda o‘rgani- ladigan materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasini oson o‘zlash- tirishga tayyorlab boradi.
Qo‘lingizdagi ushbu darslik yettita bobdan iborat. Har bir bobdan muayyan bilimlarni egallaysiz. Geografik xaritalar bobini o‘qib, globus va xaritada Yer yuzasining katta qismlari qanday qilib tasvirlanishini bilib olasiz va ulardan qanday foydalanish mumkin, degan savolga javob beradigan bo‘lasiz.
|
Tayanch
|
so‘z va tushunchalar
|
€
|
Geografiya
Geograf
Tabiiy geografiya
|
Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya Tabiatni muhofaza qilish Yer
|
1.
|
«Geografiya» so‘zining ma’nosini ayting.
|
v m 2.
|
Geografiya nimani o‘rganadi?
|
' «i 3
|
Geografiya qanday yo‘nalishlarga bo‘linadi?
|
|
|
| |