Tabiiy geografiya




Download 3,06 Mb.
bet29/42
Sana08.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#153211
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42
Bog'liq
5-sinf Geografiaya darslik

Yozda .. _ _ __ Qishda






  1. Quyidagi a) va b) rasmlarda ob-havoning ikki xil holati berilgan.

  1. holatda havoning harorati +20 °C bo‘lib, 1 m3 havoda 15 gramm,

  2. holatda esa havoning harorati +10 °C bo‘lib, 1 m3 havoda 4 gramm suv bug‘i bor. Aytingchi, ulardan qaysi birida nisbiy namlik yuqori va yog‘in hosil bo‘lish imkoniyati katta? Nima uchun?






MUSTAQIL 0‘QISH UCHUN INSON VA TABIAT
Hozirgi vaqtda Yer yuzida 7 mlrd 800 mln atrofida odam yashaydi (2020-y). Lekin ular butun Yer yuzida bir xilda taqsimlanmagan. Dunyo aholisining yarmidan ko‘pi Osiyo qit’asida joylashgan. Jonajon Vata- nimiz O‘zbekistonda esa 34 mln dan ortiq odam yashaydi (2020-y).
Aholining soni o‘zgarib turadi. Aholi sonining ko‘payishi har yili qancha bola tug‘ilib, qancha odam o‘lishiga bog‘liq. Yer yuzida odam paydo bo‘lganiga 2 mln yil bo‘lgan deb taxmin qilishadi. Lekin ilgari odamlar soni juda sekin ko‘paygan. Ilgarilari odamlar turli kasalliklar, urushlar, tabiiy ofatlar natijasida ko‘plab qirilib turgan. Lekin XIX va XX asrlarda tibbiyot fanining rivojlanishi bilan Yer yuzida aholi soni juda tez ko‘paydi.
Aholi Yer yuzida bir tekisda joylashmagan. Odamlar tabiiy sharoiti inson yashashi, xo‘jalik yuritishi uchun qulay iqlimli tekisliklarda, dengiz bo‘ylarida, vodiylarda o‘rnashib qolgan. Hozirgi vaqtda Xitoy, Hindiston, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Indoneziya va Braziliya aholisi eng ko‘p mamlakatlardir.
Inson o‘ziga kerakli hamma narsani tabiatdan oladi. Ishlatib bo‘lgan, keraksiz chiqindilarni esa tabiatga chiqarib tashlaydi. Qadim zamonda Yer yuzida odamlar kam, insonning tabiatga ta’siri kuchsiz bo‘lgan vaqtda uning tabiatga yetkazadigan zarari deyarli sezilmas edi. Ilm-fan, texnika rivojlangani sari insonning tabiatga ta’siri juda kuchayib ketdi. Yer yuzida o‘rmonlar kamaydi, cho‘llar ko‘paydi, havoga ko‘p miqdorda tutun, turli zararli moddalar chiqariladigan, suvga ham chiqindilar tashlanadigan bo‘ldi. Yer po‘sti kavlanib, turli foydali qazilmalar olinmoqda.
Insonning ta’siri atmosferada 18-20 km balandlikkacha, Yer yuzidagi, tuproq, o‘simlik va hayvonlarga, Yer po‘stida 3-4 km chu- qurlikkacha, ayniqsa, kuchli bo‘ladi. Biosferaning odam yashaydigan va tabiatga juda katta ta’sir ko‘rsatadigan shu qismi noosfera deb ataladi. Noos - yunoncha aql degani. Noosfera aqllilar qobig‘i, ya’ni odam yashaydigan qobiq degani.
Inson tabiatdan olib, foydalanadigan, odamlarning yashashi uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar tabiiy resurslar (boyliklar) deb ataladi. Tabiiy boyliklarga quyosh energiyasi, Yerning ichki issiqligi, suv, tuproqlar, foydali qazilmalar, o‘simliklar, hayvonot dunyosi kiradi. Tabiiy resurslar ikkita katta turga bo‘linadi. Bular tugaydigan va tugamaydigan tabiiy resurslardir.
Tugamaydigan tabiiy resurslarga havo, quyosh issiqligi va yerning ichki energiyasi, tugaydigan boyliklarga ko‘pchilik foydali qazilmalar kiradi. Tabiatda tugaydigan, lekin qayta tiklanadigan boyliklar ham mavjud. Bularga suv, o‘simliklar, hayvonot dunyosi, tuproqlar kiradi.
Insonning tabiatga ta’siri. Odamlar qurg‘oqchil o‘lkalarda cho‘l va chala cho‘llarga suv chiqarib, unumdor vohalar bunyod etadi, botqoqliklarni quritib, ekinzor va bog‘larga aylantiradi, mevalar va ekinlarning yangi unumdor turlarini yaratadi. Yovvoyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatadi, yangi zotlarini bunyod etadi. Lekin odamlar tabiatga zararli ta’sir ham ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda Yer yuzida o‘rmonlar kamayib qolgan. Havoga har yili ko‘p miqdorda turli xil zararli gazlar, tutun, chang chiqariladi. Chiqindixonalar ham ko‘payib ketgan, avto- mobillar havoga millionlab tonna zararli gaz chiqaradi. Ana shular ta’sirida Yer yuzida havo harorati ko‘tarilib bormoqda. Shimoliy Muz okeanidagi, Antarktidadagi, tog‘lardagi ko‘p yillik muzlar erib, kamayib bormoqda.
Tabiat komlekslari o‘zgarmoqda. Ilgarigi o‘rmonlar o‘rniga ko‘p joyda ekin dalalari, shahar va qishloqlar bunyod etilgan. Cho‘l va chala cho‘llar kengayib bormoqda. Mamlakatimizda Orol dengizi qurib, juda kichrayib qoldi. Hozir bu yerlarga cho‘lda o‘sadigan o‘simliklar - saksovul va yulg‘un ekilmoqda.
Hozirgi vaqtda tabiatni, suv va havoni toza tutish, o‘simlik hamda hayvonlarni, tuproqlarni saqlab qolish, ularni ko‘paytirish, yaxshilash insonlar oldida turgan eng muhim vazifa bo‘lib qoldi. Bu vazifani bajarish uchun tabiiy fanlarni, shu jumladan, geografiyani puxta o‘rganish, tabiat qonunlariga amal qilish zarur.

104



Download 3,06 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42




Download 3,06 Mb.