• ANTARKTIDA
  • Tabiiy geografiya




    Download 3,06 Mb.
    bet12/42
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,06 Mb.
    #153211
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
    Bog'liq
    5-sinf Geografiaya darslik
    qayta ishlangan dars reja 2023-2024, Nemis, jurayeva saida, test-savollari, 1-тема БТЗ (1), Abror aka, 41-maktab o\'quvchisi 7b, O\'quv amaliyoti tahlili, Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand--fayllar.org, Php az waq t html, 88-91 (2), Amaliyot kundaligi tisu (1), 6 Boshlang’ich sinf o’quv tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishning, Uslubiy ko\'rsatma (2)
    30-rasm. Yer po ‘stining tuzilishi.



    Bir parcha bo‘r yoki ohaktoshni mikroskopda ko‘rsangiz, uning butunlay mayda jonivorlarning chig‘anog‘i va suyaklari ekanini bilib olasiz. Ular millionlab yillar ilgari suvda yashagan qadimgi jonivorlar va o‘simliklar qoldiqlaridir (31-rasm). Toshko‘mir va neft ham shunday qoldiqlardan hosil bo‘lgan.
    Ikkinchi qavat granitdan iborat. Granit - magmatik tog‘ jinsi. U Yer qatlamlari orasiga magmaning kirib qolib, sovishidan hosil bo‘lgan. Magmani qaynoq, yonib turgan balchiqqa o‘xshatsa bo‘ladi. U sovib granitga aylanadi. Granit qatlamidan pastda bazalt qatlam joylashgan. Bazalt chuqurdan chiqib kelgan. U granitdan og‘ir, tarkibida temir, magniy, kalsiy mavjud. Granit va bazalt otqindi jinslardir. Bular magmadan hosil bo‘lganligi uchun magmatik jinslar deb ataladi.
    Yer po‘sti materiklar va okean ostida bir xil emas. Materiklarda Yer po‘sti yuqorida ko‘rganimizdek uch qavat. Okeanlar ostida esa ikki qavat. Ya’ni faqat cho‘kindi va bazalt qatlamlaridan iborat.
    Yerning qattiq qobig‘i yaxlit bo‘lmay, alohida-alohida yirik bo‘- laklardan - plitalardan iborat. Bu bo‘laklarni bir-biridan chuqur darz- lar, yoriqlar ajratib turadi (32-rasm). Litosfera plitalari mantiyaning suyuq jinslari qatlami ustida turli tomonga siljib yuradi. Bir-biriga qarshi yo‘nalishda siljiyotgan plitalar to‘qnashgan joylarda Yer po‘sti bukilib, yoysimon orollarni, tog‘larni, chekka okean botiqlarini hosil qiladi. Bularga And tog‘lari, Yapon orollari, Mariana botig‘ini misol qilib ko‘rsatish mumkin (ularni xaritadan toping).


    31-rasm. Sayyoramiz- da qadimda yashagan jonivor va o‘simliklarn- ing qoldig‘i saqlangan cho ‘kindi tog ‘ jinslari.

    Litosfera plitalari bir-biridan ajralayotgan yoki to‘qnashayotgan joylarda ular juda harakatchan bo‘ladi, tez-tez yer qimirlab turadi. Ko‘pchilik harakatdagi vulqonlar shu yerlarda joylashgan. Bunday joylar minglab kilometrga cho‘zilgan seysmik mintaqalar
    (yunoncha «seismos» - yer qimirlash)ni hosil qiladi (33-rasm). Endi «Litosfera plitalari harakati», «Sayyoramizdagi yirik seysmik mintaqalar» xari- talarini qiyoslab ko‘raylik (32, 33-rasmlar). Shunda eng ko‘p vulqonlar va yer qimirlaydigan mintaqalar litosfera plitalari tutashgan joylarga to‘g‘ri kelishini bilib olasiz. Bulardan eng yiriklari: Tinch okean «olov» halqasi, Alp - Himolay seysmik mintaqasi.

    Litosfera plitalarining ajralish chegarasi В Litosfera plitalarining harakat yo‘nalishi va tezligi, cm/yil

    32-rasm. Litosfera plitalari harakati.

    S що L fV Л1 U Z^Q К E A N I

    \ /

    F( AMERICA .

    Masshtab:1:240 000 000 ANTARKTIDA у

    SHIMOLIY V YEVROSIYO


    Download 3,06 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




    Download 3,06 Mb.