Tabiiy geografiya




Download 3,06 Mb.
bet8/42
Sana08.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#153211
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Bog'liq
5-sinf Geografiaya darslik
qayta ishlangan dars reja 2023-2024, Nemis, jurayeva saida, test-savollari, 1-тема БТЗ (1), Abror aka, 41-maktab o\'quvchisi 7b, O\'quv amaliyoti tahlili, Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand--fayllar.org, Php az waq t html, 88-91 (2), Amaliyot kundaligi tisu (1), 6 Boshlang’ich sinf o’quv tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishning, Uslubiy ko\'rsatma (2)
15-rasm. Ufq, ufq l0l tekisligi. Ufq tekis-

Sh.-
shq

J- shq.

ligining asosiy va 23 oraliq tomonlari.
ta asosiy va 4 ta oraliq tomoni hamda bulardan boshqa mayda oraliq tomonlari borligi haqida aytib o‘tilgan edi. Lekin har bir joyda yo‘nalishlar juda ko‘p. Chunonchi, siz turgan joydan biror uy yoki daraxtga tomon yo‘nalish to‘ppa-to‘g‘ri shimolga emas, biroz sharqqa yoki janubi-sharqqa bo‘lsa, Siz bu yo‘nalishni qanday aniqlaysiz? Ana shunday vaqtda azimut yordam beradi.

Azimut. Xo‘sh, azimut nima? Azimut - joydagi ikki yo‘nalish orasida hosil bo‘lgan burchak. Bu yo‘nalishlardan biri doim shimolga, ikkinchisi esa biz aniqlashimiz lozim bo‘lgan predmetga (biror da- raxtmi, quduqmi yoki uzoqda joylashgan uymi) yo‘nalgan bo‘ladi (16- rasm). Azimut kompas yordamida aniqlanadi.
Azimut shimolga yo‘nalishdan boshlab soat millari harakati yo‘na- lishi bo‘yicha hisoblanadi (16-rasmga e’tibor bering). Rasmda da- raxtga yo‘nalish azimuti 45° ga, ko‘prikga yo‘nalish azimuti 125° ga, stadionga yo‘nalish azimuti 225° va uyga yo‘nalish azimuti 310° ga teng ekanini ko‘rasiz.
Masofani o‘lchash. Biror joyning planini tuzayotganda masofalarni o‘lchashga to‘g‘ri keladi. Bir-biriga yaqin turgan ikki predmet orasidagi masofani metr yoki ruletka yordamida o‘lchash mumkin. Lekin boriladigan joygacha bo‘lgan masofani yoki tabiatdagi ikki predmet oralig‘ini qadamlab o‘lchash qulay.
Masofani qadamlab o‘lchash uchun o‘z qadamingizning o‘rtacha uzunligini bilishingiz zarur. Qadamning o‘rtacha uzunligini bilish uchun avval 100 metr(m) masofani ruletka bilan o‘lchab olish kerak.


16-rasm. Azimutni kompas yordamida aniqlash.

Keyin shu masofani odatdagicha qadamlab yurib, necha qadam ekani aniqlanadi. Aytaylik, Siz 100 m masofani 200 qadamda bosib o‘tdingiz. Endi 100 m ni 200 ga bo‘lasiz. 100 m - 10000 santimetr (cm). 10000 : 200 = 50 cm. Demak, Sizning har bir qadamingizning uzunligi



  1. cm, ya’ni yarim metrga teng ekan.

Kattaroq masofalarni o‘lchaganda qadamni juftlab hisoblash kerak. Bunda chap oyoq qadamini sanasangiz, sanoq qancha bo‘lsa, masofa shuncha metr bo‘ladi.
Ikki nuqta orasidagi uzoq masofani, masalan, ikki qishloq orasidagi masofani uni bosib o‘tish uchun sarflangan vaqt orqali ham taxminan aniqlash mumkin. Bunda o‘rtacha tezlikda qadam tashlab piyoda yuradigan odam bir soatda o‘rtacha 5 kilometr yo‘l bosib o‘tishi mumkinligini unutmaslik lozim.
Masofani yasama o‘lchov g‘ildirak yordamida o‘lchasa ham bo‘ladi. Bunday g‘ildirakni tunukadan qo‘lda yasash ham mumkin. Buning uchun qalin tunukadan diametri 32 cm qilib, doira shaklda g‘ildirak qirqib olinadi. G‘ildirak uzunligi 1 metrli dastakka ayla- nadigan qilib mustahkamlanadi. Bu g‘ildirakning bir aylanishi 1 metrga teng. G‘ildirakning biror yeriga qattiq plyonka yopishtirib qo‘yilsa, g‘ildirak har bir to‘liq aylanganda o‘qqa tegib, ovoz chiqaradi. Siz uning yordamida g‘ildirak necha marta aylanganini hisoblab borasiz (17-rasm).
Azimut bo‘yicha yurish. Sizga yakka turgan daraxtdan 40° li azimut bo‘yicha 200 m, so‘ngra 180° li azimut bo‘yicha 500 m va 330° azimut bo‘yicha 300 m yurish topshirildi deylik.
Azimut bo‘yicha yurganda ishni quyidagi tartibda boshlash kerak. Avvalo, yakka daraxt yoniga boriladi. So‘ng kompas strelkasini bo‘shatib, uning shimol uchini 0° nuqtasiga to‘g‘rilanadi. Keyin cho‘p
17-rasm. Yasama o ‘lchov g ‘ildirak.

olib (gugurt cho‘pi bo‘laveradi), uni kompas ustiga shunday qo‘yish kerakki, cho‘p strelka markazi bilan 40° li belgini tutashtirsin. Shunda cho‘p yo‘nalishi 40° li azimut yo‘nalishini ko‘rsatadi. Sizning o‘rtacha qadamingiz yarim metr edi. Endi, Siz 200 m yurish uchun 400 qadam tashlaysiz. Keyin to‘xtab kompasni yana oriyentirlaysiz, ya’ni shimolni ko‘rsatuvchi strelkani 0° ga keltirasiz. So‘ng cho‘p bilan 180° belgini strelka markazi bilan tutashtirib, 180° li azimutni topasiz va kerakli masofani yurib o‘tasiz. Keyingi azimut bo‘yicha yurish ham shu tartibda bajariladi.









Tayanch so‘z va tushunchalar

%

Kompas

Ufq

Ufq tomonlari

Azimut

Metr

Ruletka




Yasama o‘lchov g‘ildirak

Qadamlab o‘lchash



  1. §. JOY BALANDLIGI

Yer yuzasi kamdan kam joyda tep-tekis bo‘ladi. Tekisliklarda ham uncha katta bo‘lmagan baland-pastliklar uchrab turadi. Yer yuzida baland tog‘lar, baland-past qirlar, keng tekisliklar mavjud. Yer yuzidagi mana shunday notekisliklar relyef deb ataladi. Yana shuni ham bilishimiz kerakki, dengiz va okeanlar tagi notekis - u yerlarda chuqur botiqlar, keng tekisliklar, hatto tog‘lar bor.
Yer yuzasidagi notekisliklar(relyef)ni qog‘ozda, ya’ni plan va xaritalarda tasvirlash uchun, avvalo, har bir joyning mutlaq va nisbiy balandligini o‘lchash zarur bo‘ladi.
Suv yuzasi to‘lqin bo‘lmagan vaqtda tekis turadi. Shuning uchun Yer yuzasidagi mutlaq balandliklar dengiz yuzasidagi suv (sathi)dan hisoblanadi. Odatda dengiz sathi balandligi 0 deb belgilanadi. Ma- salan, O‘zbekiston poytaxti - Toshkent shahrining dengiz sathidan o‘rtacha balandligi 400 m. O‘zbekistondagi eng baland tog‘ - Hazrati Sulton tog‘ining balandligi 4643 m. Lekin har bir joyning bir-biridan balandligi turlicha. Shuning uchun balandliklarni mutlaq va nisbiy balandliklar deb, ikki xil balandliklarga ajratiladi.
Nisbiy balandlik. Quruqlikdagi joylarning bir-biriga nisbatan tik balandligi nisbiy balandlik deb ataladi (18-rasm).
Nivelir. Yer yuzasidagi balandliklar nivelir asbobi bilan o‘lchanadi


18-rasm. Tepalikning nisbiy (qora chiziq) va mutlaq balandligi (oq chiziq).

(19-rasm). Lekin hozirgi vaqtda Yerning sun’iy yo‘ldoshlari yordamida Yer yuzasidagi har bir joyning aniq balandligini o‘lchash mumkin. Har bir joydagi uncha baland bo‘lmagan tepalik balandligini (qo‘lbola) nivelir bilan o‘lchash mumkin. Buning uchun uzunligi 1 metr bo‘lgan to‘g‘ri tayoq olinadi. Uning uchiga uzunligi 20 cm bo‘lgan taxtacha qoqiladi (20-rasm). Nivelirning tik turganini bilish uchun unga shovun osib qo‘yiladi. Buning uchun taxtachaning o‘rtasiga kichik mix qoqib, shovun ipi unga bog‘lanadi.


Tepalikning balandligini aniqlash uchun tepalik etagiga nivelirni shovun yordamida tik qilib o‘rnatiladi. Nivelir qilayotgan o‘quvchi




1 Ф





J

г





Download 3,06 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Download 3,06 Mb.