Tabiiy geografiya




Download 3,06 Mb.
bet27/42
Sana08.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#153211
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
Bog'liq
5-sinf Geografiaya darslik

ЩЖ 29-§. TABIAT ZONALARI
Tabiatni hosil qiluvchi tarkibiy qismlar - komponentlar (tog‘ 96 jinslari, suv, havo, tuproqlar, o‘simliklar va hayvonot dunyosi) tabiatda alohida-alohida, bir-biridan ajralgan holda uchramaydi. Ular bir-biri bilan bog‘lanib ketgan va o‘zaro ta’sir etib turadi. Ular birgalikda tabiat kompleksini, ya’ni tabiiy uyg‘unlikni hosil qiladi. Tabiat kompleksi shunday tabiiy uyg‘unlikki, unda bironta komponent o‘zgarsa, boshqa komponentlar ham o‘zgaradi.

Yer yuzida katta-kichik tabiat komplekslari juda ko‘p. Geografik mintaqalar, tabiat zonalari ham tabiat komplekslaridir.
Yerning sharsimon shaklda ekanligi sababli Quyoshdan keladigan yorug‘lik va issiqlik Yer yuzida bir xilda taqsimlanmaydi. Uning miqdori ekvator atroflaridan Shimoliy va Janubiy qutblarga tomon kamayib boradi. Buni avvalgi darslardan bilib olgansiz.
Yer yuzida quruqlik va okeanlar juda notekis taqsimlangan. Yer yuzasining relyefi ham har xil. Bular quruqlik yuzasining Quyosh nuri bilan isitilishiga, havoning haroratiga, shamollarning yo‘nalishiga, yog‘inlarning miqdori va qaysi fasllarda yog‘ishiga ta’sir ko‘rsatadi. Mana shu barcha ta’sirlar natijasida Yer yuzida ekvatordan qutblarga tomon tabiat o‘zgarib boradi. Bu o‘zgarishlar tabiat zonalarini vujudga keltiradi.
Quruqlikdagi iqlimi, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi bir- biridan farq qiladigan yirik tabiiy komplekslari tabiat zonalari deb ataladi. «Zona» lotincha so‘z bo‘lib, uzun cho‘zilgan, ensiz yer degan ma’noni bildiradi. Tabiat zonalari ham Yer yuzida ko‘pincha g‘arbdan sharqqa tomon cho‘zilgan bo‘ladi (63-rasm).
Har bir tabiat zonasi boshqa zonalardan iqlimi, yog‘in miqdori, o‘simliklari, tuproqlari va hayvonot dunyosiga ko‘ra, ya’ni tabiat manzarasi bilan farq qiladi.
Tabiat zonalari ekvatordan qutblarga tomon almashinib boradi. Asosiy zonalar quyidagilar:
Sernam ekvatorial o‘rmonlar zonasi. Ekvator yoni olkalarida havo harorati yil bo‘yi deyarli bir xil, +25 °C atrofida bo‘ladi. Yillik yog‘in miqdori 2000 mm dan oshadi, yil bo‘yi bir xilda taqsimlanadi. Bunday sharoitda sernam, doimiy yashil o‘rmonlar o‘sadi. Fasllar almashinmaydi, faqat bitta fasl - yoz bo‘ladi. Bir daraxt gullasa, boshqa daraxtda mevasi pishadi (64-a rasm).
Mavsumiy nam tropik o‘rmonlar zonasi. Bu zona sernam ekvatorial o‘rmonlar zonasini shimol va janub tomonlardan o‘rab turadi. Bu zonada yil ikki faslga bo‘linadi: sernam issiq yoz va quruq issiq qish. Sernam yozda tabiat ekvatorial o‘rmonlardagidan farq qilmaydi. Qurg‘oqchil davrda esa daraxtlar bargini to‘kadi.
Savannalar va siyrak o‘rmonlar zonasi. Bu zona mavsumiy nam tropik o‘rmonlar zonasiga tutashib turadi. Harorat yuqori bo‘ladi, lekin
7-«Geografiya», 5-sinf.




BiOSFERA. iNSON VA TABiAT


Arktika va Antarktidadagi cho‘llar | Tundra va о‘rmon-tundra | Tayga
Aralash va keng bargli o‘rmonlar 0‘rmon-dasht va dashtlar


Chala cho‘1 va choTlar Savannalar va siyrak o‘rmonlar Semam ekvatorial o‘rmonlar Mavsumiy nam tropik o‘rmonlar О Balandlik mintaqalanishi oTkalari

| Subtropik siyrak o‘rmonlar va butazorlar


63-rasm. Yer yuzidagi tabiat zonalari.
yog‘in kam, asosan, yoz oylarida yog‘adi. Shuning uchun daraxt kam, baland bo‘yli o‘t-o‘simliklar va butalar o‘sadi. Har xil hayvonlar - sher va fillar, o‘txo‘r antilopalar, zebra, jirafalar yashaydi (64-d rasm).
98 Chala cho‘l va cho‘llar zonasi. Afrika va Osiyo qit’alarida
cho‘llar juda katta maydonni egallagan. Cho‘llar yog‘in kam, qur- g‘oqchil o‘lkalarda vujudga keladi. O‘simliklar siyrak bo‘lib, quruq iqlim sharoitiga moslashgan. Ildizlari uzun, barglari mayda, tanasi tuklar bilan qoplangan bo‘ladi. Yantoq, saksovul, yulg‘un ko‘p uchraydi. Cho‘l hayvonlari ham issiq va qurg‘oqchilikka moslashgan.





Download 3,06 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




Download 3,06 Mb.