Tabiiy geografiya




Download 3,06 Mb.
bet20/42
Sana08.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#153211
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
Bog'liq
5-sinf Geografiaya darslik

AGrunt suvli qatlam.
BQatlamlar orasidagi bosimli suvli qatlam.




51-rasm. Grunt suvi. Buloq hosil bo ‘lishi.



qudug‘idan suv o‘zi oqib, ba’zan otilib chiqadi. Bunday quduqlar artezian quduqlar deyiladi (69-betdagi 50-rasm).
Yer yuzasidagi g‘ovak jinslar orasidagi suvlar grunt suvi deb ata­ladi. Grunt suvlari sathi qish va bahorda qor erib, yomg‘ir ko‘p yog‘ib turganligi sababli yuqori bo‘ladi. Yozda, kuz boshida esa pasayib qoladi.
Grunt suvlari tog‘ jinslaridagi g‘ovaklar orqali past tomonga asta-sekin oqadi. Ular jarlarda, daryo vodiylarida, pastliklarda yer yuzasiga chiqib, buloqlarni hosil qiladi (51-rasm). Hozirgi vaqtda, qishloqlarda, ayniqsa, cho‘llarda juda ko‘p artezian (burg‘) quduqlar qazilgan. Ularning suvi aholi, sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaliklari ehtiyojlariga sarflanadi. Yer osti suvlari miqdori chegaralangan. Shu- ning uchun ularni tejab, isrof qilmasdan foydalanishimiz zarur.
Yerning chuqur qatlamlaridagi yer osti suvlari harorati yuqori va tarkibida turli tuzlar hamda minerallar erigan bo‘ladi. Ular mineral suvlar deyiladi. Bunday suvlardan esa turli kasalliklarni davolash uchun foydalaniladi. Ko‘plab davolanish va dam olish maskanlari aynan shunday buloqlar yoniga quriladi. O‘zbekistonda shifobaxsh suvlar ko‘p. Masalan, Toshkent, Chimyon, Chortoq mineral suvlari.
Suv - tabiatning inson uchun buyuk ne’mati. Undan isrof va iflos qilmay foydalanish zarur.
Tayanch so‘z va tushunchalar
Tektonik ko‘llar 0‘zan ko‘l Buloq
To‘g‘on ko‘llar Oqar ko‘l Oqmas ko‘l
Suv ombori Artezian suv

  1. Ko‘l deb nimaga aytiladi?

  2. Ko‘llaming qanday turlarini bilasiz?

  3. Muzliklar qayerda va qanday hosil bo‘ladi?

«Р 4. Yer osti suvlari qanday turlarga bo‘linadi? Mineral suv- J.*. lar nima maqsadda ishlatiladi?
5. Quyidagi jadvalda berilgan ko‘llarni guruhlarga ajratish- ni davom ettiring.


Download 3,06 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Download 3,06 Mb.