Tabiiy geografiya




Download 3,06 Mb.
bet23/42
Sana08.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#153211
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42
Bog'liq
5-sinf Geografiaya darslik

i


25-§. HAVONING NAMLIGI VA YOG‘INLAR


Havodagi suv bug‘i. Troposferada doimo suv bug‘i bo‘ladi. Suv bug‘i havoga okean va dengizlardan, quruqlikdagi suvlardan, tuproq va o‘simliklar tarkibidagi suvning bug‘lanishidan ko‘tariladi. Suv bug‘i ko‘zga ko‘rinmaydi. Havodan yengil bo‘ladi.
Havo o‘zida turli miqdorda suv bug‘larini tutib turishi mumkin. Havoning qancha suv bug‘ini tutib turishi havo haroratiga bog‘liq. Agar havo harorati 0 °C bo‘lsa, 1 m3 havo o‘zida 5 g, +10 °C bo‘lsa, 9 g, +20 °C da 17 g va +30 °C bo‘lsa, 30 g suv bug‘ini tutib tura oladi. Demak, havo qanchalik sovuq bo‘lsa, shuncha kam va qanchalik issiq bo‘lsa, shuncha ko‘p suv bug‘ini ushlab tura oladi.

  1. m3 havoda mavjud bo‘lgan va gramm hisobida o‘lchanadigan suv bug‘lari miqdori mutlaq namlik deyiladi. Agar havo o‘zida mavjud bo‘lgan suv bug‘idan ortiqcha namni sig‘dira olmasa, u namga to‘yingan havo deyiladi.

Siz radio va televizordan ob-havo xabarida havoning namligi 70 % yoki 80 % deganini ko‘p marta eshitgansiz. Buning ma’nosi nima? Masalan, harorat +30 °C bo‘lganda havoda 15 g, ya’ni havo o‘zida sig‘dirishi mumkin bo‘lgan suv bug‘ining yarmi mavjud. Bunda havoning nisbiy namligi 50 % deyiladi. Namga to‘yingan havoda nisbiy namlik 100 % bo‘ladi. Meteorologik stansiyalarda havo namligi maxsus gigrometr asbobi yordamida o‘lchanadi.
Bulut. Iliq havo sovisa, u namga to‘yinib, ortiqcha suv bug‘lari juda mayda suv tomchilariga aylanadi. Bulutlar ham tumanga o‘xshab hosil bo‘ladi. Havo yer yuzida isib, yuqori ko‘tariladi. Yuqorida issiq havo soviganda bug‘ mayda suv tomchilariga aylanib, bulutni hosil qiladi. Agar yuqorida harorat 0 °C dan past bo‘lsa, bulut muz zarrachalaridan iborat bo‘ladi. Bulutlarning, asosan, uch turi bo‘ladi: to‘p-to‘p, qat-qat 84 vapatsimon (58-rasm).
Isigan havo yer yuzasidan yuqoriga tez ko‘tarilayotganda to‘p- to‘p bulut hosil bo‘ladi. Tag qismi qorayadi va hozir yomg‘ir yog‘ib yuboradigandek tuyuladi. Bunday bulut yomg‘irli to‘p-to‘p bulut deyi­ladi. To‘p-to‘p bulutlar mamlakatimiz osmonida bahor va yoz boshida ko‘p bo‘ladi. Bunday bulutlardan qattiq yomg‘ir, jala quyadi. Havoni


ba’zan qatlamli bir tekis bulut qoplaydi. Bular qat-qat bulutlardir. Quyoshli kunlarda juda balandda ba’zan oq tolalarga o‘xshagan yupqa bulutlarni ko‘rish mumkin. Ularning soyasi ham bo‘lmaydi. Bunday bulutlar patsimon bulutlar deyiladi. Ular ob-havo aynib kelayotganini bildiradi.
Yog‘inlar. Havodan yer yuzasiga suyuq yoki qattiq holatda tushadigan suvlargayog‘inlar deyiladi. Bulutdagi mayda suv tomchilari ma’lum sharoitda bir-biri bilan qo‘shilib, yirik tomchilarga aylanadi va yirik tomchilar yerga yomg‘ir bo‘lib tushadi. Ba’zan iliq havo yuqoriga tez ko‘tarilib, to‘p-to‘p bulutlarni harorat 0 °C dan past bo‘lgan balandlikka olib chiqib ketadi. Bu balandlikda yomg‘ir tomchilari muzlab do‘lga aylanadi. Havo harorati 0 °C dan pasayib ketganda bulut suv tomchilaridan emas, juda mayda ninasimon muzlardan iborat bo‘ladi. Ular bir-birlari bilan qo‘shilib, qor uchqunlarini hosil qiladi.
Yog‘in faqat bulutdan emas, ochiq havodan ham yog‘adi. Siz bahor, kuz oylarida ertalab shudring tushganini ko‘rgansiz. Shudring hosil bo‘lishiga sabab shuki, kunduzi isigan yer va o‘simliklar kechqurun Quyosh botishi bilan tezda soviydi. Suv bug‘lari tomchilarga aylanib yerga va o‘simliklarga tushadi. Biz buni shudring deymiz. Qish kunlari suv tomchilari muzlab, shudring emas, qirov hosil bo‘ladi.
Yer yuzasiga yog‘gan yog‘in miqdori yog‘in o‘lchagich asbobi bilan aniqlanadi (59-rasm). Qor qalinligi santimetrlarga bo‘lingan maxsus reyka bilan o‘lchanadi. Bir oy davomida yog‘gan yog‘in yig‘indisi oylik yog‘in bo‘ladi. Yil davomidagi yog‘in miqdori qo‘shilib, yillikyog‘in miqdorini tashkil etadi. Masalan, Toshkentda bir yil davomida o‘rtacha hisobda 400 mm ga yaqin yog‘in yog‘adi. Eng ko‘p yog‘in fevral, mart oylariga to‘g‘ri keladi. Ekvator atroflarida esa yog‘ingarchilik yil bo‘yi davom etadi. Eng ko‘p yog‘in Tinch okeandagi Gavayi orollarida yog‘adi. Yillik yog‘in miqdori 14400 mm ga teng. Yog‘inning ko‘p yoki kam yog‘ishi joyning dengizlardan uzoq-yaqinligiga hamda ko‘p 85 esadigan shamollarga bog‘liq. Tog‘larning nam shamollarga ro‘para yonbag‘irlariga ham yog‘in ko‘p yog‘adi.
Bizning Vatanimiz - O‘zbekiston okean va dengizlardan uzoqda bo‘lganligi uchun yog‘in kam yog‘adi. Ayniqsa, mamlakatimizning g‘arbiy, shimoli-g‘arbiy tekislik qismlarida yog‘in juda kam. Bir


Baland qat-qat



4000 m

Baland to‘p-to‘p

Yomg‘irli to'p-tolp

To‘p-to‘p
7" 'i
Yomg‘irli to‘p-to‘p
-■ 2000 m


тйт

Qat-qat-to‘p-to‘p Yomg'irli qat-qat


Download 3,06 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42




Download 3,06 Mb.