|
Tabiiy geografiya
|
bet | 16/42 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 3,06 Mb. | | #153211 |
Bog'liq 5-sinf Geografiaya darslikOkeanlar tagi relyefi. Okeanlar tagi ham quruqliklar yuzasi kabi notekis. Okeanlarning materiklarga tutashgan chekka qismlarida quruq- likning suv tagidagi davomi - materik sayozligi, ya’ni shelf joylashgan. Uning chuqurligi 200 m dan oshmaydi. Kengligi har xil. Materik sayozliklari foydali qazilmalarga, ayniqsa, neft va gazga boy bo‘ladi.
200 metrdan 2500-3000 metr chuqurlikkacha bo‘lgan joylar materik yonbag‘ri deyiladi. Undan chuqurda okean tagi boshlanadi. Okean tagida keng tekisliklar, tog‘lar, juda chuqur botiqlar mavjud. Suv osti tog‘ tizmalari minglab kilometrga cho‘zilgan (41-rasm). Dengiz va okeanlarning chuqurligi exolot deb ataladigan asbob bilan o‘lchanadi (42-rasm). Bunda okean yoki dengiz tubiga qarab exolotdan tovush to‘lqini yuboriladi. Suvda tovush to‘lqini 1 sekundda 1500 m tezlik
b)
a)
42- rasm. Chuqurlikni exolot yordamida o ‘Ichash - a); zamonaviy exolot - b).
bilan tarqaladi. Tovush to‘lqinining okean yoki dengiz tubiga yetib borib, qaytib kelishiga ketgan vaqt asosida suv havzalarining chuquliklari aniqlanadi. Masalan, okean tubiga yuborilgan tovush to‘lqini 4 sekundda qaytib kelganligi ma’lum bo‘lsa, okeanning chuqurligi quyidagicha topiladi. Tovush to‘lqini yetib borib, qaytib kelishi uchun ketgan vaqt ikkiga bo‘linadi. Chunki tovush to‘lqini bu masofani 2 marta bosib o‘tadi, ya’ni 4 sekund : 2 = 2 sekund. Olingan natijani 1500 m, ya’ni suvda tovush to‘lqinining tarqalish tezligiga ko‘paytiramiz: 2 x 1500 m = 3000 m. Demak, okeanning chuqurligi 3000 m ekan.
|
|
Tayanch so‘z va tushunchalar
|
%
|
Gidrosfera
|
|
Dunyo okeani
|
Quruqlikdagi suvlar
|
Suvning tabiatda aylanishi
|
|
Shelf
|
|
Materik yonbag‘ri Exolot
|
|
| |