• Joy nomi
  • Sirdaryo viloyati
  • Andijon viloyati
  • Piskom qishlog‘i
  • Tabiiy geografiya




    Download 3,06 Mb.
    bet25/42
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,06 Mb.
    #153211
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
    Bog'liq
    5-sinf Geografiaya darslik

    Havoning harorati (°C)

    Mutlaq namligi (g/m3)

    Nisbiy namligi (%)



    3




    + 10°




    67

    + 20°

    10




    +30°




    50



    1. Amaliy ish daftaringizga bugungi ob-havo holatini yozib qo‘ying.

    1. variant. Namlanish darajasini hisoblash.

    Bu amaliy ishni bajarish uchun quyidagilarni bilish kerak:

    1. Havo namligi deb nimaga aytiladi?

    2. Yillik yog‘in miqdori qanday topiladi?

    3. Bug‘lanish nima?

    4. Namlanish darajasi nima? U qanday aniqlanadi? Quyidagi ma’- lumotlar asosida namlanish darajasini aniqlang. Bo‘sh kataklarni to‘l-


    diring.

    Joy nomi

    Yillik yog‘in miqdori

    Yillik
    bug‘lanish

    Namlanish
    darajasi

    Amudaryo etagi

    150 mm

    2000 mm




    Sirdaryo viloyati

    250 mm

    1800 mm




    Andijon viloyati

    500 mm

    1500 mm




    Piskom qishlog‘i

    900 mm

    900 mm









    1. O‘simliklar o‘sishi uchun eng qulay namlanish sharoiti qayerda ekani va eng noqulay sharoit qayerda ekani haqida xulosa chiqaring.

    Ob -havo. Siz radio va televizordan ob-havo ma’lumotlarini deyarli
    90
    har kuni eshitasiz. O‘zingiz ham ob-havoni ko‘p kuzatgansiz. Bularning hammasi ob-havoning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini va turli joylarda har xil bo‘lishini ko‘rsatadi.
    Ob-havoning asosiy elementlari (belgilari) - harorat, namlik, shamol va havo bosimidir. Troposferada ob-havo elementlariga bog‘liq ravishda shamol va bulutlar hosil bo‘ladi, yog‘inlar yog‘adi.
    Ob-havo deb troposferaning biror joydagi ayni paytdagi yoki ma’lum bir vaqtdagi (sutka, hafta, oy, fasldagi) holatiga aytiladi.
    Ob-havoning barcha elementlari va hodisalari o‘zaro bog‘langan. Biror elementning o‘zgarishi boshqa elementlarning va butun ob- havoning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, bahorda erta bilan Quyosh chiqishi oldidan havo salqin, shamolsiz bo‘ladi. Quyosh ko‘tarilishi bilan Yer yuzasidagi havo isib yuqoriga ko‘tariladi, bug‘lanish kuchayadi. Iliq havo yuqoriga ko‘tarilib soviydi. To‘p-to‘p va yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlar hosil bo‘ladi. Ba’zan yomg‘ir ham yog‘ib o‘tadi. Agar ob-havo bir necha kun o‘zgarmay bir xilda tursa, uni barqaror ob-havo deyiladi.
    Inson hayoti va mehnat faoliyati uchun ob-havoning qanday bo‘li- shini oldindan bilish juda zarur (Nima uchun zarur?). Ob-havoni ol- dindan aytish uchun troposferaning holati haqidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi. Bunday ma’lumotlar meteorologik stansiyalarda to‘planadi. Ma’lumotlar Yerdagi kuzatishdan tashqari, kosmik yo‘ldoshlar va stansiyalardan ham olinadi. Meteorologik markazlarda ob-havo xari- talari tuziladi va shunday xaritalar yordamida ob-havoning qanday bo‘lishi oldindan e’lon qilinadi.
    Iqlim. Ob-havoning biror joyga xos bo‘lgan ko‘pyillik rejimi (ho­lati) shu joyning iqlimi deyiladi.
    Iqlimning ta’rifiga harorat va yog‘in miqdori, shamollar, havo massalari, ob-havoning holati haqidagi ko‘pyillik o‘rtacha ma’lumotlar kiradi. Iqlim ta’rifiga yana eng yuqori va eng past harorat, yillik yog‘inning eng ko‘p va eng kam miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham kiritiladi.
    Iqlim haqidagi ma’lumotlar nima uchun kerak? Iqlim har bir joy­ning tabiatiga, relyef, daryo va ko‘llar, o‘simlik hamda hayvonot dunyosiga ta’sir ko‘rsatadi. Iqlim haqida bilimga ega bo‘lmasdan turib shahar qurilishi, yo‘l o‘tkazish, to‘g‘on bunyod etish uchun joy tanlash mumkin emas. Qishloq xo‘jaligi ham ko‘p jihatdan iqlimga bog‘liq.
    Har bir joyning iqlimi nimalarga bog‘liq?
    Iqlim avvalo joyning geografik kengligiga bog‘liq.
    Ekvatorga yaqin yerlar Quyoshdan eng ko‘p nur oladi. Qutblarga yaqin o‘lkalarni esa Quyosh eng kam isitadi. Buning oqibatida Yer
    yuzida issiqlik mintaqalari vujudga keladi (61-rasm). Bular bitta issiq tropik, ikkita mo‘tadil va ikkita sovuq mintaqalardir.
    Okeanlarning uzoq-yaqinligi ham joy iqlimiga ta’sir ko‘rsatadi. Yevropadagi Ispaniya va Gretsiya davlatlari O‘zbekiston bilan bir xil geografik kenglikda joylashgan. Lekin Ispaniya va Gretsiyada qishda havo harorati O‘zbekistondagidan ancha yuqori bo‘ladi, yog‘in ham ko‘p yog‘adi. Bunga sabab Atlantika okeanidan Ispaniya va Gretsiyaga iliq, sernam havo kelib turishidir. O‘zbekiston okeandan uzoqda joy- lashganligi sababli qishi sovuq va yozi juda issiq bo‘ladi.
    Qishda iliq, yozda salqin va yog‘in ko‘p yog‘adigan, dengizga yaqin joylar iqlimi dengiz iqlimi deyiladi. Qish sovuq, yoz issiq va yog‘in kam yog‘adigan iqlim kontinental iqlim deb yuritiladi (Mamlakatimiz iqlimi qanday iqlim?).
    Iqlimga joyning dengiz sathidan balandligi va tog‘ tizmalarining qanday joylashganligi ham katta ta’sir qiladi.

    Download 3,06 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




    Download 3,06 Mb.