Burmalar Burmali tog‘lar




Download 3,06 Mb.
bet14/42
Sana08.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#153211
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
Bog'liq
5-sinf Geografiaya darslik
qayta ishlangan dars reja 2023-2024, Nemis, jurayeva saida, test-savollari, 1-тема БТЗ (1), Abror aka, 41-maktab o\'quvchisi 7b, O\'quv amaliyoti tahlili, Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand--fayllar.org, Php az waq t html, 88-91 (2), Amaliyot kundaligi tisu (1), 6 Boshlang’ich sinf o’quv tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishning, Uslubiy ko\'rsatma (2)
Burmalar

Burmali tog‘lar
34-rasm. Tog‘ jinslari qatlamlarining ko'tarilib, uzilib, pasayib qolishi va bur- yzj|ma" malar hosil qilishi. Strelkalar yer po'sti (graben) harakatlariyo‘nalishini ko‘rsatadi.
51


Vulqon kanali Magma

b)

Krater

Lava

Vulqon kuli Yon krater

Vulqon o‘chog‘i

52

35-rasm. Vulqon tog‘ining umumiy ko‘rinishi (a) va kesmasi (modeli) (b).
Yer po‘stida biror joy yorilsa, o‘sha hudud tagida bosim pasayib, chuqurdagi qaynoq moddalar suyuqlashib, suyuq jinsga aylanadi. U magma deb ataladi. Magma yer yoriqlaridan yuqoriga ko‘tariladi va yer yuziga oqib chiqadi. Yer yuziga oqib chiqqan qaynoq suyuq modda lava deyiladi. Lava asta sovib, tepa va tog‘larni hosil qiladi. Bunday tepa va tog‘lar vulqonlar deb ataladi. Vulqonlar otilganda yer qimirlaydi, portlashlar ro‘y beradi, gumburlagan ovozlar eshitiladi.
Vulqonlar konus shaklidagi gumbazsimon balandliklarni, tog‘larni hosil qiladi. Bunday tog‘larning ustida vulqon og‘zi joylashgan bo‘lib, u krater deb ataladi. Vulqon og‘zidan kul, gaz va toshlar otilib chiqadi (35-rasm).
Vulqonlar otilib turadigan o‘lkalarda va Yer po‘stida yoriqlar bor joylarda issiq buloqlar ham uchraydi. Ular hali sovib ul- gurmagan lavalar orasidan va chuqur yoriqlardan chiqqani uchun qaynoq bo‘ladi. Ba’zi issiq buloqlarda suv vaqt-vaqti bilan favvora kabi otilib turadi. Bunday buloqlar geyzerlar deyiladi (36-rasm).
Yer po‘sti plitalari tutashgan, burma-
lanish, yorilish, uzilish bo‘layotgan joylarda
36-rasm. Vaqti-vaqti bi- ,i-.- j г. г. ai- -l j- 1 л
7 j. . . tabiatning eng dahshatli hodisalaridan
lan otilib turadigan issiq
buloqlar - geyzerlar. biri - yer qimirlashlari bolib turadi.

O‘zbekistonning ham kattagina qismi, ayniqsa, sharqiy, janubiy tog‘li, tog‘ oldi qismlari yer qimirlaydigan mintaqaga kiradi.


Yer qimirlash (zilzila) Yer po‘stining chuqur qismida - tog‘ jinslari qatlamlarida to‘satdan ro‘y beradigan sinish, siljish, uzilish va vulqon otishi natijasida sodir bo‘ladi. Yer qimirlash boshlanadigan bu joy yer qimirlash o‘chog‘i - gipotsentr deyiladi. Yer qimirlash o‘chog‘i ustidagi joy yer qimirlash markazi — epitsentr deb yuritiladi. Yer qimirlash markazida eng ko‘p vayronagarchilik bo‘ladi (37-rasm).
Yer qimirlash (zilzila) harakatlari juda sezuvchan asbob - seys- mograflarda avtomat ravishda yozib olinadi («seismos» - yer qimirlash, «grafo» - yozaman). Seysmogramma (yer qimirlash yozib olingan qog‘oz)larni tahlil qiluvchi olimlar yer qachon qimirlaganini, yer qimirlash o‘chog‘i qancha chuqurda ekanini, yer qimirlash markazida qanday kuch bilan qimirlaganini aniqlashadi.

37-rasm. Yer qimirlash
o ‘chog ‘i va markazi.

- Birinchi seysmografni xitoylik munajjim Chjan Xen ixtiro qilgan. Hozirgi za- mon seysmografini rus olimi B. B. Golitsin ixtiro qilgan. Ko ‘p mamlakatlarda shu sey- mografdan foydalaniladi.

53
Olimlar yer qimirlash (zilzila) kuchini uning binolar va relyefga ta’siriga qarab 12 ballda aniqlashadi. Masalan, 1 va 2 balli zilzilani odamlar sezmaydi. 3, 4 va 5 balli kuchda bo‘lganda ancha sezilarli bo‘lsa ham imoratlarga zarar yetmaydi. 6 va 7 balli zilzila sodir bo‘lganda uy devorlarida yoriqlar paydo bo‘ladi. 8 ballda devorlar yorilib, ba’zi uylar buzilishi mumkin. 9 ball bo‘lganda esa devorlar qulaydi, tomlar bosib qoladi. 10 balli zilzila sodir bo‘lsa, imoratlar
buzilib ketadi, yerda kengligi 1 m gacha yoriqlar paydo bo‘ladi. 11 va 12 ball bo‘lganda yer yuzasi relyefi o‘zgaradi. Yerda tik turgan narsa qolmaydi. Shuning uchun 11-12 ballni o‘ta halokatli zilzila deyiladi.
Keyingi vaqtlarda yer qimirlash kuchi unga sarf bo‘lgan energiya, ya’ni magnituda birligida ham aniqlanmoqda. Hozirda olimlar yer qimirlashini oldindan aytish ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.




Tayanch so‘z va tushunchalar




mi *

Tektonik harakatlar

Relyef

Magma

%

Lava

Vulqon

Krater

Geyzer

Epitsentr

Gipotsentr




Seysmograf

Magnituda

Zilzila



  1. Tektonik harakatlar deb qanday harakatlarga aytiladi?

" 2. 1966-yil 26-aprelda Toshkentda qattiq yer qimirlagan, uylarning devorlari yorilib ketgan, ayrim binolar qula- gan. Sizningcha, bu yer qimirlash kuchi necha ball bo‘lgan?

  1. Yarimsharlar tabiiy xaritasidan 40° shimoliy kenglik va 15° sharqiy uzunlikda joylashgan vulqonni toping va nomini ayting.

  2. Vulqon kesmasi (modeli)da 2, 3, 4 va 6 raqamlari bilan nimalar ko‘rsa- tilgan?

  3. Quyida berilgan rasmdagi a) va b) holatlarlarni yaxshilab kuzating.


54
Zilzila paytida Aziza qaysi holatda joylashsa, xavfsizroq deb o‘ylaysiz?
Nima uchun?






  1. §. YER YUZASI RELYEFINING ASOSIY SHAKLLARI

Globus yoki dunyoning tabiiy xaritasiga bir nazar tashlasangiz, Yer yuzasining juda notekis ekanligini ko‘rasiz. Ba’zi joylar keng tekisliklardan, boshqa joylar esa tog‘li o‘lkalardan iborat. Okeanlar tagi ham quruqliklarga o‘xshagan, juda notekis. Yer yuzasining bunday notekisligiga Yerning ichki kuchlari asosiy sabab bo‘lgan. Bu kuchlar ta’sirida Yer yuzasining ayrim joylari ko‘tariladi, boshqa joylari cho‘kadi, Yer po‘sti yorilib, lavalar oqib chiqadi, vulqon tog‘larini hosil qiladi. Yer qimirlashlar ham Yer yuzasi relyefini o‘zgartiradi.
Yer yuzasi relyefini tashqi kuchlar ham o‘zgartiradi. Tashqi kuchlar suv, shamol, muzliklar, Quyosh nuri, organizmlardan iborat. Suv tog‘ jinslarini yemiradi, oqizib ketadi va past, chuqur joylarni to‘ldiradi, vodiylar, daralarni hosil qiladi. Chuqur joylarning o‘rnida tekis yerlar bunyod bo‘ladi. Shamol mayda jinslarni uchirsa ham uzoq vaqtda juda ko‘p miqdordagi qumlarni uyub tashlaydi. Qattiq toshlar kunduzi Quyosh nuridan qiziydi, kechasi soviydi. Natijada yorilib, asta-sekin maydalanib ketadi.
Xullas, tashqi kuchlar tog‘larni yemirib, chuqurliklarni to‘ldiradi, ya’ni, Yer yuzasidagi baland-pastliklarni tekislaydi. Shunday qilib, ichki kuchlar bilan tashqi kuchlar bir-birlariga butunlay teskari ish bajaradi. Ya’ni ichki kuchlar baland-pastliklar hosil qiladi, tashqi kuchlar esa ularni tekislaydi.
Materiklar va okeanlar Yer relyefining eng yirik shakllaridir.

55
Materiklar - Yer po‘stining ko‘tarilib qolgan eng yirik bo‘laklari. Materiklarning katta qismi okean suvlaridan ancha baland ko‘tarilib turadi. Yer sharida 6 ta materik bor. Bular: Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Antarktida va Avstraliya (38-rasm).
Orol va yarimorollar. Okean va dengizlarda suvdan ko‘tarilib turgan va hamma tomondan suv o‘ragan kichikroq quruqliklar orollar deyiladi. Grenlandiya, Yangi Gvineya, Kalimantan, Madagaskar eng katta orollardir. Agar quruqlik uch tomondan suv bilan o‘ralib, faqat





bir tomonidan katta quruqlik bilan tutashgan bo‘lsa, ular yarimorollar deb ataladi. Arabiston, Hindiston, Hindixitoy eng katta yarimorollar hisoblanadi (ularni yarimsharlar tabiiy xaritasidan toping).
Dunyo okeani - materiklarni o‘rab turgan va bir-biri bilan tutashib ketgan suvli hudud. Dunyo okeani to‘rtta - Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeanlaridan iborat. Dunyo okeani Yer yuzining 71 foiz (%) ini, quruqlik esa 29 % ini egallagan.
Tog‘ va tekisliklar quruqlik relyefining asosiy shakllari hisob­lanadi. Tog‘lar Yerning ichki kuchlari ta’sirida hosil bo‘ladi. Tekis­liklar tog‘larning yemirilishi va yemirilgan jinslarning chuqurliklarni to‘ldirishidan vujudga keladi. Tekisliklar yuzasi tekis yoki biroz past- baland yerlardir. Dunyodagi eng katta tekisliklar: Amazonka, G‘arbiy Sibir, Sharqiy Yevropa va Turon tekisliklaridir (Bularni xaritadan toping). Yer yuzining dengiz sathidan baland ko‘tarilgan va yer yuzasi notekis bo‘lgan joylariga tog‘lar deyiladi. Tog‘larning eng baland qismlari tog‘ cho‘qqisi deb ataladi. Dunyodagi eng baland nuqta Himolay tog‘laridagi Jomolungma cho‘qqisi bo‘lib, balandligi 8848 m. Bu cho‘qqini O‘zbekistondan birinchi bo‘lib, 1998-yilning 22-mayida Rustam Rajabov zabt etgan. O‘zbekistonning eng baland nuqtasi esa Hisor tizmasidagi Hazrati Sulton cho‘qqisi (4643 m) hisoblanadi.
Yer yuzidagi tog‘ va tekisliklarning balandligi har xil bo‘ladi. Agar tekisliklarning dengiz sathidan balandligi 200 m dan oshmasa, ular

39-rasm. Yer yuzasining dengiz past t0g‘
sathidan balandligiga qarab har (500-1000 m)
xil nom bilan atalishi.


Download 3,06 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Download 3,06 Mb.