Yerning quyosh atrofida aylanishi




Download 3,06 Mb.
bet6/42
Sana08.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#153211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
5-sinf Geografiaya darslik
qayta ishlangan dars reja 2023-2024, Nemis, jurayeva saida, test-savollari, 1-тема БТЗ (1), Abror aka, 41-maktab o\'quvchisi 7b, O\'quv amaliyoti tahlili, Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand--fayllar.org, Php az waq t html, 88-91 (2), Amaliyot kundaligi tisu (1), 6 Boshlang’ich sinf o’quv tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishning, Uslubiy ko\'rsatma (2)
Yerning quyosh atrofida aylanishi. Yer Quyosh atrofini 365 kun (sutka) va 6 soatda bir marta to‘liq aylanib chiqadi. Hisobga to‘g‘ri bo‘lishi uchun bir yil 365 kun deb qabul qilingan. Shunda har yili 6 soatdan yig‘ilib, 4 yilda 24 soat, ya’ni bir sutka bo‘ladi. Shuning uchun har uch yildan keyin to‘rtinchi yil 366 kun bo‘ladi. Bu yil kabisa yili deyiladi. Shu yili fevral oyi 28 kun emas, 29 kun hisoblanadi.
Nega yil fasllari almashinib turadi? Buni tushunish uchun 13-rasmni tahlil qilamiz. Rasmda Yerning Quyosh atrofida aylanayotgan oylardagi holati tasvirlangan. Iyun oyida Yerning Shimoliy yarimshar qismi Quyoshga ko‘proq qarab turadi. 22-iyun Quyoshning yozgi turish kuni deyiladi. Bu kuni Quyosh Shimoliy yarimsharda ufq ustida eng 19 baland ko‘tariladi, kunduz uzun, tun esa qisqa bo‘ladi. Shimoliy qutb atrofidagi yerlarda Quyosh butunlay botmaydi. Shimoliy yarimsharda yoz, Janubiy yarimsharda esa qish bo‘ladi.
22-dekabr kuni Quyosh Janubiy yarimsharda ufqdan eng baland ko‘tariladi. Janubiy yarimsharni eng ko‘p, Shimoliy yarimsharni esa,

aksincha, eng kam yoritadi va isitadi. Shimoliy yarimsharda kunduz eng qisqa, tun esa eng uzun bo‘ladi. Shuning uchun bu kunni Shimoliy yarimsharda Quyoshning qishki turish kuni deyiladi.


21-mart va 23-sentabr kunlari esa Quyosh ikkala yarimsharni bir xilda yoritadi. Bu kunlarni bahorgi va kuzgi tengkunlik deyiladi.
Yer yuzida turli fasllarda Quyoshning turlicha baland ko‘tarilishi oqibatida fasllarning almashinishi kishilar hayotiga, o‘simliklarga, hay- vonlar hayotiga katta ta’sir ko‘rsatadi (bolalar, siz yashaydigan joyda turli fasllarda ob-havo qanday bo‘lishini eslang).
Shimoliy va Janubiy tropiklar, qutbiy doiralar. Bahorgi va kuzgi tengkunliklar vaqtida (21-mart va 23-sentabr kunlari) Quyosh Shimoliy va Janubiy yarimsharni bir xilda yoritadi va isitadi. 22-martdan boshlab Quyosh Yerning Shimoliy yarimshar qismida asta-sekin yuqoriga ko‘- tarila boshlaydi. 22-iyunda Quyosh Shimoliy yarimsharda eng baland ko‘tariladi. Bu vaqtda Quyosh 23,5° shimoliy kenglikda tik tepaga keladi. Bu kenglikdan o‘tgan parallel chizig‘i shimoliy tropik deyiladi. Janubiy yarimshardagi 23,5° dan o‘tgan parallel chizig‘i janubiy tropik deyiladi. Chunki Quyosh 22-dekabr kuni Janubiy yarimsharda shu kenglikda tik tepadan o‘tadi. 22-iyun kuni 66,5° shimoliy kenglikda, 22-dekabr kuni 66,5° janubiy kenglikda bir sutka - 24 soat davomida Quyosh botmaydi. Qish faslida esa Quyosh chiqmay, bir sutka




13-rasm. Yerning Quyosh atrofida yillik aylanishi.






davomida kechasi bo‘ladi. Bu kengliklardan o‘tgan parallel chiziqlar qutbiy doiralar deyiladi.
Quyoshning ufqdan turli balandliklarda turishiga bog‘liq ravishda Yer yuzasining turli geografik kengliklari Quyosh nuri bilan turlicha isitilib, turlicha yoritiladi. Buning natijasida Yer yuzida issiqlik mintaqalari vujudga keladi. Yer yuzida bitta issiq, ikkita o‘rtacha issiq (mo‘tadil) va ikkita sovuq mintaqa hosil bo‘ladi (14-rasm). Bu mintaqalar o‘z navbatida yoritilish mintaqalari hamdir. Bizning mamlakatimiz, O‘zbekiston, Shimoliy yarimsharning o‘rtacha issiq (mo‘tadil) mintaqasida joylashgan. Mamlakatimizda 4 ta yil fasli - bahor, yoz, kuz, qish fasllari bir-biridan aniq farq qilib turadi.

fill
M
Tаyanch so‘z vа tushunchаlаr

Download 3,06 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Download 3,06 Mb.