Tabiiy geografiya




Download 3,06 Mb.
bet19/42
Sana08.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#153211
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42
Bog'liq
5-sinf Geografiaya darslik

&
Daryo nima? Daryo havzasi-chi?

  • Daryo havzasining qanday tarkibiy qismlarini bilasiz?

  • O‘zbekistondagi qaysi daryolarni bilasiz?

  • Darslik va o‘quv atlasidagi ma’lumotlardan foydalangan holda quyidagi rasmda A, B, C, D, E, F harflar bilan dar­yo havzasining qaysi tarkibiy qismlari ko‘rsatilganligini aniqlang.







    1. §. KO‘L VA MUZLIKLAR. YER OSTI SUVLARI


  • Ko‘llar. Quruqlik yuzasida yer usti va yer osti suvlari oqib tusha- 66 digan chuqurliklar ko‘p. Ana shunday tabiiy chuqurliklarda to‘planib qolgan suvga ko‘l deyiladi. Ko‘llar dengizlardan farq qilib, okeanlar bilan tutashmagan bo‘ladi.
    Yer yuzida ko‘llar juda ko‘p. Eng katta ko‘l Kaspiy ko‘li. Uning maydoni 376 ming km2 ni tashkil qiladi. Eng chuqur ko‘l — Baykal. Chuqurligi 1620 m. O‘rta Osiyodagi eng katta ko‘llardan biri Orol

    dengizi edi. Hozirgi vaqtda Orol dengizi suvi qurib, maydoni juda kichrayib qolgan.
    Ko‘l suvi to‘ldirgan chuqurliklar har xil yo‘l bilan, ko‘pincha Yer po‘stining asta-sekin pasayishidan hosil bo‘ladi. Yer po‘stining yori- lishidan ham ko‘pincha uzun cho‘zilgan chuqurliklar vujudga keladi. Bunday chuqurliklar suvga to‘lib hosil bo‘lgan ko‘llar tektonik ko‘llar deyiladi. Issiqko‘l va Baykal ko‘llari shunday ko‘llardir.
    Tog‘ daryolari vodiylarida chuqur to‘g‘on ko‘llari uchraydi. Ular tog‘lar qulab, vodiyni to‘sib qolishidan vujudga keladi. Pomir tog‘- laridagi Sarez ko‘li shunday hosil bo‘lgan. Tekislikdagi daryolar ilonizi o‘zanlarda oqadigan joylarda eski, qoldiq o‘zanlar suvga to‘lib qolib, o‘zan ko‘llar paydo bo‘ladi.
    Agar ko‘llarga daryolar quyilsa-yu bironta ham daryo oqib chiq- masa, bunday ko‘l oqmas ko‘l deyiladi. Kaspiy, Orol ko‘llari shunday ko‘llar. Agar ko‘llardan daryo oqib chiqsa, u oqar ko‘l deyiladi (47-rasm). Baykal ko‘liga 300 dan ortiq daryo quyiladi va undan bitta katta daryo - Angara daryosi oqib chiqadi. Baykal - oqar ko‘l. Odatda iqlimi issiq o‘lkalardagi oqmas ko‘llar suvi sho‘r bo‘ladi. Chunki qo‘shilgan suv bug‘lanib ketib, suvda erigan tuzlar qoladi. Dunyodagi eng sho‘r ko‘l Arabiston yarimorolidagi O‘lik dengiz. Uning 1 litr suvida 270 grammgacha tuz bor.
    Ko‘llardan inson turli maqsadlarda foydalanadi. Sho‘r ko‘llardan tuz olinadi, sho‘r suv va balchiq ayrim kasalliklarni davolashda qo‘lla- niladi. Chuchuk ko‘llardan baliqchilik, parrandachilikni rivojlantirishda, toza suvidan aholi va xo‘jaliklarni suv bilan ta’minlashda foydalaniladi.


    47-rasm. Oqmas (a) va oqar (b) ko ‘llar.



    Insonlar sun’iy ko‘llar - suv omborlarini ham barpo etishadi. Ular, asosan, daryolar suvini tartibga solish va elektr energiyasi olish uchun quriladi.


    48-rasm. Tog‘dagi muzlik.
    Muzliklar. Quruqlikda qor to‘planib, hosil bo‘lgan ko‘p yillik muzlar muzliklar deyiladi. Ular daryo va ko‘llarni qoplab yotgan muzlardan farq qiladi. Sovuq o‘lkalarda va baland tog‘larda yog‘gan qor erib ulgurmay to‘planadi va zichlashib muzga aylanadi. Tyanshan va Pomir tog‘laridagi muzliklar 3500 m dan balandda hosil bo‘ladi (48-rasm).
    Qor yig‘iladigan va muzlik hosil bo‘ladigan balandlikning quyi chegarasi qor chizig‘i deyiladi. Qor chizig‘i qutbiy o‘lkalarda dengiz sathigacha pasayadi. Shuning uchun qutbiy o‘lkalarda - Antarktida materigi va Shimoliy Muz okeanidagi orollarda dengiz bo‘yidagi yerlar ham muzlik bilan qoplanib yotadi.
    Tog‘lardagi muzliklar bahor kelishi bilan asta erib daryolarga suv beradi. Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari ko‘p suvini shunday muzliklardan oladi.
    Sizga ma’lumki, sovuq o‘lkalarda muzliklar butun yer yuzasini qoplab yotadi. Antarktida materigi, dunyodagi eng katta orol - Grenlandiya shunday muzliklar bilan qoplangan. Muzning qalinligi esa 4 ming metrga yetadi. Muzliklar ham asta-sekin siljib borib, dengiz va okeanlar bo‘yiga kelib qoladi. Bunda muzlik yorilib, bo‘linib, suvga tushadi va suvda suzib yuruvchi katta muz tog‘larini hosil qiladi (49- rasm). Bular aysberglar deyiladi (gollandcha «iys» - muz, nemischa «berg» - tog‘ degan ma’nolarni bildiradi). Ba’zi aysberglar juda katta 68 bo‘ladi. Antarktida qirg‘oqlari yonida kuzatilgan ulkan bir aysbergning uzunligi 170 km, eni 45 km va qalinligi 200 m bo‘lgan. Aysbergning katta qismi suv tagida bo‘ladi. Aysberglar dengiz va okeanlardagi kemalar qatnovi uchun juda xavfli.
    Yer osti suvlari. Yer po‘sti yuza qismidagi tog‘ jinslarining g‘ovak, bo‘shliq va yoriqlaridagi suvlar yer osti suvlari deyiladi. Yer osti suvlari






    1. rasm. Antarktidadagi muzlik (a) va muzlikdan uzilib tushib, hosil

    bo ‘lgan aysberg (b).
    hosil bo‘lishi uchun quruqlikka yetarli miqdorda yog‘in (qor, yomg‘ir) yog‘ib turishi va yuzadagi tog‘ jinslari suvni chuqurga o‘tkazib yubo- radigan darajada g‘ovak bo‘lishi zarur. Suvning yerga tez yoki sekin shimilishi tog‘ jinslarining g‘ovaklik darajasiga bog‘liq. Masalan, sha- g‘al, qum suvni yaxshi o‘tkazadi. Shuning uchun shag‘al, qum suvni o‘tkazuvchijinslar deyiladi.
    Granit, ohaktosh, qumtosh, gil singari jinslar suvni yaxshi o‘t- kazmaydi. Shunga ko‘ra ular suvni o‘tkazmaydigan jinslar deb ata­ladi. Yer po‘stining yuza qismidagi tog‘ jinslari qatlam-qatlam bo‘lib yotganligidan yer osti suvlari ham qatlamlar hosil qiladi. G‘ovak- liklarida suv bo‘lgan qatlamlar suvli qatlamlar deyiladi.
    Ikkita suv o‘tkazmaydigan qatlam orasida joylashgan suv qatlamlar orasidagi suv deb ataladi. Bu qatlamga suv mazkur qatlam yer yuzasiga chiqqan joylardan kiradi. Agar tog‘ jinslari qatlamlari tovoq shaklida bo‘lsa, yer osti suvlari bosimli bo‘ladi. Bunday joylarda burg‘

    1. rasm. Yer osti suvlari.

    Artezian quduq.

    Download 3,06 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42




    Download 3,06 Mb.