|
Suvayirg‘ich — daryolar, dengizlar, okeanlarga suv keladigan hududlar (havzalar)ni bir-biridan ajratib turadigan chegara
|
bet | 38/42 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 3,06 Mb. | | #153211 |
Bog'liq 5-sinf Geografiaya darslikSuvayirg‘ich — daryolar, dengizlar, okeanlarga suv keladigan hududlar (havzalar)ni bir-biridan ajratib turadigan chegara.
Suvli qatlam — Yer po‘stining g‘ovak tog‘ jinslari bo‘shliqlarida, yoriqlarda
suv siljib yuradigan qatlami. Bu qatlam yer yuziga chiqqan joylarda buloq hosil bo‘ladi.
Suvni o‘tkazmaydigan jinslar -
suvni o‘tkazmaydigan yoki juda sekin o‘tkazadigan tog‘ jinslari: gil, granit, marmar va b.
Suvni o‘tkazuvchi jinslar - suvni singdirib o‘tkazuvchi tog‘ jinslari: shag‘al, qum, ohaktosh, bo‘r va b.
Suvning dunyoda aylanishi — Quyosh issiqligi natijasida okean va dengizlardan suv bug‘lanib, ularni shamol quruqliklarga olib borishi hamda quruqlikda yog‘in bo‘lib yog‘ib, yana okean va dengizlarga oqib kelishi.
Tabiat - butun atrofimizni o‘rab olgan tabiiy borliq.
Tabiat kompleksi — tabiatning o‘zaro ta’sir etib, yagona tabiiy tizim hosil qi- luvchi komponentlari, ya’ni tog‘ jinslari, relyef, iqlim, suvlar, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosining uyg‘unligi. Har xil kattalikda bo‘ladi: geografik qobiq, geo- grafik mintaqa, tabiat zonasi va b.
Tabiat komponentlari — tog‘ jinslari, iqlim, suvlar, tuproq, o‘simlik, hayvonot dunyosi. Bular birgalikda tabiat kompleksini hosil qiladi.
Tabiatni muhofaza qilish — tabiatni toza tutish, saqlash va boyitish uchun qilinadigan barcha ishlar (tadbirlar).
108
Tabiat zonasi (geografik zona) — geografik mintaqalar doirasida Quyosh issiqligi va havo namligi ta’sirida o‘sim- liklari, hayvonot dunyosi va tuproqlari bir-biridan farq qiluvchi hududlar.
Tashqi kuchlar (ekzogen kuchlar) — Quyosh nuri, issiqligi, og‘irlik kuchi, suv, shamol va organizmlar. Bular ta’sirida qattiq tog‘ jinslari nuraydi, maydalanadi, bir joydan boshqa joyga ko‘chadi, tog‘lar pasayadi, chuqurliklar to‘ladi, yer yuzasi tekislanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Suvayirg‘ich — daryolar, dengizlar, okeanlarga suv keladigan hududlar (havzalar)ni bir-biridan ajratib turadigan chegara
|