Tabiiy geografiya




Download 3,06 Mb.
bet11/42
Sana08.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#153211
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
Bog'liq
5-sinf Geografiaya darslik
qayta ishlangan dars reja 2023-2024, Nemis, jurayeva saida, test-savollari, 1-тема БТЗ (1), Abror aka, 41-maktab o\'quvchisi 7b, O\'quv amaliyoti tahlili, Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand--fayllar.org, Php az waq t html, 88-91 (2), Amaliyot kundaligi tisu (1), 6 Boshlang’ich sinf o’quv tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishning, Uslubiy ko\'rsatma (2)
rasm. Geografik koordinatalarni sun’iy yo‘ldoshlar yordamida aniqlash.

Yer yuzasidagi har bir nuqtaning kenglik va uzunligi uning geo­grafik koordinatasi deb ataladi. Masalan, Toshkentning geografik koordinatasi 41° shimoliy kenglik va 69° sharqiy uzunlikni tashkil etadi.


Hozirgi kunda geografik koordinatalar Yerning sun’iy yo‘ldoshlari yordamida ishlovchi zamonaviy asboblar, jumladan GPS navigatorlar yordamida ham aniqlanmoqda (39-betdagi 28-rasm).


Geografik kenglik Bosh meridian Shimoliy kenglik Sharqiy uzunlik Yerning sun’iy yo‘ldoshlari

  1. Daraja to‘ri nima? U nima uchun kerak?

  2. Geografik kenglik nima? Geografik uzunlik deb nimaga aytiladi?

  3. O‘quv atlasidagi «Yarimsharlar tabiiy xaritasi»dan Tosh- kent va Qohira shaharlari qaysi kenglik va uzunliklarda joylashganligini toping.

  4. Darslik hamda o‘quv atlasidagi ma’lumotlar asosida quyi­dagi topshiriqlarni bajaring:

a) «Tanlang» bandidan foydalanib jumlani to‘ldiring:
«Geografik kengliklar globusda parallellarga ... yoniga yozib qo‘yilgan darajalar yordamida aniqlanadi. Geografik uzunliklar esa ... ustiga yozib qo‘yilgan darajalar yordamida bilib olinadi».
Tanlang: Bosh meridian, ekvator chizig‘i.
b) quyidagi rasmga diqqat bilan qarang va A, B, C harflar bilan belgilangan meri- dianlarni Bosh meridianga eng yaqin joy- lashganidan uzog‘iga qarab jadvalga joy- lashtiring.

Tаyanch so‘z vа tushunchаlаr
Daraja to‘ri Geografik uzunlik Geografik koodinata Janubiy kenglik G‘arbiy uzunlik

Eng yaqinidan ^ eng uzog‘iga















12- §. AMALIY MASHG‘ULOT
Daraja to‘ri yordamida nuqtaning qaysi yarimsharda joylash- ganligini aniqlash.

  1. Quyidagi chizmalardan foydalanib, D va N nuqtalar qaysi yarim sharlarda joylashganligini aniqlang.

65° 55° 135° 140°






  1. A nuqta Bosh meridiandan g‘arbda, B nuqta esa sharqda, lekin har ikkala nuqta ham ekvatordan janubda joylashgan bo‘lsa, bu nuqtalarning qaysi yarimsharlarga tegishli ekanligini aniqlang.

Daraja to‘ri yordamida geografik koordinatalarni aniqlash.
5-sinf o‘quv atlasidagi «Yarimsharlar tabiiy xaritasi» yoki «Dunyo- ning tabiiy xaritasi»dan:

  1. Toshkent, Nyu-York, Kanberra, Pekin, Rio-de-Janeyro shahar- larining geografik koordinatalarini;

  2. Quyidagi chizmalarda berilgan A va B nuqtalarning geografik koordinatalarini aniqlang.







  1. Toshkent va Parij shaharlari bir-biridan necha gradus uzoqlikda joylashganligini aniqlang.

  2. Quyidagi rasmda ko‘rsatilgan A, B, C va D nuqtalarning geografik koordinatalarini aniqlang.




Berilgan koordinatalarga qarab xaritadan geografik obyekt- larni (nuqtalarni) topish.

  1. F.Magellanning «Espanyol» nomli kemasi Hind okeanida halo- katga uchradi. Uning geografik koordinatalari 10° janubiy kenglik va 60° sharqiy uzunlik ekanligi ma’lum. Bu nuqtani xaritadan toping va qaysi materikdan birinchi bo‘lib ushbu joyga yetib borish va yordam berish mumkinligini aniqlang.

  2. Quyidagi geografik koordinatalarda qaysi geografik obyektlar joylashganligini aniqlang:

a) 11° janubiy kenglik va 143° sharqiy uzunlik;
42 b) 39° janubiy kenglik va 146° sharqiy uzunlik;

  1. 12° shimoliy kenglik va 72° g‘arbiy uzunlik;

  2. 5° janubiy kenglik va 81° g‘arbiy uzunlik.

  1. 20° shimoliy kenglik va 155° g‘arbiy uzunlik hamda 55° janubiy kenglik va 70° g‘arbiy uzunliklarda qaysi orollar joylashganligini xarita va globusdagi daraja to‘ridan foydalanib aniqlang.

iv bob. yerning qattiq qobig‘i litosfera



  1. §. YERNING ICHKITUZILISHI ^

Yer Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralarga o‘xshab qobiqli tuzilgan. Yerni koinotdan kuzatgan fazogir nimalarni ko‘radi? Yerni hamma tomonidan havo bilan o‘ralganligini va havo qobig‘ida bulutlar suzib yurganini ko‘radi. Bu Yerning havo qobig‘i - atmosfera. Yana Yer qutblari atrofini juda katta oq dog‘lar - muz va qorlar qoplab yot- ganini, juda keng maydonni suv - okean va dengizlar egallaganini ko‘radi. Quruqlikda ham behisob ko‘llar, daryolar ko‘zga tashlanadi.
Bular Yerning suv qobig‘i - gidrosferadir.
Quruqlikda o‘rmonlar, cho‘llar, ekin dalalari, bog‘lar, shahar va qishloqlar joylashgan. O‘rmonlar, ekinzorlar, shahar-qishloqlar, cho‘l-u dashtlar hamda okeanlar ostida qattiq tog‘ jinslari mavjud. Bu tog‘ jinslari Yerpo‘stini hosil qiladi. Yer po‘sti eng qattiq qobiqdir. Hamma jonzotlar, o‘simliklar, ular yashaydigan muhit esa birgalikda biosfera, ya’ni hayot qobig‘i deb ataladi.
Yerning tashqi qobiqlari ancha yaxshi o‘rganilgan. Lekin uning chuqur, ichki qismi haqidagi bilimlarimiz juda kam. Yerning ichki qis- mini bevosita ko‘rib, ya’ni uning ichiga kirib o‘rganib bo‘lmaydi. Yer ichki qismi vulqonlar otilganda chiqqan moddalarni o‘rganish orqali, yer qimirlash to‘lqinlarining tarqalish xususiyatlariga qarab taxminiy o‘rganiladi. Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Yerning markaziy qismida yadro (Yer mag‘zi) bor. Uning diametri 6940 km ga yaqin (29-rasm). Yadroni mantiya deb ataladigan qobiq o‘rab turadi. Uning qalinligi 2860 km ga teng. Mantiyani esa Yer po‘sti qoplagan. U Yer qobiqlaridan eng qattig‘i bo‘lib, o‘rtacha qalinligi 35-40 km, okeanlar tagida 5 km dan, baland tog‘larda 80 km gacha yetadi.
Olimlarning taxmin qilishlaricha, mantiya magniy, temir va qo‘rg‘oshindan iborat. Undagi harorat esa 2000 °C va undan ham yuqori. Olimlar Yer ichiga chuqur tushgan sari harorat har 1000 m da 33 °C ko‘tarilishini aniqlashgan. Demak, 50 km chuqurlikda harorat 1650 °C ga yetadi. Mantiyaning quyi qismlari va yadroda harorat yana




Ichki yadro


Tashqi \ adro


Mantiya


Yer po‘sti


1390 km


^ 2080 km


2860 km


35—40 km




  1. rasm. Yerning ichki tuzilishi.

ham oshadi. Bunday yuqori haroratda tog‘ jinslari erigan, ya’ni suyuq holatda bo‘lishi kerak edi. Biroq bunday emas. Chunki u chuqurliklarda bosim juda katta. Masalan, 100 km chuqurlikda bosim yer yuzasidagiga qaraganda 13 ming marta katta, ya’ni bo‘yi va eni 1 cm bo‘lgan yuzaga 13 tonna kuch bilan bosadi. Shuning uchun mantiyaning quyi qismlari va yadroda tog‘ jinslari qattiq holatda deb taxmin qilinadi.
Yer yadrosi haqida ma’lumotlarimiz yanada kam. Faqat uning radiusi 3470 km va harorat 4000 °C atrofida ekanini bilamiz, xolos.

44
Yerning ichki tuzilishini o‘rganish insonga, uning hayoti uchun zarur bo‘lgan ko‘p savollarga javob topishiga yordam beradi. Masalan, foydali qazilmalar yetarlimi? Nega yer qimirlaydi, uni oldindan aytish mumkinmi? Materiklar siljiydimi? Nega vulqon otiladi kabi savollarga javob topish muhim ahamiyatga egadir.
Tayanch so‘z va tushunchalar
Atmosfera Biosfera Yadro
Gidrosfera Mantiya Yer po‘sti



  1. Yerning tashqi va ichki qobiqlariga qaysilar kiradi?


  2. &

    A

    Yerning ichiga chuqur tushgan sari harorat qanday o‘zga- radi?

  3. Quyidagi rasmda tasvirlangan Yerning ichki qobiqlarini jadvalga mos ravishda joylashtiring hamda undagi bo‘sh katak- ( larni to‘ldiring.


Yerning ichki tuzilishi

Rasmda
belgilanishi

Qalinligi, km hisobida

Yer po‘sti







Mantiya







Tashqi yadro







Ichki yadro









  1. Yerning sirtiga eng yaqin va eng uzoq qobiqlari 3-top- shiriqdagi rasmda qaysi harflar bilan ko‘rsatilganligini ayting va quyidagi jadvalni to‘ldiring.


Eng yaqinidan ^ eng uzog‘iga













    1. §. LITOSFERA. TOG‘ JINSLARI ^

    Litosfera - Yerning qattiq qobig‘i. Yunoncha «litos» - tosh, «sphaira» - shar, ya’ni toshqobiq degan ma’noni anglatadi. Litosferaga Yer po‘sti va mantiyaning yuqori qismi kiradi.
    Yer po‘sti uch qavat tog‘ jinslaridan iborat (30-rasm). Birinchi qa- vatda asosan cho‘kindi jinslar bo‘ladi. Ular - quruqlikda va suvda jinslarning cho‘kib, o‘tirib qolishidan hosil bo‘ladi. Ular gil, ohaktosh, qum, qumtosh, bo‘r jinslari bo‘lib, qatlam-qatlam holda yotadi. Bu qatlamlar Yerning o‘tgan zamonlardagi tabiati yozilgan kitobga o‘xshaydi. Bu qatlamlarni o‘rganib, geologlar minglab, millionlab yillar davomida Yerda tabiat qanday bo‘lganini bilib olishadi.
    Agar yer yuzasidagi tog‘ jinslarining o‘rtacha yillik harorati +5 °C bo‘lsa, 2000 metr chuqurlikda harorat taxminan necha °C ga yetadi?






Download 3,06 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Download 3,06 Mb.