-rasm. Tabiat zonalari: a) - sernam ekvatorial o ‘rmonlar; b) - cho‘llar; c) - muzlik (arktika) cho ‘llari; d) - savanna




Download 3,06 Mb.
bet28/42
Sana08.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#153211
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
Bog'liq
5-sinf Geografiaya darslik

64-rasm. Tabiat zonalari: a) - sernam ekvatorial o ‘rmonlar; b) - cho‘llar; c) - muzlik (arktika) cho ‘llari; d) - savanna.



Tuya, kiyik, toshbaqa, kaltakesak, ilon, chayon, kemiruvchi hayvonlar ko‘p tarqalgan. Ko‘p joylarni qum bosib yotadi (64-b rasm).
0‘rmon-dasht va dashtlar zonasi. Bu zona Shimoliy yarimsharda keng maydonni egallagan. Janubiy yarimsharning bu kengliklari, asosan, dengiz va okeanlar bilan qoplanganligi uchun dashtlar kam. Dasht zonasida yerlar, asosan, o‘tloqlardan iborat. Bu zona iqlimi, tuproqlari dehqonchilik uchun qulay. Shu sababli bu zona yerlari deyarli to‘liq haydalib, ekinzorlarga aylantirilgan.
Aralash va keng bargli o‘rmonlari zonasida yogin nisbatan ko‘proq - 400-500 mm, qish ancha sovuq, yoz iliq bo‘ladi. Bu zona- ning ko‘p yerlari keng bargli va aralash o‘rmonlar bilan qoplangan. O‘rmonlarda qarag‘ay, qora qarag‘ay, eman, qayin daraxtlari o‘sadi. Hayvonot dunyosiga boy.
Yerning qutblari atroflarida qish uzun, juda sovuq, yoz qisqa, salqin bo‘ladi. Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy qismida juda katta maydonlarni tundra zonasi egallagan. Bu zonada pakana qayin
va qutb toli deb ataluvchi butalar, mox va lishayniklar o‘sadi. Yozda ko‘p qushlar uchib keladi.
Shimoliy Muz okeanidagi ko‘plab orollar va Antarktidada muzlik (arktika) cho‘llari zonasi joylashgan bo‘lib, asosan, qor va muzlar bilan qoplangan (64-c rasm).
Tabiat nafaqat ekvatordan qutblarga, balki tog‘ etagidan cho‘qqisiga tomon ham almashinib boradi. Biz buni balandlik mintaqalanishi deb ataymiz.




Tayanch so‘z va tushunchalar




Tabiat kompleksi

Savanna Tundra




Tabiat zonasi

Cho‘llar

Ekvatorial o‘rmonlar

Dasht

*****

Tropik o‘rmonlar

Balandlik mintaqalanishi



  1. Tabiat kompleksi nima? Tabiat zonasi-chi?


  2. $
    Tabiat zonalari qanday vujudga keladi?

  3. 64-rasmdagi b) va c) holatlarda tasvirlangan cho‘llar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

  4. Bizning mamlakatimiz qaysi zonada joylashgan?


  • 30-§. UMUMLASHTIRUYCHI TAKRORLASH

O‘quv yili davomida o‘tilgan mavzularning tayanch mazmunini darslik hamda 5-sinf o‘quv atlasi yordamida mustahkamlash va umum- lashtirish yuzasidan suhbat va savol-javob o‘tkaziladi.

  1. Quyidagi sonli masshtablarni nomli masshtablarga aylantirib, km 100 larda ifodalang.

  1. 1:100 000 d) 1:500 000

  2. 1:1 000 000 e) 1:7 500 000

  3. 1:10 000 000 f) 1:2 800 000

  1. Quyidagi holatlarning qaysi birida atmosferaning gaz tarkibi to‘g‘ri berilgan?






H -Azot В - Kislorod Ы - Boshqa gazlar

  1. Quyidagi rasmda qaysi shamol turi aks ettilgan? U Yer sharining qaysi hududlarida kuchli esadi?


Download 3,06 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Download 3,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Tabiat zonalari: a) - sernam ekvatorial o ‘rmonlar; b) - cho‘llar; c) - muzlik (arktika) cho ‘llari; d) - savanna

Download 3,06 Mb.