Tabiiy geografiya




Download 3,06 Mb.
bet13/42
Sana08.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#153211
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
Bog'liq
5-sinf Geografiaya darslik
qayta ishlangan dars reja 2023-2024, Nemis, jurayeva saida, test-savollari, 1-тема БТЗ (1), Abror aka, 41-maktab o\'quvchisi 7b, O\'quv amaliyoti tahlili, Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand--fayllar.org, Php az waq t html, 88-91 (2), Amaliyot kundaligi tisu (1), 6 Boshlang’ich sinf o’quv tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishning, Uslubiy ko\'rsatma (2)
TINCH I AFRlKA
OKEAN Л
JANUBtY
'AM ERIKA
V - , ^

,OKrNI
5

  1. S s-

47

Litosfera plitalarining to‘qnashish chegaralari




33-rasm. Sayyoramizdagi yirik seysmik mintaqalar.



Har yili Yer ostidan yuz millionlab tonna neft, gaz, ko‘mir, torf hamda temir, mis, aluminiy va boshqa metall rudalari, tuzlar qazib olinadi. Ulardan turli mashinalar, samolyotlar, kemalar, kosmik apparatlar yasaladi va harakatga keltiriladi. Deyarli barcha tog‘ jinslari mineral boylik hisoblanadi. Mineral boyliklar uch guruhga ajratiladi: yoqilg‘i, rudali, noruda.
Yoqilg‘i boyliklari, asosan, torf, ko‘mir, neft va gazdan iborat. Torf botqoqliklarda o‘simlik qoldiqlaridan hosil bo‘ladi. Hozirgi vaqtda torf kam ishlatiladi. Uning o‘rniga ko‘mir, neft, gaz tobora ko‘proq yoqilmoqda.
Ko‘mir toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir deb ataluvchi ikki turga bo‘linadi. Toshko‘mir qattiq va yaltiroq bo‘lib, yonganda juda ko‘p 48 issiqlik beradi. Qo‘ng‘ir ko‘mir nisbatan kamroq issiqlik tarqatadi. O‘zbekistondagi Ohangaron koni ko‘miri qo‘ng‘ir ko‘mir hisoblanadi. Neft va gaz konlari ham cho‘kindi jinslar orasida bo‘ladi. Ular ko‘- pincha birga uchraydi. Neft va gaz Antarktidadan boshqa hamma materiklardan qazib chiqariladi. Neft va gaz dengiz sayozligida ko‘p bo‘ladi.
Rudali mineral boyliklarga temir rudalari va rangli metall rudalari kiradi. Qayta ishlangan rudalardan temir, mis, aluminiy, qo‘rg‘oshin,

Litosfera
Bazalt
Seysmik mintaqalar Yoqilg‘i boyliklari Magmatik tog‘ jinslari

rux ajratib olinadi. Qimmatbaho hisoblangan - oltin va kumush rangli metallar guruhiga kiradi. Deyarli barcha rudalar Yerning qizib yotgan chuqur qismida hosil bo‘ladi. Noruda foydali qazilmalar ham Yer bag‘rida ko‘plab uchraydi. Ular qatlam-qatlam bo‘lib yotadi. Ba’zan bunday qatlamlarning qalinligi bir necha o‘nlab metrga yetadi. Bunday foydali qazilmalar orasida eng muhimi osh tuzidir. U tozalanib, maydalanib ovqatga va har xil tuzlamalarga ishlatiladi. Ko‘p tog‘ jinslaridan qurilish materiallari sifatida foydalaniladi. Mineral boyliklar xaritalarda har xil belgilar bilan ko‘rsatiladi (5-sinf o‘quv atlasidagi «O‘zbekistonning tabiiy xaritasi»dan foydali qazilmalarning shartli belgilarini ko‘rib chiqing). Respublikamizda yangi neft, gaz va oltin konlarining topilganligi va qazib olinayotgani yurtimiz ravnaqiga xizmat qilmoqda.

Yer po‘sti Granit
Tog‘ jinslari Litosfera plitalari Rudali va noruda boyliklar Cho‘kindi jinslar

Tayanch so‘z va tushunchalar




  1. Litosfera nima va u qanday qatlamlardan iborat?

  2. Yerning o‘tgan zamonlardagi tabiati qanday bo‘lganini olimlar nimalardan bilishadi?

  3. «Mineral boyliklarning turlari» jadvalini to‘ldirishni davom ettiring.

Mineral boyliklarning turlari

Yoqilg‘i

Rudali

Noruda

Ko‘mir

?

?

?

Mis

?

Torf

?

Kaliy tuzi

?

?

?




m


49




  1. Darslik va o‘quv atlasidagi xaritalardan foydalangan holda quyidagilarni bajaring:

  1. yozuvsiz xaritada harflar bilan belgilangan hududlardan

  1. «Geografiya», 5-sinf.

qaysilari zilzila va vulqon otilishi tez-tez kuzatilmay- digan mintaqalarga tegishli ekanligini;

  1. qaysi harflar bilan belgilangan hududlar seysmik min­taqalarga tegishli ekanligini aniqlang.




  1. Quyida berilgan rasmlarda qanday jarayonlar sodir bo‘- layotgani va natijada Yer po‘stida qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkinligini darslik matnidagi ma’lumotlar asosida tahlil qiling:







  1. §. YER PO‘STINING HARAKATLARI






Mantiyadagi harakatlar ta’sirida Yer po‘stining ayrim joylari asta- sekin cho‘kadi, boshqa qismlari esa ko‘tariladi. Chuqur cho‘kkan joylarni suv qoplab, okean va dengizlar hosil bo‘lgan. Ko‘tarilgan joylar quruqlik bo‘lib, materiklarni, orol va yarimorollarni paydo qilgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan okean va dengizlar osti ko‘tarilib quruqlikka aylanishi, aksincha, quruqliklar pasayib, o‘rnini suv bosib dengizga aylanishi mumkin. Biroq bunday o‘zgarishlar o‘nlab, yuzlab million yillarda ro‘y beradi. Yerning ichki kuchlari ta’sirida Yer po‘stida ro‘y beradigan siljish, yorilish, ko‘tarilish, cho‘kish, bukilish harakatlariga tektonik harakatlar deyiladi. Bizning mamlakatimiz O‘zbekiston o‘rni ham 30 mln yil ilgari dengizdan iborat bo‘lgan. Biz bularni tog‘ jinslari orasidan topiladigan dengizda yashagan hayvonlar qoldiqlari — chig‘anoqlar va suyaklarni o‘rganib bilamiz.
Yer po‘stining gorizontal harakati natijasida Yer qatlamlari bukilib, burmali tog‘larni, vodiylarni, chuqur okean botiqlarini hosil qiladi. Yer po‘stida yoriqlar vujudga keladi (34-rasm). Masalan, Farg‘ona vodiysi, Tyanshan tog‘lari shunday hosil bo‘lgan. Yer yuzasidagi barcha baland- pastliklar - tog‘lar, tekislik, qir, vodiy, soy, botiq va boshqalar relyef deb ataladi.




Download 3,06 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Download 3,06 Mb.