|
Voha — cho‘l, chala cho‘l, dashtlarda aholi suv chiqarib, obod qilgan ekinzorlar, bog‘lar bilan qoplangan yerlar
|
bet | 40/42 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 3,06 Mb. | | #153211 |
Bog'liq 5-sinf Geografiaya darslikVoha — cho‘l, chala cho‘l, dashtlarda aholi suv chiqarib, obod qilgan ekinzorlar, bog‘lar bilan qoplangan yerlar.
Vulqon — Yer po‘stida tektonik hara-
katlar natijasida hosil bo‘lgan yoriqlardan yer yuziga lava, qaynoq gaz, suv bug‘lari, toshlar, kul otilib chiqishi va ulardan hosil bo‘lgan tog‘lar.
Yadro (Yer yadrosi) — Yerning mar- kaziy qismi. Radiusi 3470 km ga yaqin. Asosan temirdan iborat deb taxmin qilinadi.
Yarimorol — uch tomondan suv bilan o‘ralib, faqat bir tomonda katta quruqlik bilan tutashgan yer. Masalan, Hindiston, Qrim, Bolqon, Kamchatka yarimorollari.
Yassitog‘lar — dengiz sathidan 500 m dan baland bo‘lgan, yer yuzasi tekis yoki biroz to‘lqinsimon bo‘lgan tog‘lar.
Yerning qutblari — Yer aylanash o‘qining yer yuzasi bilan kesishgan nuq- talari. Ikkita geografik qutb — Shimoliy va Janubiy qutblar mavjud.
Yer osti suvlari — Yer po‘stining yuza (12-16 km chuqurlikkacha) qismidagi suvlar.
Yer usti suvlari — quruqlikdagi daryo, ko‘l, botqoqlik, muzlik suvlari.
Yoqilg‘i mineral boyliklar - ko‘mir, neft, gaz, torf, slanets foydali qazilmalari.
Yulduz — o‘ta qizigan gazlardan (plaz- madan) tarkib topgan, o‘zidan koinotga yorug‘lik va issiqlik tarqatib turuvchi, bizning Quyoshga o‘xshagan osmon jismlari.
0‘zan — daryo vodiysining eng past, suv oqadigan chuqur qismi. Katta daryolarda o‘zanning kengligi bir necha metrdan yuzlab, minglab metrga boradi.
0‘zan ko‘l — daryolarning eski o‘zanida hosil bo‘lgan ko‘l. Ko‘rinishi ko‘pincha yangi oy shaklida bo‘ladi.
G‘arbiy shamollar — Yerning shimoliy va janubiy yarimsharlarining o‘rta keng- liklarida troposferaning yuqori qismi va stratosferada g‘arbdan sharqqa esadigan doimiy shamollar.
|
| |