Tabiiy geografiya




Download 3,06 Mb.
bet10/42
Sana08.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#153211
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
Bog'liq
5-sinf Geografiaya darslik
qayta ishlangan dars reja 2023-2024, Nemis, jurayeva saida, test-savollari, 1-тема БТЗ (1), Abror aka, 41-maktab o\'quvchisi 7b, O\'quv amaliyoti tahlili, Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand--fayllar.org, Php az waq t html, 88-91 (2), Amaliyot kundaligi tisu (1), 6 Boshlang’ich sinf o’quv tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishning, Uslubiy ko\'rsatma (2)
24-rasm. O‘rta Osiyoning sodda (sxematik) tabiiy xaritasi.

Balandlik shkalasi
Bundan tashqari yozuvsiz xaritalar ham bo‘ladi. Bularda konturlar beriladi, xolos. Ulardan amaliy ishlarni bajarishda foydalaniladi.
Xaritalarning shartli belgilari. Xaritalarda turli predmet va hodisalarni tasvirlash uchun xaritaning o‘ziga xos tili hisoblangan shartli belgilardan foydalaniladi.
Yer yuzasining relyefi xaritalarda har xil hamda to‘q-och ranglar berish bilan tasvirlanadi. Bunda 0 metrdan (dengiz sathidan) 200 metrgacha bo‘lgan pasttekisliklar yashil rangga, 200 dan 500 metrgacha baland bo‘lgan qirlar sariq rangga, undan baland yerlar jigarrangga bo‘yaladi. Har bir rang qanday balandlikni bildirishi xaritaning shartli belgisida beriladi. Bunday belgilar balandliklar shkalasi deb ataladi.
Balandliklar shkalasidan foydalanib, hududdagi har bir nuqtaning balandligini aniqlasa bo‘ladi.
Chuqurliklar shkalasi ham shunday tuzilgan. Ba’zi bir tog‘ cho‘qqilarining balandligi, ayrim okean botiqlarining chuqurligi xa- rita va globuslarda metr (raqam) bilan ko‘rsatib qo‘yiladi (atlasdagi xaritadan toping). Yer bag‘ridagi foydali qazilmalar (neft, gaz, ko‘mir, temir, oltin, mis, olmos va boshqalar) xaritada maxsus belgilar bilan ko‘rsatiladi.
Xaritalarda turli obyekt va hodisalarning harakati, siljishi harakat


25- rasm. Dunyoning sodda tabiiy xaritasi.

yo‘nalishi belgisi — strelka bilan tasvirlanadi. Masalan, dengiz oqimlari, shamol yo‘nalishi strelkalar yordamida ko‘rsatiladi.


Aholining irqiy va diniy mansubligi, issiqlik mintaqalari, tabiat zonalari turli ranglar bilan aks ettirilgan bo‘ladi.
Geografik obyektlar va hodisalar sodda hamda yaxshi ko‘rinadigan qilib tasvirlangan, meridianlar va parellellar berilmagan xaritalar ham bo‘ladi. Ular sodda (sxematik) xaritalar deyiladi. Bunday xaritalarda sayyohlarning bosib o‘tgan yo‘llari, davlatlarning savdo aloqalari, Yer yuzasi relyefining umumiy ko‘rinishi va boshqalar tasvirlanadi (25- rasm).


Tayanch so‘z va tushunchalar
Geografik xaritalar Mavzuli xaritalar
Tabiiy geografik xaritalar Shartli belgilar
Siyosiy xaritalar Balandliklar shkalasi
Iqtisodiy-ijtimoiy geografik xaritalar


  1. m
    Geografik xarita nima va u qanday turlarga bo‘linadi?

  2. Relyef xaritalarida nimalar tasvirlanadi?

  3. Iqlim xaritalarida nimalar aks ettiriladi?

  4. Quyidagi jadvalda berilgan ta’riflarga «ha» yoki «yo‘q» deb javob bering va javoblaringizni asoslang:


Ta’rif

«Ha»

«Yo‘q»

Globusda Janubiy qutb doim yuqori tomonda, Shimoliy qutb esa past tomonda ko‘rsatiladi.







Tabiiy geografik xaritalarga relyef xaritasi, tuproqlar xaritasini misol qilish mumkin.







Mavzuli xaritalarda ma’lum mavzuga oid geografik narsa (predmet) va hodisalar tasvirlangan bo‘ladi.







Xaritalarda turli obyekt va hodisalarning harakati, siljishi nuqtalar bilan tasvirlanadi.







Xaritalarda turli predmet va hodisalarni tasvirlash uchun xarita- ning o‘ziga xos tili hisoblangan konturlardan foydalaniladi.









11-§. СЕоСКАИК KOORDINATALAR


Yer yuzidagi biror joyni, uning o‘rnini, xarita yoki globusdan qanday topish mumkin? Bolalar, siz shaxmat, shashka taxtasini bilasiz. Undagi har bir katakning o‘rni harf va raqamlar bilan belgilab qo‘yilgan. Bu harf va raqamlar yordamida kerakli katakni osongina topib olasiz. Agar sizlar geografik xarita va globusga e’tibor berib qarasangiz, ularning katakchalar bilan qoplanganini ko‘rasiz. Ular meridian va parallel chiziqlarining kesishishidan hosil bo‘lgan. Xarita va globuslarni qoplagan katakchalarni bir-biridan ajratib turgan chiziqlar to‘ri daraja (gradus) to‘ri deyiladi.
Daraja to‘ri yordamida Yer yuzidagi har bir shahar, tog‘ cho‘qqisi, daryo boshlanadigan, quyiladigan joylarni, okean va dengizlardagi orollar o‘rnini aniqlash mumkin.
Globus va xaritalardagi parallel chiziqlar geografik kenglikni bil- diradi. Geografik kenglik deb ekvatordan berilgan nuqtagacha bo‘lgan meridian yoyining daraja (gradus) hisobidagi kattaligiga aytiladi. Ekvator chizig‘i 0° kenglik deb qabul qilingan. Qutblar kengligi esa 90° deb olingan. Globus yoki xaritadagi istalgan nuqtaning geografik kengligini aniqlash uchun uning qaysi parallelda joylashganini bilish zarur. Masalan, Toshkent 40° va 50° parallellar oralig‘ida, aniqrog‘i 41° parallelda, Qohira shahri 30°, Kiyev esa 50° parallelda joylashgan. Bu parallellarning hammasi ekvatordan shimolda joylashganligi sababli ularning kengligi shimoliy kenglik deyiladi. Ekvatordan janubda joylashgan nuqtalar (joylar)ning kengligi esa janubiy kenglik deb belgilanadi (26-rasm).
Lekin har bir parallelda bitta nuqta emas, juda ko‘p nuqtalar bor. Shuning uchun globus va xaritalardagi kerakli nuqtaning o‘rnini aniq- lashda geografik kenglikni bilishning o‘zi yetarli emas. Buning uchun geografik uzunlikni aniqlash ham zarur. Geografik uzunlik deb Bosh meridiandan berilgan nuqtagacha bo‘lgan parallel yoyining daraja (gradus) hisobidagi uzunligiga aytiladi. London shahri yaqinidagi Grinvich rasadxonasidan o‘tgan meridian Bosh meridian deb qabul qilingan. Geografik uzunlik shu meridiandan parallellar bo‘ylab sharq





26-rasm. Geografik kengliklar. 27-rasm. Geografik uzunliklar.
va g‘arb tomonlarga daraja (gradus) hisobidagi birlikda hisoblab boriladi. Geografik uzunlik 0° dan 180° gacha hisoblanadi. 0° li (Bosh) meridiandan g‘arb tomondagi nuqtalar g‘arbiy uzunlik, sharq tomondagilari sharqiy uzunlik deyiladi (27-rasm).
Geografik kengliklar globusda parallellarga Bosh meridian yoniga yozib qo‘yilgan darajalar yordamida aniqlanadi. Geografik uzunliklar esa ekvator chizig‘i ustiga yozib qo‘yilgan darajalar yordamida bilib olinadi. Geografik xaritalarda geografik kenglik darajalari xaritalarning chap va o‘ng chekkasidagi ramkasi (chiziqlar) yoniga, geografik uzun­liklar darajalari xaritalarning yuqori va pastki chekkasidagi meridian chiziqlar yoniga yozib qo‘yiladi.







  1. Download 3,06 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Download 3,06 Mb.