• Ko‘l o‘rnining hosil bo‘lishiga ko‘ra turi
  • To‘g‘on
  • Yerga nisbatan tutgan o‘rni
  • Ta’riflar
  • Tabiiy geografiya




    Download 3,06 Mb.
    bet21/42
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,06 Mb.
    #153211
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
    Bog'liq
    5-sinf Geografiaya darslik

    Ko‘llaming
    nomi

    Suv rejimiga ko‘ra turi

    Ko‘l o‘rnining hosil bo‘lishiga ko‘ra turi

    Oqar

    Oqmas

    Tektonik

    To‘g‘on

    Baykal













    Orol




    +

    +




    Balxash













    Sarez













    Kaspiy













    Viktoriya













    Muzlik, aysberg Yer osti suvlari Mineral suvlar


    Qor chizig‘i Grunt suvlari Artezian quduq




    1. §. UMUMLASHTIRUYCHI TAKRQRLASH

    Topshiriqlar. I. Quyidagi savollarga javob bering:

    1. Eratosfen va Ptolemey tuzgan dunyo xaritalarida qaysi hududlar aks ettirilgan? Xorazmiy va Beruniy xaritalarida-chi?

    2. Quyosh sistemasiga kiruvchi sayyoralarning nomlarini ayting va Quyoshdan uzoqlashib borish tartibida daftaringizga yozing;

    3. geografik xaritalarning globuslardan qanday farqi bor? Globus va xaritalardan joyning geografik koordinatasi qanday aniqlanadi?

    4. Yerning ichki tuzilishi qanday?

    5. Dunyo okeani deganda nimani tushunasiz? Eng katta okean qaysi?




    1. O‘tilgan mavzular yuzasidan 15 ta test savoli tuzing va uni yeching. Javoblarni do‘stlaringiz bilan muhokama qiling.

    iii. Quyida berilgan rasmda qizil, sariq va qora strelkalar bilan qaysi sayyohlarning sayohat yo‘llari tasvirlanganligini darslikdan foydalanib aniqlang. Bu sayohatlar nimalarni isbotladi?


    Shimoliy Muz okeani

    \y'"
    Shimoliy Yevrosiyo
    Amerika

    Tinch
    okean

    Avstraliya

    I inch
    okean
    Janubiy
    Amerika ^
    Is Va \v

    iv. Quyida rasmlari berilgan sayyoralarning nomlarini topib, Yerga yaqin-uzoqligiga qarab ketma-ketlikda joylashtiring.




















    n

    d)










    n







    c)
    72




    Yerga nisbatan tutgan o‘rni

    1

    2

    3

    4

    Belgilanishi













    e




    VI BOB. YERNING HAVO QOBIG‘I — ATMOSFERA

    1. §. ATMOSFERANING TUZILISHI


    gr
    |30

    29

    Stratosfera

    28
    26
    25
    24

    f

    23
    22
    21

    20
    T9

    52-rasm. Atmosfera­ning quyi qatlamlari.

    Atmosferaning ahamiyati. Atmosfera - Yerni o‘rab turgan havo qobig‘i. Yunoncha «atmos» - bug‘, «sphaira» - shar ma’nosini bildiradi. Atmosfera Yer bilan birga aylanadi. Yer yuzini samodan keladigan meteor jism- lardan, Quyoshning tirik jonlar uchun zararli bo‘lgan ultrabinafsha nurlaridan saqlaydi. Atmosfera bo‘lmaganida Yer yuzi kunduzi + 120 °C gacha qizib, tunda esa -180°, -200 °C gacha sovib ketar edi. Havo qobig‘i Yer yuzini shaffof ko‘rpa kabi asrab turadi.
    Yerning havo qobig‘i, asosan, ikki xil gaz- dan, ya’ni azot va kislorod aralashmasidan ibo­rat. Havodagi gazlarning 78 % ini azot, 21 % ini kislorod tashkil etadi. Bulardan tashqari havoda karbonat angidrid, boshqa gazlar, suv bug‘lari, changlar ham bor.
    Azot va kislorod nisbati o‘simliklar ta’sirida saqlanib turadi. Lekin avtomobillardan chi- qadigan is gazi, yirik korxonalardan chiqadigan tutun havoni ifloslaydi. Shuning uchun ham havo tarkibini, uning tozaligini doimo qattiq nazorat qilib turish, ifloslanishining oldini olish zarur. Chunki, insonning sog‘ligi atmosferaning tozaligiga juda bog‘liq.
    Yer havo qobig‘ining yuqori aniq chegarasi yo‘q. Taxminan 2000 km balandda deyiladi. Lekin turli balandlikda havoning tarkibi, haro- rati, zichligi har xil bo‘lib, atmosfera bir qancha qatlamlarga ajratiladi (52-rasm).



    Troposfera - atmosferaning quyi qatlami («tropos» - yunoncha so‘z bo‘lib, aylanmoq, o‘zgarmoq degani). O‘rtacha qalinligi 10-11 kilometr. Qutblar ustida 8-9 km, ekvatorda 17 km gacha yetadi. Havodagi barcha suv bug‘lari shu qatlamda. Bu qatlamda bulutlar paydo bo‘ladi. Yog‘inlar yog‘adi, ob-havo o‘zgarib turadi, tirik mavjudotlar shu qatlamda yashaydi. Yuqoriga ko‘tarilgan sari har 1000 m da harorat havoning namlik darajasiga bog‘liq ravishda o‘rtacha 6 °C ga pasayadi.
    Stratosfera - (yunoncha «stratum» - qatlam) troposferadan yuqorida joylashgan. Yuqori chegarasi 50-55 km balandda. Stra- tosferaning quyi qismida harorat -45 °C dan -75 °C gacha pasayadi. Lekin yuqoriga ko‘tarilgan sari havo yana isib, +10 °C gacha ko‘- tariladi.
    Mezosfera, termosfera va ekzosfera - (yunoncha «mesos» - o‘rta, «thermos» - issiq, «exos» - tashqi) atmosferaning yuqori qatlamlaridir. Bu qatlamlarda havo juda siyrak va koinotdan keladigan nurlar ta’sirida elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan bo‘lib qolgan. Qutb yog‘dulari, «Yulduz uchishi» hodisalari shu qatlamlarda ro‘y beradi.
    Atmosferani o‘rganish. Inson juda qadim zamonlardan ob-havoni, atmosferada bo‘ladigan hodisalarni kuzatib keladi. Atmosferada ro‘y beradigan ayrim hodisalar havo aynib, yomg‘ir yog‘ishidan, boshqa hodisalar esa havo ochilishi, Quyoshli kunlar bo‘lishidan darak be- rishini odamlar qadimdan anglab olganlar. Inson uchun ob-havoni oldindan bilish juda zarur (Qani ayting-chi, nima uchun zarur?).
    Hozirgi vaqtda atmosfera, unda ro‘y beradigan hodisalar dunyoning turli joylaridagi minglab meteorologik stansiyalarda o‘rganiladi. Bu ishda elektron hisoblash mashinalari, kompyuterlar, havo sharlari, meteorologik raketalar, Yerning sun’iy yo‘ldoshlaridan foydalaniladi. Barcha ma’lumotlar maxsus ilmiy tadqiqot muassasalarida o‘rganilib, 74 ob-havo xaritalari tuziladi va ob-havoda ro‘y beradigan o‘zgarishlar e’lon qilib turiladi.
    Yer yuzidagi insonlarning, umuman, barcha jonzotlarning, hatto o‘simliklarning hayoti ham atmosfera havosining tozaligiga bog‘liq. Shuning uchun ham havoni ifloslanishdan saqlash har bir odamning muqaddas burchi bo‘lmog‘i kerak.


    Tayanch so‘z va tushunchalar Atmosfera Troposfera Stratosfera
    Mezosfera Termosfera Ekzosfera
    Kislorod Karbonat angidrid Azot

    &
    3?
    «Yulduz uchishi»



    Ta’riflar

    Tropo­
    sfera

    Strato­
    sfera

    Mezo­
    sfera

    Termo­
    sfera

    Ekzo­
    sfera

    1

    «Yulduz uchishi» ro‘y beradi
















    2

    Samolyotlar parvoz qiladi
















    3

    Qutb yog‘dusi kuzatiladi
















    4

    Shamol esadi
















    5

    Yomg‘ir, qor yog‘adi
















    1. «Atmosfera» so‘zining ma’nosini ayting.

    2. Atmosfera nima va u qanday qatlamlardan tuzilgan?

    3. Havo qanday gazlardan tarkib topgan?

    4. Quyidagi ta’riflar atmosferaning qaysi qatlamlari uchun xos?

    ИШИ




    Havoning harorati termometr
    yordamida o‘lchanadi. Termometr yer yuzasidan 2 m balandga, Quyosh nuri tushmaydigan soya joyga o‘rnatiladi. Meteorologik stansiyalarda termometr maxsus meteorologik quti ichiga o‘rnatiladi. Quti ichiga havo erkin kirib-chiqib turadigan qilib ishlanadi. Qutining eshigi shimol tomonda bo‘ladi. Shunda quti eshigi ochilganda Quyosh nuri termometrga tushmaydi. Dunyodagi ko‘pchilik meteorologik stansiyalarda ob-havo holati, shu jumladan, havo harorati har 3 soatda kuzatib turiladi. So‘ngra o‘rtacha harorat 75 aniqlanadi. Buning uchun sutka davomidagi barcha natijalar qo‘shilib, necha marta kuzatilgan bo‘lsa, shunchaga bo‘linadi. Toshkentda 10 apreldagi bir sutkalik kuzatish natijalari quyidagicha deylik: kechasi soat 1 da +6 °C, soat 4 da +4 °C, ertalab soat 7 da +5 °C, soat 10 da + 10 °C, kunduzi soat 13 da +14 °C, soat 16 da +16 °C, kechqurun soat

    22-§. HAVO HARORATI VA BOSIMI


    19 da +10 °C, soat 22 da +7 °C. Haroratlar yig‘indisi 72 °C : 8 = 9 °C. Sutkalik o‘rtacha harorat +9 °C ekan. Lekin sutka davomidagi eng yuqori harorat bilan eng past harorat farqi 12 °C ga teng.
    oylik o‘rtacha haroratni topish uchun oydagi kunlik o‘rtacha haroratlar qo‘shilib, oyning kunlari soniga bo‘linadi. Yillik o‘rtacha haroratni topish uchun hamma oylar o‘rtacha harorati qo‘shilib, 12 ga taqsimlanadi.
    Havo haroratini kuzatish uning sutka va yil davomida ancha o‘z- garib turishini ko‘rsatadi. Havoning harorati kunduz kuni soat 14 va 15 larda eng yuqori, erta bilan Quyosh chiqishi oldidan esa eng past bo‘lishi aniqlangan. Sutkalik havo haroratining eng yuqori va eng past ko‘rsatkichlari orasidagi farq havo haroratining sutkalik amplitudasi (farqi) deb ataladi. Yil davomidagi eng yuqori harorat bilan eng past harorat orasidagi tafovut esa havo haroratining yillik amplitudasi deyiladi.
    Turli iqlim mintaqalarida havo haroratining sutkalik va yillik amplitudalari har xil bo‘ladi. Haroratning sutkalik o‘zgarishi okean va dengizlar ustida 1-2 °C bo‘lsa, dasht va cho‘llarda 15-20 °C gacha boradi. Yillik amplituda esa ekvator atroflarida 5-10 °C dan oshmaydi. Ekvatordan qutblarga tomon yillik amplituda kattalashib boradi. Masalan, Toshkentda yillik amplituda 28 °C ga teng (iyul oyidagi o‘rtacha harorat +27 °C, yanvar oyidagi o‘rtacha harorat esa -1 °C. Binobarin, yillik farq 28 °C ga teng).
    Haroratning yil davomida o‘zgarishini chizma ko‘rinishida tas- virlash mumkin. Buning uchun bitta vertikal va bitta gorizontal chiziq chiziladi. Vertikal chiziqqa harorat yoziladi. Gorizontal chiziqqa esa oy nomlarining bosh harfi yoziladi. So‘ngra har bir oydagi o‘rtacha harorat belgilanadi (53-rasm).
    Havoning harorati quyosh nurining tik yoki qiya tushishiga, joyning 76 dengiz sathidan balandligiga ham bog‘liq. Shuning uchun ham ertalab va kechqurun quyosh nuri qiya tushganida havo salqin bo‘ladi. Kunduz kuni, ayniqsa, tush vaqtida quyosh nuri tik tushganida havo harorati ko‘tarilib ketadi.
    Bundan tashqari, havoning harorati joyning dengiz sathidan baland­ligiga ham bog‘liq. Yer yuzidan har 1000 metr yuqoriga ko‘tarilganda quruq iqlim sharoitida havo harorati 6 °C ga pasayadi. Masalan,




    53-rasm. Toshkentda havo haroratining yil davomida o ‘zgarishi chiz- masi.



    tekislikda havo harorati +20 °C bo‘lganda, tog‘da 3000 m balandda +2 °C, 4000 m balandda esa -4 °C bo‘ladi. Shuning uchun ham baland tog‘larda qor va muzliklar yozda ham erimay turadi.
    Havo bosimi. Havo juda yengil. Dengiz sathida 1 m3 havo atigi 1 kg 330 gramm (g) keladi. Lekin 1 cm2 yuzaga 1 kg ga teng bo‘lgan kuch bilan bosadi. Yer yuzasidagi har bir predmet va organizmlarga ham shunday kuch bilan ta’sir ko‘rsatadi.
    Havoning Yer yuzasiga va undagi barcha narsalarga bo‘lgan bosimini havo bosimi deyiladi. Odam bu bosimni sezmaydi, chunki havo bosimi odam tanasidagi ichki bosim bilan bir xil, ya’ni muvoza- natlashgan. Yuqoriga ko‘tarilgan odamga havo bosimining kamayishi seziladi. Agar tog‘da 3000 m balandga ko‘tarilsa, nafas qisiladi, bosh aylanadi, 4000-5000 m balandda burun qonashi, tomirlar yorilishi mumkin.
    Havo bosimi barometr asbobi bilan o‘lchanadi («baros» - og‘irlik, bosim, «metreo» - o‘lchash). Barometr ikki xil bo‘ladi: simobli barometr va metall barometr - aneroid (54-rasm).
    Simobli barometr asosan uzunligi 1 m va kengligi 1 cm bo‘lgan shisha naychadan iborat. Naychaning bir uchi berkitilgan bo‘ladi. Shisha naycha millimetrlarga bo‘lingan. Shisha naychani simobga to‘ldirib, simob solingan idishga ochiq tomoni bilan botirib tik qo‘yiladi. Simobli barometrdan meteorologik stansiyalarda foydalaniladi. Dengiz bo‘yida havo harorati 0° C bo‘lganda barometr naychasidagi simob 760 millimetr (mm)ni ko‘rsatadi. Shunda havo bosimi 760 mm simob ustuni bosimi (Hg) ga teng
    bo‘ladi. Bunday bosim normal (me’yordagi) bosim deyiladi.

    760 mm
    a)

    I 1
    Dengiz bo‘yidan balandlikka ko‘tariladigan bo‘lsa, har 100 m ko‘tarilganda barometrdagi simob 10 mm pasayadi (yoki har 10 m da 1 mm pasayadi). Bosim qanday o‘zgarishini bilgandan keyin turgan joyimizning baland­ligini aniqlashimiz mumkin. Toshkentda havo harorati 0° C, simobli barometr 720 mm Hg ni ko‘rsatayapti. Toshkentning dengiz sathidan balandligi qancha bo‘ladi?
    Tayanch so‘z va tushunchalar
    Havo harorati Termometr
    Havo bosimi Amplituda
    Yillik amplituda Normal bosim
    Yillik o‘rtacha harorat Barometr

    54-rasm. Simob­li barometr (a) va metall barometr - aneroid (b).
    Sutkalik va oylik o‘rtacha harorat

    1. Havo harorati qanday o‘lchanadi?

    2. Sutkalik va oylik o‘rtacha havo harorati qan- day aniqlanadi?

    3. Havo bosimi nima? Eng yuqori havo bosimi qayerda kuzatiladi?

    4. Quyidagi rasmda a, b, c harflar bilan ko‘rsatilgan obyekt- larning qaysi birida havo bosimi eng yuqori bo‘ladi? Qaysi birida havo harorati eng past bo‘ladi? Nima uchun? Javobingizni asoslang.









    havoning sutkalik o‘rtacha haroratini aniqlash. Sizga ma’lumki, havo harorati sutka davomida termometr yordamida har 3 soatda, ya’ni 8 marta o‘lchanadi (22-§ ga qarang). Har uch soatda o‘lchangan natijalarini qo‘shib, 8 ga taqsim qilinsa, havoning sutkalik o‘rtacha harorati aniqlanadi.
    Havo haroratining quyidagi o‘lchash natijalari asosida o‘rtacha sutkalik haroratni aniqlang: soat tungi 1 da +4 °C, soat 4 da +3 °C, soat ertalab 7 da +4 °C, soat 10 da +10 °C, kunduzi soat 13 da +15 °C, soat 16 da +16 °C, kechqurun soat 19 da +8 °C va kechasi soat 10 da +4 °C.
    havoning oylik o‘rtacha harorati va yillik amplitudasini aniqlash.
    Buning uchun oy davomidagi sutkalik o‘rtacha haroratlarni qo‘shib, shu oydagi kunlar soniga bo‘linadi. Darslikning 53-rasmida Toshkent shahrida havoning yil davomidagi 12 oydagi o‘rtacha haroratlari tas­virlangan. Siz grafikdan 12 oyning har birida havoning o‘rtacha oylik harorati qancha daraja bo‘lganini aniqlang.
    Shundan keyin eng issiq oy (iyul)dagi o‘rtacha havo haroratidan eng sovuq oy (yanvar)dagi o‘rtacha havo haroratini ayirib, havo haroratining yillik amplitudasi (farqi)ni topasiz.
    havo harorati va bosimining balandlikka bog‘liq holda o‘zgarishi. Darslikning 22-paragrafidagi ma’lumotlardan foydalanib, quyidagi masa- lalarni yeching:

    1. Yer yuzasidan har 100 metr balandlikka ko‘tarilganda havo bosimi

    1. mm Hg ga pasayishini bilamiz. Toshkentda (dengiz sathidan balandligi 400 metr) havo bosimi 720 mm Hg ga teng bo‘lganda Qorjontov tog‘ida (o‘rtacha balandligi 2400 m) havo bosimi necha mm Hg ga teng bo‘ladi?

    1. Toshkentda havo harorati +35 °C bo‘lganda Nurota tog‘ida (o‘rtacha balandligi 1400 m) havo harorati necha daraja bo‘ladi (havo harorati har 1000 metr yuqoriga ko‘tarilganda 6 °C ga pasayadi)? 79

    2. B nuqtaning mutlaq balandligi 400 m, u yerdagi havo harorati +36 °C, havo bosimi 720 mm Hg bo‘lsa, undan 300 metr balandlikdagi C nuqtadagi havo bosimini; 2000 metr balandlikdagi D nuqtadagi havo haroratini; 3000 metr balandlikdagi havo bosimini aniqlang.


    Download 3,06 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




    Download 3,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tabiiy geografiya

    Download 3,06 Mb.