|
Tektonik ko‘l — ko‘l suvi to‘ldirgan chuqurlik, botiq tektonik yo‘l (Yerning ichki kuchlari ta’sirida) bilan hosil bo‘lgan bo‘lsa, tektonik ko‘l deyiladi
|
bet | 39/42 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 3,06 Mb. | | #153211 |
Bog'liq 5-sinf Geografiaya darslikTektonik ko‘l — ko‘l suvi to‘ldirgan chuqurlik, botiq tektonik yo‘l (Yerning ichki kuchlari ta’sirida) bilan hosil bo‘lgan bo‘lsa, tektonik ko‘l deyiladi.
Tog‘lar — Yer po‘stining dengiz sathidan 500 m dan baland bo‘lgan notekisliklari. Tog‘lar burmali, palaxsali, burmali-palaxsali bo‘ladi.
Tropik iqlim — tropik geografik keng- liklarning yil bo‘yi issiq bo‘ladigan iqlimi.
Tropik mintaqa — Yerning shimoliy va janubiy yarimsharlarida 20°-30° keng- liklar orasidagi geografik mintaqalar. Cho‘l, chala cho‘l, savanna va tropik o‘rmonlar bor.
Tropik chiziqlar — ekvatordan shimol va janub tomonlarda 23,5° kengliklar- dan o‘tkazilgan parallel chiziqlar. Bu kengliklarda Quyosh bir yilda bir marta (yozda, Shimoliy yarimsharda 22-iyunda, Janubiy yarimsharda 22-dekarbda) tush vaqtida qoq tepaga - zenitga keladi.
Troposfera — atmosferaning eng past- ki qatlami. Qalinligi 8-9 km dan 17 km gacha. Ob-havodagi barcha harakat va o‘zgarishlar shu qatlamda bo‘ladi.
Tuman — havo soviganida yer yuzasi ustidagi namga to‘yingan havodagi suv bug‘laridan hosil bo‘ladigan juda mayda suv tomchilari.
Tuproq — yer yuzasida joylashgan, unumdorlik xususiyatiga ega bo‘lgan g‘ovak tog‘ jinslari. Tarkibida chirindi va minerallar qancha ko‘p bo‘lsa, tuproq shuncha unumdor bo‘ladi.
To‘g‘on ko‘l — tog‘ qulashi, vulqon lavalari, muzlik morenalari va boshqalar daryo vodiysini to‘sib qolishi natijasida hosil bo‘lgan ko‘llar. Masalan, Pomir tog‘laridagi Sarez ko‘li.
Ufq — ochiq, tekis, keng joyda kuza- tuvchiga osmon gumbazi bilan yer yuzasi tutashgandek ko‘rinadigan aylana shakldagi chiziq.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Tektonik ko‘l — ko‘l suvi to‘ldirgan chuqurlik, botiq tektonik yo‘l (Yerning ichki kuchlari ta’sirida) bilan hosil bo‘lgan bo‘lsa, tektonik ko‘l deyiladi
|