Tabiiy geografiya




Download 3,06 Mb.
bet24/42
Sana08.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#153211
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
Bog'liq
5-sinf Geografiaya darslik

58-rasm. Bulutlarning turlari.





yillik yog‘in miqdori bor-yo‘g‘i 200 mm atrofida bo‘ladi. Shuning uchun ekinlarni sug‘ormasdan dehqonchilik qilib bo‘lmaydi. Lekin mamlakatimizning sharqiy va janubi-sharqiy qismidagi tog‘li hu- dudlarda yog‘in ancha ko‘p - 800-900 mm gacha yog‘adi. Shuning uchun tog‘larda o‘simlik ko‘p, suv ancha serob (nega tog‘larda yog‘in

ko‘p yog‘adi?). Qishloq xo‘jaligi uchun, umuman o‘simliklar uchun yog‘in miqdori, namlik qancha bo‘lishi kerak? Buning uchun namlanish darajasi tusunchasini, uni qanday aniqlashni bilishimiz kerak.


59-rasm. Yog‘in o ‘Ichagich.
Namlanish darajasi deb yillik yogin miqdorining yillik mumkin bo‘lgan bug‘lanish miqdoriga nisbatiga aytiladi. Ya’ni yillik yog‘in miqdorini yillik mumkin bo‘lgan bug‘lanish miqdoriga taqsimlab aniqlanadi. Masalan, Toshkent shahrida yillik yog‘in miqdori o‘rtacha 400 mm, mumkin bo‘lgan bug‘lanish esa 1600 mm deylik. Binobarin, namlanish darajasi 400 mm : 1600 mm = 0,25. Odatda, o‘simliklar uchun namlanish darajasi 1,1 dan 0,9 gacha bo‘lganda eng qulay sharoit bo‘ladi. Demak, Toshkent shahrida namlik
sharoiti qulay emas. Nam yetishmaydi. Shuning uchun ekinlar va daraxtlarni sug‘orib turish zarur.




Tayanch so‘z va tushunchalar

Up

Havoning namligi

Mutlaq namlik




nisbiy namlik

To‘p-to‘p bulut




Qat-qat bulut

Patsimon bulut




Shudring

Qirov




Tuman

namlanish darajasi






  1. Havoning mutlaq namligini tushuntirib bering.

- 2. Bulut nima? Uning qanday turlarini bilasiz?

  1. Yog‘in qanday hosil bo‘ladi?

  2. Quyidagi rasmlarda bulutlarning qaysi turlari ko‘rsa- tilgan? Ularning qaysinisi yer yuzasiga eng yaqin, qaysi eng balandda joylashgan va qaysi biri eng ko‘p yog‘in olib keladi? O‘zbekistonda yoz va qish fasllarida qu- yidagilardan qaysi bulut turi ko‘p uchraydi?





26-§. AMALIY MASHG‘uLoT




  1. variant. Shamolning yo‘nalishi va kuchini aniqlash.

Bu amaliy ishni bajarish uchun quyidagilarni bilish zarur:

  1. Shamol nima? Shamol yo‘nalishi qaysi asbob yordamida aniq- lanadi?

  2. Shamolning kuchini qanday aniqlash mumkin?

Topshiriq. 1) quyidagi holatlardan qaysi birida shamol kuchliroq
esishini aniqlang va ularni tartib bilan joylashtiring:

  1. 718 mm Hg —► 701 mm Hg

  2. 685 mm Hg — 724 mm Hg

  3. 749 mm Hg —► 726 mm Hg

  4. 678 mm Hg — 693 mm Hg

2) agar siz yashayotgan hududga shamollar qishda shimoldan, bahorda g‘arb va janubi-g‘arbdan, yozda janubdan essa ularni qanday nomlaymiz?

  1. variant. «Shamollar guli»ni chizish.

Bu amaliy ishni bajarish uchun quyidagilarni bilish zarur:

  1. «Shamollar guli» nima?

  2. «Shamollar guli»ni qanday chizish mumkin?

Biror joyda muayyan vaqt (yil, oy, hafta) davomida esgan sha-
mollarning yo‘nalishini ko‘rsatuvchi chizma «shamollar guli» deb 88 ataladi. «Shamollar guli» ni chizish uchun biror nuqta belgilanib, unga ufq tomonlari yo‘nalishi chiziqlari chiziladi va shu chiziqlarda shamol- larning esish tomonlari nuqtadan boshlab mutanosib ravishda belgilab chiqiladi. Shunda har bir chiziqning uzunligi shamol shu tomondan esgan kunlar soniga mos bo‘ladi. Shundan so‘ng chiziqlar uchi bir- lashtiriladi va «shamollar guli» hosil bo‘ladi.


Namuna. Termizda bir oy davomida shamollar quyidagi yo‘na- lishlarda esgan: shimoldan 4 kun, shimoli-sharqdan 1 kun, sharqdan 3 kun, janubi-sharqdan 5 kun, janubdan 8 kun, janubi-g‘arbdan 6 kun, g‘arbdan 3 kun va shimoli-g‘arbdan 1 kun. Ushbu ma’lumotlar asosida «shamollar guli»ni chizing.
Bajarish. «Shamollar guli»ni chizish uchun, dastlab masshtab tanlab olamiz. Masalan, masshtab 1 santimetrda 2 kun. Biror nuqta tanlab, undan ufq tomonlarini ko‘rsatuvchi chiziqlarni o‘tkazamiz va masshtab asosida shamol esgan kunlarni chizmaga tushiramiz. Natijada «shamollar guli» hosil bo‘ladi (60-rasm).
Topshiriq. 1) mart oyining dastlabki 15 kunligida Buxoroda shamol quyidagi yo‘nalishlardan esgan: shimoldan 2 kun, shimoli- sharqdan 1 kun, sharqdan 1 kun, janubi-sharqdan 2 kun, janubdan

  1. kun, janubi-g‘arbdan 2 kun, g‘arbdan 4 kun, shimoli-g‘arbdan

  2. kun. Ushbu ma’lumotlardan foydalanib, «shamollar guli»ni chizing.

  1. Toshkent shahrida fevral oyining so‘nggi 15 kunligida sha­mol quyidagi yo‘nalishlardan esgan: shimoldan 3 kun, shimoli- sharqdan 2 kun, sharqdan 1 kun, janubi-sharqdan 1 kun, janubdan 1 kun, janubi-g‘arbdan 2 kun, g‘arbdan 1 kun, shimoli-g‘arbdan 4 kun. Ushbu ma’lumotlardan foydalanib, «shamollar guli»ni chizing.

  1. variant. Havo namligini hisoblash.

Bu amaliy ishni bajarish uchun quyidagilarni bilish zarur:

  1. Havoning mutlaq namligi deb nimaga aytiladi?

  2. Havoning nisbiy namligi deb nimaga aytiladi?

Topshiriq: 1. Quyidagi jadvalning bo‘sh kataklarini to‘ldiring:


Download 3,06 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Download 3,06 Mb.