Tabiiy geografiya




Download 3,06 Mb.
bet5/42
Sana08.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#153211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
5-sinf Geografiaya darslik
qayta ishlangan dars reja 2023-2024, Nemis, jurayeva saida, test-savollari, 1-тема БТЗ (1), Abror aka, 41-maktab o\'quvchisi 7b, O\'quv amaliyoti tahlili, Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand--fayllar.org, Php az waq t html, 88-91 (2), Amaliyot kundaligi tisu (1), 6 Boshlang’ich sinf o’quv tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishning, Uslubiy ko\'rsatma (2)
,Jl3ly yaR^SV

12-rasm. Yerning shimoliy qutbi, ekvator, meridianlar, parallellar.
2-«Geografiya», 5-sinf.
yarimsharga - Shimoliy va Janubiy yarimsharlarga ajratib turadi.
Yer yuzasida ekvatordan muay- yan bir xil uzoqlikda o‘tkazilgan aylana chiziqlarga parallellar de­yiladi. Parallellarning uzunligi ek­vatordan qutblarga tomon qisqarib boradi. Shimoliy va Janubiy qutb­larni tutashtiruvchi, Yer yuzasidan o‘tkazilgan yarim aylana chiziqlar meridianlar deb ataladi. London shahridagi Grinvich rasadxonasidan o‘tgan meridian Bosh meridian deb qabul qilingan (12-rasm).

Yerning shakli aniq (ideal) shar shaklida emas. Shimoliy va Janubiy qutblar hamda ular atrofi sharga nisbatan biroz botiqroq. Buning nati- jasida Yerning markazidan Yer yuzasigacha bo‘lgan masofa qutblarda 6357 km ga teng bo‘lsa, ekvatorda 6378 km ga teng. Yer yuzining umumiy maydoni 510 mln
km2 dan ortiq bo‘lib, uning katta qismini suv - okean va dengizlar qoplagan. Okean va dengizlardagi eng chuqur botiq (Mariana botig‘i) 11022 metr. Quruqlikdagi eng baland tog‘ cho‘qqisi (Jomolungma)ning balandligi 8848 metr. Yer yuzasi ham shar yuzasidek tekis qabariq emas. Demak, Yerning shakli shar emas, balki u o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lib, uni geoid deyilsa, to‘g‘ri bo‘ladi.

Globus Meridian Yer o‘qi

Ekvator Bosh meridian sharsimon

  1. Qadim zamonlarda odamlar Yerni qanday tasavvur qilishgan?

  2. Aristotel Yerning sharsimon ekanligini qanday dalillar bi­lan isbot qilgan?

  3. 5-sinf o‘quv atlasi va darslik matnidagi ma’lumotlardan foydalanib quyidagi a) va b) rasmlar qanday tabiiy sharoitda yashovchi xalqlarning Yer haqidagi tasavvuri mahsuli ekanligini aniqlang:

Parallel Geoid geografik qutblar

Tayanch so‘z va tushunchalar

4. Yerda nechta qutb bor? Tasavvur qiling, siz Shimoliy qutb ustida turibsiz. Sizning istalgan tomoningizda ufq- ning qaysi tomoni bo‘ladi?


5-§. YERNING 0‘Z 0‘QI VA QUYOSH
ATROFIDA AYLANISHI ^
Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi. Odamlar juda qadim zamon- lardanoq Quyosh har kuni sharqdan chiqib, g‘arb tomonga botishini bilib olganlar. Quyosh chiqib, botgunga qadar o‘tgan yorug‘ vaqt kunduzi va botgandan chiqqunicha o‘tgan qorong‘i vaqt kechasi deb ataladi. Bir kecha bilan bir kunduz sutka deb ataladi. Bir sutka 24 soatga teng. Binobarin, Yer o‘z o‘qi atrofida 24 soatda g‘arbdan sharqqa tomon bir marotaba aylanib chiqadi.
Kecha bilan kunduzning almashinib turishini o‘zingiz tajriba qilib ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun kechqurun qorong‘ida koptok yoki sharni olasiz. Ularni chiroq yonida tutib tursangiz, yarmiga nur tushib yorug‘ ko‘rinadi, yarmi esa qorong‘u bo‘ladi. Agar sharni sekin aylantirsangiz yorug‘ va qorong‘u tomonlari almashinadi. Yerda kecha bilan kunduz ham xuddi shunday almashinadi. Chunki Quyosh nuri bir vaqtning o‘zida Yerning hamma tomonini yorita olmaydi, faqat Quyoshga qaragan qismini yoritadi.

Download 3,06 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Download 3,06 Mb.