• Gidrosfera qismlari
  • Dunyo okeani
  • O‘rtacha tog‘ (1000-2000m)




    Download 3,06 Mb.
    bet15/42
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,06 Mb.
    #153211
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
    Bog'liq
    5-sinf Geografiaya darslik
    qayta ishlangan dars reja 2023-2024, Nemis, jurayeva saida, test-savollari, 1-тема БТЗ (1), Abror aka, 41-maktab o\'quvchisi 7b, O\'quv amaliyoti tahlili, Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand--fayllar.org, Php az waq t html, 88-91 (2), Amaliyot kundaligi tisu (1), 6 Boshlang’ich sinf o’quv tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishning, Uslubiy ko\'rsatma (2)
    O‘rtacha tog‘
    (1000-2000m)

    к Baland tog‘
    (3000 m dan
    baland)

    Qir
    (200-500 m)

    Botiq (0 metrdan past)

    O‘rtacha baland tog‘ (2000-3000 m)

    57

    pasttekislik deyiladi. Tekisliklar balandligi 200 m dan 500 m gacha bo‘lsa, ular qirlar deb ataladi. Ba’zi bir tekisliklarning dengiz sathidan balandligi 500 m dan ham ortiq bo‘ladi. Bunday baland tekisliklar yassitog‘lik deb yuritiladi. Bunga O‘rta Sibir, Braziliya yassitog‘liklari misol bo‘ladi (xaritadan toping). 39-rasmda turli balandlikdagi tekis­liklar, qirlar va tog‘lar ko‘rsatilgan.
    Tog‘lar ham balandligiga qarab, past, o‘rtacha, o‘rtacha baland va baland tog‘larga bo‘linadi. Agar tog‘larning balandligi 500 m dan 1000 m gacha bo‘lsa, past tog‘lar; 1000 m dan 2000 m gacha bo‘lsa, o‘rtacha tog‘lar; 2000 m dan 3000 m gacha bo‘lsa, o‘rtacha baland tog‘lar; 3000 m dan yuqori bo‘lsa, baland tog‘lar deyiladi. O‘zbekistondagi Bo‘kantov, Tomditov past tog‘lar, Nurota tog‘lari o‘rtacha baland tog‘lardir (Xaritadan topib, nomlari va balandligini geografiya daftaringizga yozib qo‘ying).
    Ba’zan tog‘lar bir-biriga tutashib, uzoq masofalarga cho‘zilib ketgan


    bo‘ladi. Bunday relyef shakllari tog‘ tizmalari deb ataladi. Ularga And, Kordilyera, O‘rta Osiyodagi Tyanshan, Hisor tizmalari misol bo‘ladi. Juda katta maydonlarni egallagan tog‘ tizmalari, yakka-yakka tog‘lar va vodiylar birgalikda tog‘li o‘lkalar deyiladi.




    Tayanch so‘z va tushunchalar




    Ichki kuchlar

    Materiklar




    Okeanlar

    orollar




    Yarimorollar

    Tekislik

    mk

    Tashqi kuchlar

    Qir




    Tog‘li o‘lkalar

    Cho‘qqi




    Tog‘ tizmalari

    Tog‘




    1. m
      i
      Materik nima? Orollar va yarimorollar deb nimalarga ay­tiladi?

    2. Tekisliklar va tog‘lar balandligiga qarab qanday turlarga bo‘linadi?

    3. Yozuvsiz xaritaga materiklar va ulardagi baland tog‘ hamda eng katta tekisliklarning nomlarini yozing.

    4. Quyidagi rasmda 1, 2, 3 va 4 raqamlari bilan qaysi okeanlarning o‘rni ko‘rsatilgan? Ulardan qaysinisi mam- lakatimizga eng yaqin, qaysi biri eng uzoqda joylashgan?






    v bob. yerning Suv QoBIG‘I—gidrosfera

    1. §. gidrosferaning tarkibi. dunyo okeani

    Yerning suv qobig‘i gidrosfera deb ataladi (yunoncha «hydro» - suv, «sphaira» - shar degani). Gidrosferada suv uch xil - suyuq, qattiq (muz) va bug‘ holatida uchraydi. Gidrosfera, asosan, ikki qismdan iborat (quyidagi jadvalga qarang).

    Gidrosfera qismlari

    Suv miqdorining nisbati, % his.

    Suv miqdori, mln. km3

    Dunyo okeani

    96,5

    1340

    Quruqlikdagi suvlar

    3,5

    47,5


    Gidrosferadagi suvning asosiy qismi okeanlarda yig‘ilgan (96,5 %). Biroq bu suv juda sho‘r bo‘lganligi uchun undan ichishga ham, ekinlarni sug‘orishga ham foydalanib bo‘lmaydi. Quruqlikdagi suvning deyarli yarmi sovuq o‘lkalardagi muzliklarda to‘plangan. Muzliklar suvi chuchuk, toza suv, lekin odamlar yashaydigan joylardan uzoqda bo‘lganligidan foydalanish qiyin. Issiq o‘lkalarning baland tog‘laridagi muzliklar yozda daryolarga suv berib turadi.
    Yer osti suvlari taxminan muzlik suvlaricha bo‘lsa ham, ularning sifati har xil. Sho‘r yer osti suvlari ham ko‘p.
    Yer usti suvlari - daryo va ko‘llarda to‘plangan. Ularda suv kam. Lekin suv aylanib kelaverganidan insoniyat foydalanishi uchun eng qulay. Yer usti suvlari Yer yuzida juda notekis taqsimlangan. Havodagi suv bug‘lari Yer yuziga yog‘adigan yog‘inlar manbayidir.
    Dunyoda suv to‘xtovsiz aylanma harakatda bo‘ladi. Quyosh nuri okeanlardan juda ko‘p suvni bug‘latadi. Bug‘ning bir qismi okeanlarga yog‘in bo‘lib yog‘adi. Bir qismini shamol quruqliklarga olib ketadi va u yerlarda yog‘in bo‘lib yerga tushadi. Bu suv daryolarga tushib oqadi va yana okeanlarga quyiladi. Suvning okeanlardan havo orqali quruqliklarga va quruqlikdan daryolar orqali yana okeanlarga qaytib keladigan to‘xtovsiz harakati suvning tabiatda aylanishi deyiladi.





    Suvning bunday aylanib turishining ahamiyati juda katta. Quruq- likda yog‘in yog‘may qo‘ysa nima bo‘lardi? Quruqlikdagi hamma suv bug‘lanib ketib, o‘simliklar qurirdi, hayvonlar qirilib ketardi. Hamma joy qurib qaqshab yotgan cho‘lga aylanar edi.
    Dunyo okeani. Dunyoda okeanlar 4 ta: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeanlari (40-rasm). Ularning hammasi birgalikda Dunyo okeani deb ataladi.
    Tinch okean eng katta va eng chuqur okean. Maydoni butun quruqlik maydonidan katta - 180 mln km2. Eng chuqur joyi Mariana botig‘i - 11022 metr.
    Atlantika okeani kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadi. May­doni 91 mln km2. Eng chuqur joyi Puerto-Riko botig‘i - 8742 metr.
    Hind okeani maydonining kattaligiga ko‘ra uchinchi o‘rinda turadi. Uning maydoni 76 mln km2. Eng chuqur joyi Zond botig‘i - 7729 metr.
    Shimoliy Muz okeani eng kichik okean - maydoni 14 mln km2. Eng chuqur joyi - 5527 metr. Bu okean Shimoliy qutb atrofida joy- lashgani tufayli eng sovuq okean hisoblanadi. Ko‘p qismi doimo muz bilan qoplanib yotadi.
    Dengizlar, qo‘ltiqlar, bo‘g‘izlar. Dengizlar okeanlarning kichik qismlari bo‘lib, ulardan yarimorollar, orollar va suv osti qirlari bilan ajralib turadi. Quruqliklarning chekkasiga tutashgan dengizlar chekka dengizlar deyiladi. Masalan, Hind okeanidagi Arabiston dengizi, Tinch okeandagi Bering dengizi. Lekin ayrim dengizlar quruqlikning ichiga ancha kirib borib, okeanlar bilan bo‘g‘izlar orqali tutashgan. Bunday




    41-rasm. Okean tagi relyefi.



    dengizlar ichki dengizlar deb ataladi. O‘rta dengiz, Qizil dengiz, Qora dengiz ichki dengizlardir.
    Okean, dengiz va ko‘llarda qo‘ltiqlar ham bo‘ladi. Qo‘ltiq deb okean, dengiz va ko‘llarning quruqlik ichkarisiga kirib borgan kichik va sayoz qismlariga aytiladi. Hind okeanining Bengaliya va Fors qo‘ltiqlari, Atlantika okeanining Biskay qo‘ltig‘i bor.
    Okean, dengiz va ko‘llarning ikkita katta qismini tutashtirib tura- digan suvli tor yo‘lakka bo‘g‘iz deyiladi. Masalan, Gibraltar bo‘g‘izi Atlantika okeanini O‘rtayer dengiz bilan tutashtirib turadi.

    Download 3,06 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




    Download 3,06 Mb.