• Gipotsentr — yer qimirlash o‘chog‘i. Odatda Yer po‘stidagi yoriqlarda, burma- lanish, uzilish, siljish bo‘layotgan yerlarda joylashadi.
  • Gorizontal, gorizontal chiziq — Yer yuzasida bir xil balandlikdagi nuqtalarni xaritada tutashtirib turuvchi chiziq.
  • Gumus — tuproq tarkibida tarqalgan chirindi organik moddalar. Tuproqni unumdor qiladi.
  • Harorat amplitudasi — havo, suv va boshqalarning yuqori harorati bilan past harorati orasidagi farq.
  • Havo massasi — katta hudud ustida tarkib topgan va o‘zining xususiyatlari - harorati, namligi, shamollari, tiniqligiga ko‘ra boshqa joydagi havodan farq qiluvchi havo.
  • Iqlim — biror joydagi ob-havoning ko‘p yillik holati. Iqlim Quyosh radiatsiyasi (issiqligi, yorug‘lik), yer yuzasining holati, atmosferadagi havo harakatlariga bog‘liq.
  • Ichki dengiz — quruqlik ichkarisida joylashgan va okean hamda boshqa den- gizlar bilan bir yoki bir necha bo‘g‘izlar orqali qo‘shilib turgan dengizlar. Masalan, Qora dengiz, Qizil dengiz.
  • Geoid — Yerning haqiqiy shakli. U shar shaklidan farq qiladi




    Download 3,06 Mb.
    bet32/42
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,06 Mb.
    #153211
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
    Bog'liq
    5-sinf Geografiaya darslik

    Geoid — Yerning haqiqiy shakli. U shar shaklidan farq qiladi.
    Geyzer — yer osti bo‘shliq va yoriq- laridan vaqti-vaqti bilan issiq suv hamda bug‘ otilib turadigan buloqlar.
    Gidrosfera — Yerning suv qobig‘i. Unga okean va dengizlar, daryo va ko‘llar, qor va muzliklar, havodagi suvlar, yer osti suvlari kiradi.
    Gipotsentr — yer qimirlash o‘chog‘i. Odatda Yer po‘stidagi yoriqlarda, burma- lanish, uzilish, siljish bo‘layotgan yerlarda joylashadi.
    Globus — Yerning juda kichraytirib ishlangan sharsimon modeli, masshtabi turli xil bo‘lishi mumkin.
    Gorizontal, gorizontal chiziq — Yer yuzasida bir xil balandlikdagi nuqtalarni xaritada tutashtirib turuvchi chiziq.
    Granit — Yer po‘stida eng ko‘p tarqalgan otqindi tog‘ jinsi.
    Grunt suvlari — yer yuzasida tarqalgan g‘ovak tog‘ jinslari orasida joylashgan suvlar. Bunday suvlar mavjud yerlar ko‘pincha zax, sernam bo‘ladi.
    Gumus — tuproq tarkibida tarqalgan chirindi organik moddalar. Tuproqni unumdor qiladi.
    Harakat belgilari — xaritalarda shamollar, okean, dengizlarda oqimlar, yo‘llarda yuk tashish kabi hodisalar yo‘nalishlarini bildiradigan belgilar.
    Harorat amplitudasi — havo, suv va boshqalarning yuqori harorati bilan past harorati orasidagi farq.
    Havo bosimi — atmosfera havosining Yer yuziga beradigan bosimi. Barometr yordamida o‘lchanadi.
    Havo massasi — katta hudud ustida tarkib topgan va o‘zining xususiyatlari - harorati, namligi, shamollari, tiniqligiga ko‘ra boshqa joydagi havodan farq qiluvchi havo.
    Havoning namligi — havoda mavjud bo‘lgan suv bug‘lari miqdori. Havoning qancha miqdorda suv bug‘larini tutib turishi uning haroratiga bog‘liq. Issiq havo ko‘proq, sovuq havo kamroq suv bug‘larini o‘zida tutib turadi.
    Iqlim — biror joydagi ob-havoning ko‘p yillik holati. Iqlim Quyosh radiatsiyasi (issiqligi, yorug‘lik), yer yuzasining holati, atmosferadagi havo harakatlariga bog‘liq.
    Issiqlik mintaqalari — Yer sharsimon shaklda bo‘lgani uchun Quyoshdan kela- digan nur turli geografik kengliklarni turlicha isitadi. Natijada Yer yuzida issiqlik mintaqalari hosil bo‘ladi. 2 ta sovuq, 2 ta o‘rtacha (mo‘tadil), 1 ta issiq (tropik) mintaqa hosil bo‘ladi.
    Ichki dengiz — quruqlik ichkarisida joylashgan va okean hamda boshqa den- gizlar bilan bir yoki bir necha bo‘g‘izlar orqali qo‘shilib turgan dengizlar. Masalan, Qora dengiz, Qizil dengiz.

    Download 3,06 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




    Download 3,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geoid — Yerning haqiqiy shakli. U shar shaklidan farq qiladi

    Download 3,06 Mb.