Tabiiy geografiya




Download 3,06 Mb.
bet9/42
Sana08.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#153211
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
Bog'liq
5-sinf Geografiaya darslik
qayta ishlangan dars reja 2023-2024, Nemis, jurayeva saida, test-savollari, 1-тема БТЗ (1), Abror aka, 41-maktab o\'quvchisi 7b, O\'quv amaliyoti tahlili, Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand--fayllar.org, Php az waq t html, 88-91 (2), Amaliyot kundaligi tisu (1), 6 Boshlang’ich sinf o’quv tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishning, Uslubiy ko\'rsatma (2)
Vi

H 1

\Y




19-rasm. Zamonaviy elektron nivelir.
nivelir taxtachasi bo‘ylab tepalikka qaraydi. Nivelir taxtachasi tepalikning qayeriga to‘g‘ri kelsa, ikkinchi o‘quvchi tepalikning o‘sha nuqtasiga qoziq qoqadi. Shundan keyin nivelir qoziq yoniga ko‘chiriladi va keyingi qoziq qoqiladigan nuqta aniqlanadi. Shu tartibda tepalikning eng baland nuqtasigacha o‘lchab chiqiladi. Nivelir necha marta ko‘chirilgan bo‘lsa, shu asosida tepalikning balandligi aniqlanadi.


20-rasm. Qo ‘Ibola nivelir.
Mutlaq balandlik. Yer yuzidagi har bir joyning dengiz sathidan balandligi mutlaq balandlik deyiladi (18-rasmga qarang). Lekin dengiz va okeanlardagi suv yuzasining Yer markaziga nisbatan balandligi bir xil emas. Shuning uchun biror dengiz yoki okean suvi yuzasi asos qilib olinadi. Bizning mamla- katimizda Boltiq dengizidagi orolda joylashgan Kronshtadt shahrida o‘rnatilgan belgi («futshtok») «0» balandlik deb qabul qilingan. Mamlakatimizdagi hamma joyning mutlaq balandligi shu belgidan hisoblanadi. Agar quruqlikda dengiz sathidan ham past joylar


tasvirlanishi.



bo‘lsa, ular balandligi raqami oldiga manfiy (-) belgi qo‘yiladi. Masalan, Qizilqum cho‘lidagi Mingbuloq botig‘ining dengiz sathidan balandligi -12 m.
Joy planlarida tabiatdagi mahalliy predmetlardan tashqari Yer yuzasining notekisliklari (relyef) ham tasvirlanadi. Relyef joy plan­larida va xaritalarda gorizontallar bilan tasvirlanadi. Gorizontallar
deb quruqlik yuzasidagi mutlaq balandligi bir xil bo‘lgan nuqtalarni xaritalarda tutashtiruvchi chiziqlarga aytiladi.
Xaritalarda, ayniqsa, joy planida tepalar ham, chuqurlar ham gorizontallar bilan tasvirlanadi (21-rasm). Yer yuzasi qaysi tomonga qiya bo‘lsa, gorizontallarga qiya tomonni ko‘rsatuvchi chiziqcha qo‘yiladi. Bu chiziqcha bergshtrix
deb ataladi. Bergshtrixga qarab chuqur va tepalar, qiyaliklar ajratib olinadi.
Yonbag‘irlar juda tik bo‘lsa, planda mayda tishlarga o‘xshagan chiziqlar bilan ko‘rsatiladi. Jarlar ham shunday chiziqlar bilan tasvirlanadi.
29
Tayanch so‘z va tushunchalar
Shovun Nisbiy balandlik
Nivelir Mutlaq balandlik
Botiq Tepalik

  1. Joyning nisbiy va mutlaq balandligi nima?


  2. ?
    Qo‘lbola nivelir yordamida tepalik balandligi qanday aniqlanadi?

  3. Quyidagi topshiriqlarni rasmdan foydalanib bajaring:

  1. rasmda tepalik tasvirlanganmi yoki botiq? Javobingizni asoslang.

  2. «?» belgisi o‘rniga qaysi sonlarni qo‘ysak to‘g‘ri bo‘ladi?

  1. Quyidagi «geografik diktant»da tushirib qoldirilgan so‘zlarning o‘rnini to‘ldiring va matnni o‘qing:

«Yer yuzasining relyefi ... . Shuning uchun ham baland- liklarni ikkiga - ... va ... balandliklarga bo‘lib o‘rganamiz. ... deb Yer yuzidagi biror bir nuqtaning boshqa bir nuq- tadan tik balandligiga aytiladi. Yer yuzidagi biror nuq­taning dengiz sathidan balandligi esa ... deb ataladi. Mamlakatimizdagi hamma joyning mutlaq balandligi ... dengizidagi orolda joylashgan ... shahrida o‘rnatilgan belgidan hisoblanadi. Yer yuzasidagi balandliklar ... as- bobi yordamida o‘lchanadi».

  1. O‘quv atlasidagi «O‘zbekistonning tabiiy xaritasi» dan Hazrati Sulton cho‘qqisi va Mingbuloq botig‘ini toping. Ular qaysi viloyatlarda ekanligini aniqlang.


^ 8- §. MASSHTAB
Siz o‘rtog‘ingizga avtobus bekatidan uyingizgacha bo‘lgan yo‘lni qog‘ozga chizib ko‘rsatmoqchisiz. Albatta, bu yo‘l uncha uzoq bo‘l- masa ham qog‘ozga sig‘maydi. Demak, yo‘lni kichraytirib chizishga to‘g‘ri keladi. Bunda Sizga masshtab yordam beradi. Masshtab joy- dagi masofaning chizmada va xaritada tasvirlaganda necha marta kichraytirilganligini ko‘rsatuvchi kasr sondir. Avtobus bekatidan Siz- ning uyingizgacha bo‘lgan masofa 600 m. Uni qisqartirib chizmada 6 cm qilib chizdingiz. Siz masofani 10000 marta qisqartirdingiz.





Shunda masshtab 1:10000 bo‘ladi. Har qanday globus va xaritada uning masshtabi, ya’ni masofalar necha marta qisqartirilgani yozib qo‘yiladi.
Masshtab uch xil ko‘rinishda bo‘ladi: sonli masshtab, nomli masshtab va chiziqli masshtab (22-rasm).
Agar masshtab 1 santimetrda 100 metr deb yozilsa, nomli masshtab deb, 1:10000 deb yozilsa, sonli masshtab deb ataladi.
Chiziqli masshtabdan foydalanish eng qulay. Chiziqli masshtab teng qismlarga bo‘lingan to‘g‘ri chiziq shaklida bo‘ladi.
Yarimsharlar tabiiy xaritasining sonli masshtabi 1:22000000. Bunda 1 cm da necha km borligini aniqlash uchun 5 ta nolni o‘chiramiz. Shunda nomli masshtab 1 cm da 220 kilometr bo‘ladi.
Chiziqli masshtabdan masofani aniqlashda foydalanish uchun sir- kulning ikki uchini xaritadagi oraliq masofa aniqlanishi lozim bo‘lgan nuqtalarga qo‘yib, so‘ng uni masshtabga ham qo‘yiladi. Shunda masofa aniq bo‘ladi (23-rasm).

jg

Tayanch so‘z va tushunchalar




Masshtab

Nomli masshtab

Sonli masshtab

Chiziqli masshtab



  1. Masshtab nima? Uning qanday turlari bor?


  2. i
    Sonli masshtab qanday masshtab, misollar bilan tu- shuntirib bering.

  3. Agar ikki shahar orasidagi 900 km li masofa xaritada

  1. cm ga teng qilib tasvirlangan bo‘lsa, shu xaritaning masshtabini aniqlang.

  1. Masshtabi 1:11000000 bo‘lgan xaritada Toshkent va Samarqand shaharlari orasidagi masofa 3 cm ga teng bo‘lsa, shaharlar orasidagi haqiqiy masofani aniqlang.

  2. 5-sinf o‘quv atlasidagi «Yarimsharlar tabiiy xaritasi»ning masshtabini ko‘rib chiqing. Bu xaritaning sonli masshtabini nomli masshtabga aylantiring. So‘ngra Tosh- kentdan ekvatorgacha bo‘lgan eng yaqin masofaning necha km ekanini aniqlang.

  1. §. AMALIY MASHG‘ULOT

100 metr yo‘l bosdi va E nuqtaga yetib keldi. Endi o‘quvchi A nuqtaga borishi uchun qanday azimut bo‘yicha necha metr yurishi lozimligini aniqlang va o‘quvchi yurgan yo‘lni chizma ko‘rinishida tasvirlang (eslatma: masshtab 1:5000 bo‘lsin).
Masofani o‘lchash.

  1. Ikki guruh alpinistlar uylaridan tog‘ etagigacha bo‘lgan masofani o‘lchamoqchi bo‘lishdi. Buning uchun birinchi guruh alpinistlari qa­damlab o‘lchashdan, ikkinchi guruh alpinistlari esa yasama o‘lchov g‘ildirakdan foydalanishdi. Aytingchi, ularning qaysi biri masofani o‘l- chashda nisbatan aniqroq natijaga erishadi? Nima uchun?

  2. Abbos va Nigina o‘zlari yashaydigan joydan yangi qurilgan uy- largacha bo‘lgan masofani yasama o‘lchov g‘ildirak hamda qadamlab ^ o‘lchash yordamida aniqlamoqchi bo‘lishdi. Ular yasama o‘lchov :< g‘ildirakning ovozi 75 marta chiqqanini, qadamlar soni esa 150 taga E teng bo‘lganligini aniqlashdi. Aziz o‘quvchilar, ularga masofani hisob- x lashda yordamlashing. F1

  3. A va B qishloqlar orasidagi masofani o‘quvchilar 2 soatda bosib o‘tganliklari ma’lum bo‘lsa, qishloqlar orasidagi masofani aniqlang. 2

Xarita masshtabidan foydalanib, masofani o‘lchash.

  1. 5-sinf o‘quv atlasidagi «Yarimsharlar tabiiy xaritasi»dan quyi- dagilarni:

  1. xarita masshtabidan foydalanib, Toshkent va Pekin shaharlari oralig‘idagi masofani kilometr hisobida;

  2. Toshkent bilan Qohira oralig‘idagi masofani kilometr hisobida;

  3. Toshkent shahri bilan Shimoliy va Janubiy qutblar oralig‘idagi masofani kilometr hisobida aniqlang.


  1. 33

    1. §. GEOGRAFIK XARITALAR

    Siz Yerning modeli - globusni bilasiz. Globusda materiklar, okeanlar, orol hamda yarimorollar shakli ancha aniq, lekin juda kich- raytirilgan holda tasvirlanadi. Globus yordamida Yerning shakli haqida

    1. «Geografiya», 5-sinf.
    Toshkentdan Madridgacha bo‘lgan 7500 km li masofa birinchi xaritada 25 cm ga, ikkinchi xaritada esa 5 cm ga teng bo‘lsa, ushbu xaritalarning masshtabini aniqlang.

yaxshi tasavvur hosil qilish mumkin. Globusda Shimoliy qutb doim yuqori tomonda, Janubiy qutb esa past tomonda ko‘rsatiladi. Yerning aylanish o‘qi esa aslida qanday holatda bo‘lsa, shunday holatda, ya’ni bir tomonga og‘gan holatda tasvirlanadi. Lekin materiklar, okeanlar, dengiz va ko‘llar, tog‘ va tekisliklar juda kichik tasvirlangani uchun ularning aniq shakllari haqida mukammalroq tasavvur hosil qilib bo‘lmaydi.


Geografik xaritada Yer yuzasi tekis yuzada juda kichraytirilgan holda shartli belgilar bilan tasvirlanadi (atlas xaritalarini, devorga osiladigan xaritalarni ko‘ring). Xaritalarda bir yo‘la butun Yer yuzini ham, uning ayrim qismlarini ham tasvirlash mumkin. Yerning qabariq yuzasi tekis yuzada (qog‘ozda) tasvirlanganda ayrim xatoliklar bo‘ladi. Bunda asosiy xatoliklar ikki xil bo‘ladi: maydon xatoligi va yo‘nalish xatoligi. Masalan, Dunyo xaritasida Shimoliy va Janubiy qutblarga yaqin orollar, dengizlar aslidan ko‘ra kattaroq tasvirlanadi.
Xaritalarda Yer yuzasidagi hamma narsalarni ko‘rsatib bo‘lmaydi. Shuning uchun xaritalar nimalarni aks ettirishiga qarab har xil bo‘ladi. Geografik xaritalarni shartli ravishda 3 turga bo‘lish mumkin: tabiiy geografik, siyosiy va iqtisodiy-ijtimoiy geografik xaritalar. Tabiiy geografik xaritalar: relyef xaritasi, foydali qazilmalar xaritasi, tuproq- lar xaritasi, o‘simliklar xaritasi, hayvonot dunyosi xaritasi va boshqalar. Masalan, relyef xaritalarida quruqlik yuzasidagi va dengiz ostidagi notekisliklar - tog‘lar, qirlar, tekisliklar tasvirlanadi.
0‘simliklar xaritalarida turli hududlardagi o‘simliklar, ularning qayerlarda tarqalganligi ko‘rsatiladi.
Foydali qazilmalar xaritalarida ko‘mir, neft, gaz, temir rudasi va Yerning boshqa mineral boyliklari qayerlarda joylashganligi shartli belgilar bilan aks ettiriladi.
Iqlim xaritalarida Yer yuzining qayerida qancha yog‘in yog‘ishi, havo harorati qanday bo‘lishi, shamollar yo‘nalishi ko‘rsatiladi.
Tabiat zonalari xaritalarida Yer yuzida tabiat zonalarining qanday joylashganligi, bu zonalarda qanday turdagi o‘simliklar o‘sishi, qanday tuproqlar tarqalganligi ko‘rsatiladi.
Siyosiy xaritalarda dunyodagi davlatlar, siyosiy-ma’muriy xaritalarda esa ularning ma’muriy qismlari (viloyatlari, tumanlari, shaharlari), asosiy transport yo‘llari va boshqalar tasvirlanadi.
Iqtisodiy-ijtimoiy geografik xaritalarda sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaligi ekinlari, transport yo‘llari shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Bu sanab o‘tilgan barcha xaritalarda ma’lum mavzuga oid geografik narsa (predmet) va hodisalar tasvirlangan bo‘ladi. Shuning uchun bunday xaritalar mavzuli xaritalar deb ataladi (atlas xaritalarini ko‘ring). Geografik xaritalar Dunyo xaritasi, materik va okeanlar xaritasi hamda alohida o‘lkalar, davlatlar xaritalariga bo‘linadi.
Mavzuli xaritalardan tashqari umumgeografik xaritalar ham bo‘- ladi. Ularda hududning umumiy ko‘rinishi, ya’ni relyef, daryolar, ko‘l- lar, dengizlar, shaharlar, okeanlardagi yirik oqimlar va boshqalar ko‘r- satiladi. Bunday xaritalar tabiiy xaritalar deb ataladi. Tabiiy xaritalar ham har xil bo‘ladi: Dunyo (Yarimsharlar)ning tabiiy xaritasi, alohida materiklarning tabiiy xaritalari, ayrim davlat va o‘lkalarning tabiiy xaritalari (24-rasm).

Masshtab: 1:22 000 000
1 cm da 220 km

ят
0 200 500 1000 2000 m va undan baland.


Download 3,06 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Download 3,06 Mb.