|
Gidrosfera nima va u qanday
|
bet | 17/42 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 3,06 Mb. | | #153211 |
Bog'liq 5-sinf Geografiaya darslik1. Gidrosfera nima va u qanday
^tarkibiy qismlardan iborat?
„ , 2. Qo‘ltiq nima?
Jj 3. Bo‘g‘iz deb nimaga aytiladi?
Quyidagi rasmda tasvirlangan kemaga o‘rnatilgan exolotdan suv tubiga yuborilgan tovush to‘lqini a) 4 sekundda yetib borgan; b) 6 sekundda qaytib kelgan bo‘lsa, dengizning chuqurligini aniqlang. Qaysi
holatda exolotdan yuborilgan tovush to‘lqini yetib borish uchun ko‘proq vaqt sarflagan? Nima uchun?
Darslikdagi ma’lumotlardan foydalangan holda quyidagilarni bajaring:
dengizning chuqurligi 7500 metr bo‘lsa, exolotdan yuborilgan tovush to‘lqini qancha vaqtda dengiz tubiga yetib borishini;
dengizning chuqurligi 6000 metr bo‘lsa, exolotdan yuborilgan tovush to‘lqini qancha vaqtda qaytib kelishini hisoblang.
§. daryolar
Daryo nima? Kim daryoni ko‘rgan? Siz o‘zingiz ko‘rgan daryo haqida so‘zlab bering. O‘zan deb ataluvchi chuqurlikda oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi. O‘zan daryo vodiysining suv oqadigan chuqur qismi hisoblanadi. 43-rasmga qarab daryo vodiysi haqida gapirib bering. Odatda daryolar doim oqib turadi. Lekin iqlimi quruq o‘lkalarda issiq, yog‘in kam vaqtlarda goho qurib qoladigan daryolar ham bor. Ularni vaqtincha qurib qoladigan daryolar deyiladi.
Ma’lumki, har bir daryoning boshi va quyar joyi bo‘ladi. Daryo
|
| |