• Yer yuzida esadigan asosiy shamollar. Mussonlar. Katta quruq
  • Tabiiy geografiya




    Download 3,06 Mb.
    bet22/42
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,06 Mb.
    #153211
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
    Bog'liq
    5-sinf Geografiaya darslik
    qayta ishlangan dars reja 2023-2024, Nemis, jurayeva saida, test-savollari, 1-тема БТЗ (1), Abror aka, 41-maktab o\'quvchisi 7b, O\'quv amaliyoti tahlili, Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand--fayllar.org, Php az waq t html, 88-91 (2), Amaliyot kundaligi tisu (1), 6 Boshlang’ich sinf o’quv tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishning, Uslubiy ko\'rsatma (2)
    Nega shamol bo‘ladi? Havoning tinch turgan vaqti juda kam bo‘ladi. Yozda kunduz kuni ko‘l, daryo bo‘yida, daraxtzor yoki dala chekkasida o‘tirsangiz, shamol esayotganini, albatta, sezasiz. Bu paytda havo bosim yuqori bo‘lgan joydan past bosimli joyga tomon yer yuzasi bo‘ylab harakatlanadi. Havoning mana shunday gorizontal harakatiga shamol deyiladi.
    Shamol vujudga kelishining asosiy sababi Yer yuzasining turli joylaridagi havo bosimida farq bo‘lishidir. Havo bosimidagi farqqa nima sabab bo‘ladi?
    Quyosh nuri quruqlik va suv yuzasini bir xil isitmaydi. Suv sekin isiydi va asta soviydi. Quruqlik esa tez isib, tez soviydi. Kunduz kuni quruqlik ustidagi havo isib, kengayadi va bosim kamayadi, past bo‘ladi. Ko‘l va dengiz ustidagi havo esa salqin turadi. Havo bosimi katta, yuqori bo‘ladi. Natijada ko‘l va dengiz ustidagi havo quruqlikka tomon harakatlanadi, ya’ni shamol bo‘ladi. Kechasi-chi? Kechasi qu­ruqlik tez soviganidan havo bosimi ortib, shamol quruqlikdan dengiz tomonga esadi. Shunday bir kecha-kunduzda o‘z yo‘nalishini ikki marta o‘zgartirib turadigan shamolga briz shamoli deyiladi. Briz fransuzcha «brise» - shabada degani (55-rasm).
    Yer yuzida esadigan asosiy shamollar. Mussonlar. Katta quruq-


    55-rasm. Kunduzgi va tungi briz.



    liklar - materiklar yozda atrofidagi dengizlarga qaraganda ko‘proq isib ketadi, havo bosimi pasayadi. Dengizlarda esa havo bosimi yuqori bo‘ladi. Natijada butun yoz bo‘yi dengizlardan quruqlikka tomon shamol esadi. Qishda esa quruqlik sovib ketadi, bosim ortadi. Dengiz iliq bo‘ladi. Dengiz ustida bosim pasayadi. Butun qish davomida shamol quruqlikdan dengizga esadi. Mana shunday bir yilda o‘z yo‘na- lishini ikki marta o‘zgartiradigan shamollarga musson shamollari deyiladi (musson arabcha mavsum so‘zidan olingan). Musson shamollari Sharqiy va Janubiy Osiyoda kuchli bo‘ladi. Yozda musson shamollari dengiz ustidan sernam havo keltirgani uchun ham yog‘in ko‘p yog‘adi. Qish vaqtida shamollar Osiyoning quruq o‘rta qismidan dengizlarga tomon esganligi uchun Sharqiy va Janubiy Osiyoda qishda yog‘in juda kam yog‘adi. Havo quruq bo‘ladi.
    Passat shamollari. Yerning shakli sharsimon bo‘lganligi va uning o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida Yer yuzida yuqori va past bosimli mintaqalar hosil bo‘ladi (56-rasm). Yer sharining ekvator atroflari Quyoshdan eng ko‘p issiqlik oladi. Shuning uchun bu hududlarda yil bo‘yi havo bosimi past bo‘ladi. Natijada 30° shimoliy va janubiy keng- liklardan ekvatorga qarab doimiy shamollar esib turadi. Yer aylangani sababli bu shamollar ekvator yaqinida g‘arb tomonga burilib ketadi. Bu shamollar passat shamollari deyiladi.


    56-rasm. Yer yuzida doimiy esadigan shamollarning yo ‘nalishi.




    1. «Geografiya», 5-sinf.



    O‘rta kengliklarda Shimoliy yarimsharda ham, Janubiy yarimsharda ham doim g‘arb tomondan shamollar esib turadi. Bular G‘arbiy shamollar deyiladi. Bizning mamlakatimiz - O‘zbekistonga yog‘in- larni shu shamollar olib keladi. Passat, musson va g‘arbiy shamollarni sayyoraviy shamollar deyiladi.
    Tog‘li va tog‘ oldi o‘lkalarda dengiz va ko‘llar bo‘yida briz shamo- liga o‘xshagan tog‘-vodiy shamoli esadi. Bu shamol kunduzi tog‘ etagidan tog‘ga, vodiy bo‘ylab pastdan yuqoriga tomon esadi. Kechasi esa yuqoridagi havo tez sovib, bosim oshadi va sovigan havo vodiylar bo‘ylab pastga tomon harakat qiladi (shamol esadi).
    Shamolning yo‘nalishi va kuchini aniqlash. Shamol yonalishini oddiy bayroqcha yordamida yoki mo‘rilardan chiqayotgan tutun yo‘nalishiga qarab ham aniqlasa bo‘ladi. Shamol qayoqdan kelayotgan bo‘lsa, ufqning o‘sha tomoni nomi bilan ataladi. Masalan, shamol g‘arbdan esayotgan bo‘lsa, g‘arbiy shamol, shimoli-sharqdan kelayot­gan bo‘lsa, shimoli-sharqiy shamol deyiladi va hokazo.
    Esayotgan shamol yo‘nalishi fluger deb ataladigan asbob bilan to‘g‘ri aniqlanadi (81-betdagi 57-rasm). Fluger strelkasi doim shamol kelayotgan tomonga qarab turadi. Strelkadan pastroqqa ufqning 8 tomoni (4 ta asosiy tomon va 4 ta oraliq tomon, bular qaysi tomonlar?) ko‘rsatkichi qo‘yiladi. Strelka va ko‘rsatkichlarga qarab, shamol kela­yotgan tomon aniqlanadi.
    Shamolning kuchi fluger strelkasidan yuqoriroqqa o‘rnatilgan metall plastinka yordamida aniqlanadi (81-betdagi 56-rasmga qarang). Shamol qancha kuchli bo‘lsa, plastinka shuncha baland ko‘tariladi. Shamolning tezligi anemometr yordamida o‘lchanadi va 1 sekundda necha metr esishi bilan belgilanadi.
    Shamol kuchidan foydalanish. Odamlar juda qadim zamonlardan buyon shamol kuchidan dengizlarda yelkanli kemalarda suzishda, shamol tegirmonlarida foydalanib kelishgan. Hozir ham yelkanli qa- yiqlar mavjud. Lekin hozirgi vaqtda shamol ko‘p esadigan o‘lkalarda shamol elektr stansiyalari qurilib, elektr energiyasi olinadi.
    Lekin ayrim shamol ko‘p esadigan joylarda, ayniqsa, qurg‘oqchil, o‘simlik kam o‘lkalarda shamol qumni uchirib, ekin dalalarini qum bosishiga sabab bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuproqni uchirib ketib, qishloq

    xo‘jaligiga zarar yetkazadi. Ekinzor dalalami shamoldan saqlash uchun odamlar dala ihota daraxtzorlarini bunyod etishadi. Mamlakatimizda ham obod yerlarni qum bosmasligi, to‘zima qumlarni mustahkamlash uchun saksovul, yulg‘un ekib, dala ihota daraxtzorlari, butazorlar bunyod etilgan.
    Havo massalari nima? Troposfera havosining harorati, namligi, shamollari va boshqa xususiyatlariga ko‘ra bir-birlaridan farq qiladigan katta qismlari havo massalari
    deyiladi. Ular juda katta hudud ustida vujudga keladi.
    Yer yuzining turli joylarida bir-biridan farq qiluvchi havo massalari tarkib topadi. Masalan, sovuq mintaqalarda Shimoliy yarimsharda arktika, mo‘tadil mintaqada mo‘tadil, tropik o‘lkalarda tropik, ekvator atrofida ekvatorial havo massalari hosil bo‘ladi. Havo massalari okeanlar va quruqlik ustida paydo bo‘lishiga qarab dengiz va kontinental havo massalariga bo‘linadi.

    Tayanch so‘z va tushunchalar

    Fluger

    1. Shamol deb nimaga aytiladi?

    2. G‘arbiy shamol qaysi tomonga esadi?

    3. Shamol yo‘nalishi qaysi asbob yordamida aniqlanadi?

    4. Passat shamollari qanday vujudga keladi?

    5. Quyidagi rasmda a) va b) holatlarda nima aks ettirilgan? Azizbek kunduzi varrak uchirmoqchi. U varragi yaxshi uchishi uchun qaysi holatni tanlagani ma’qul?

    a)

    Briz shamollari Anemometr havo massalari Kontinental havo

    Passat shamollari Musson shamollari Dengiz havosi G‘arbiy shamollar


    Download 3,06 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




    Download 3,06 Mb.