• Janubiy tropik
  • Tabiiy geografiya




    Download 3,06 Mb.
    bet26/42
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,06 Mb.
    #153211
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
    Bog'liq
    5-sinf Geografiaya darslik

    Shimoliy qutbiy doira Shimoliy qutb

    "H,
    E8SBB s'i
    Shimoliy tropik


    Ekvator

    Janubiy tropik

    Janubiy qutbiy doira

    Janubiy qutb

    Is.

    trO,

    siq

    111 int.

    a9a

    lir>ubjy
    m°‘tm



    61-rasm. Yerning issiqlik mintaqalari.

    Tayanch so‘z va tushunchalar


    Ob-havo
    Barqaror ob-havo Kontinental havo Kontinental iqlim

    Beqaror ob-havo Dengiz havosi Dengiz iqlimi Issiqlik mintaqalari



    1. Ob-havo deb nimaga aytiladi?

    2. Ob-havoning o‘zgarishiga nimalar sabab bo‘ladi?

    3. Iqlim nima? Iqlim haqidagi bilimlar nima uchun zarur?


    4. a)
      Quyida a) va b) rasmlar bilan ko‘rsatilgan hududlar iqlimi qanday iqlim ekanligini ayting. Bu hududlarda qish va yozda ob-havo qanday bo‘ladi?







    1. Quyida berilgan rasmdan foydalanib, Andijonda kel- gusi haftaning dastlabki 5 kunida qanday ob-havo kuti- layotganini aniqlang va daftaringizga yozib qo‘ying.





    15 15 11


    14 12




    1. O‘z joyingizdagi bir kunlik ob-havoni geografiya daf­taringizga yozib qo‘ying.

    VII BOB. BIOSFERA. INSON YA TABIAT
    28-§. YERNING HAYOT QOBIG‘I — BIOSFERA
    Sayyoramiz, ya’ni Yer taxminan 4 milliard 600 million yildan beri mavjud. Yerning butun tarixi davomida litosfera, gidrosfera va atmosfera o‘zaro ta’sir etib turgan. Atmosferaning quyi - troposfera qatlami, butun gidrosfera va litosferaning yuqori 4-5 km li qatla- mining o‘zaro ta’siri, ayniqsa, kuchli bo‘lgan. Hayot ham xuddi shu joyda vujudga kelgan. Undagi eng dastlabki hayot belgilari paydo bo‘lganiga taxminan 3 milliard 800 million yilga yaqin vaqt bo‘lgan. Bular ko‘zga ko‘rinmaydigan juda mayda organizmlar edi. Organizmlar faol bo‘lib, Yer yuzini egallay boshlaganiga esa 550-600 mln yil bo‘ldi.
    Organizmlar bir-biri bilan juda yaqin aloqada bo‘ladi va o‘zaro ta’sir etib turadi. Agar ular o‘zaro aloqada bo‘lmaganlarida allaqachon qirilib, yo‘q bo‘lib ketar edi. Masalan, o‘simliklar noorganik modda- lardan organik moddalar hosil qiladi. Buning uchun ular suv va tuproqdan oziq moddalar (mineral va tuzlar), havodan karbonat angidrid gazini olib, Quyosh nuri ta’sirida organik moddalar tayyorlaydi. Hayvonlar esa organik modda tayyorlay olmaydi. Ular o‘simliklar tayyorlagan organik moddalarni yeydilar. Ular o‘txo‘rlar deyiladi. Ba’zi hayvonlar esa boshqa jonivorlarni yeb kun ko‘radi. Ularni go‘shtxo‘r hayvonlar deymiz.
    Ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda organizmlar, ya’ni mikroblar o‘simlik va hayvonlar qoldiqlarini chiritib, minerallarga aylantirib turadi. Yerning organik hayot paydo bo‘lgan, yashaydigan va organizmlar o‘zaro ta’sir etib turadigan qobig‘iga biosfera deyiladi («bios» - hayot, «sphaira» - shar). Biosferaning qalinligi 30-40 kilometrga yetadi. Odam ham mana shu biosferada yashaydi (62-rasm).
    Yer yuzida tirik organizmlarning notekis tarqalganligi. Orga­nizmlar quruqlik yuzasida va uning ustida 150 m balandlikkacha bo‘lgan havoda, tuproqda, okean va dengizlar suvining yuzasi hamda 150 m chuqurlikkacha bo‘lgan qismlarida eng ko‘p tarqalgan.





    Quruqlikda organizmlarning tarqalishi yorug‘lik, namlik va issiq- likning taqsimlanishiga, ya’ni iqlimga bog‘liq. Sernam ekvatorial o‘rmonlar o‘simlik va hayvonot dunyosiga juda boy. Daraxtlar doimo ko‘m-ko‘k, biri gullayotgan bo‘lsa, boshqasida mevasi pishadi. Negaki, u yerlarda iqlim yil bo‘yi issiq, yog‘in ko‘p yog‘adi.
    Iqlim issiq bo‘lsa-yu nam yetishmasa, bunday hududlar o‘simliklar va hayvonot olamiga boy bo‘lmaydi. Bunga cho‘llar misol bo‘ladi. U yerlarda namni kam bug‘latadigan mayda bargli yoki tukli, tikanakli, ildizlari uzun o‘simliklar o‘sadi (Cho‘lda o‘sadigan qanday o‘sim- liklarni bilasiz?). Cho‘llarda ko‘p hayvonlar uzoq vaqt suvsiz yashay oladi. Cho‘llar faqat issiq joylarda emas, sovuq joylarda ham bor. Antarktidada o‘simlik o‘smaydigan, hayvonlar yashamaydigan joylar anchagina. Bunday joylar qor va muzlik cho‘llari deyiladi.
    Inson va biosfera. Hozirgi odamlarning ajdodlari taxminan 2 mln yil ilgari paydo bo‘lgan. Ibtidoiy odamlar dastlabki davrlarda tabiatga moslashishga harakat qilishgan. G‘orlarda yashashgan. Ovchilik, shuningdek, meva va ildizlarni yig‘ish bilan shug‘ullanishgan. U vaqtda kishilar biosferaga ta’sir ko‘rsata olmaganlar. Lekin odamlar olovdan foydalanishni o‘rganib, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullana boshlagach, keyinchalik zavod-fabrikalar qurganlaridan so‘ng biosferaga juda katta ta’sir ko‘rsata boshladi.


    Odamlar ko‘p hayvonlarni qo‘lga o‘rgatgan. Ularning yangi, sermahsul zotlarini yaratdi, lekin inson ta’sirida ayrim hayvon turlari yo‘qoldi, ayrimlari kamayib bormoqda. Inson ta’sirida iqlim ham asta o‘zgarib borayapti. Odam tabiiy sharoit noqulay yerlarda tabiatni o‘zgartirib, o‘ziga qulay sharoitni ham yaratadi. Mamlakatimizning ko‘p joylari cho‘llardan iborat. Ota-bobolarimiz qadim zamonlardanoq ariqlar qazib, to‘g‘on qurib, daryolardan suv chiqarishni o‘rganishgan. Ajoyib bog‘lar, ekinzorlar bunyod etishgan. Inson tomonidan o‘zgartirilgan, obod qilingan bunday joylar vohalar deb ataladi.


    Tayanch so‘z va tushunchalar
    Organizmlar O‘txo‘r hayvonlar
    Organik modda Go‘shtxo‘r hayvonlar
    Noorganik modda Biosfera
    Cho‘l Vohalar

    1. Biosfera qanday qobiq? Uning qalinligi qancha? m 2. Yerda hayot belgilari qachon paydo bo‘lgan?

    1. Inson paydo bo‘lganidan key in tabiatga qanday ta’sir ko‘rsatgan?

    2. Biosferaning qaysi qismida organizmlar eng zich tar- qalgan?

    3. Vohalar deb qanday joylarga aytiladi? O‘qituvchingiz yordamida O‘zbekistondagi vohalarni tabiiy xaritadan ko‘rsating va nomlarini daftaringizga yozib qo‘ying.


    вда

    Download 3,06 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




    Download 3,06 Mb.