|
Tabiiy geografiya
|
bet | 7/42 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 3,06 Mb. | | #153211 |
Bog'liq 5-sinf Geografiaya darslikSutkа Kаbisа yili
Bahorgi va kuzgi tcngkunlik Issiqlik mintаqаlаri Qutbiy doiralar Tropik chiziqlar
Quyoshning yozgi va qishki turish kunlari
Yer o‘z o‘qi atrofida aylanganda tabiatda qanday hodi- salar ro‘y beradi? Quyosh atrofida aylanganida-chi?
Sutka nima va u qanday hosil bo‘ladi? Bir sutka necha soatdan iborat?
Kabisa yili qanday yil? Bunga sabab nima?
5-sinf o‘quv atlasidagi «Yarimsharlar tabiiy xaritasi»dan ekvator, Bosh meridian, qutbiy doiralar, tropik chiziqlarni toping va yozuvsiz xaritaga ularni chizib, nomlarini yozib qo‘ying.
Quyidagi jadvalda bo‘sh qolgan kataklarni darslik matni- dan foydalangan holda to‘ldiring:
Ill BOB. GEOGRAFIK XARITALAR
ШШ 6-§. AZIMUT VA MASOFANI 0‘LCHASH
Geografik xarita — insoniyatning buyuk kashfiyoti. Yer yuzi va uning turli qismlarining tabiiy sharoiti, aholisi va uning xo‘jalik faoliyati geografik xaritalarda tasvirlanadi.
Sayyohlar notanish o‘lkalarda ot-ulovda yuzlab, minglab kilometr yo‘l yurganlar, qayiq va kemalarda dengiz-u okeanlarda suzganlar. Ular ko‘rgan, o‘rgangan, kashf qilgan narsalarni xaritalarga tushirishgan.
Agarda keng tekis joyga chiqsangiz, siz turgan yer doira shaklda ko‘rinadi. Doira shakldagi tekislikning chetida osmon bilan Yer tutashib turgandek tuyuladi (15-rasm). Ana shu osmon bilan Yer tutashgan chiziq ufq deb ataladi. Sizdan ufqqacha bo‘lgan doira shakldagi tekis yer ufq tekisligi deyiladi.
Darslikning «Quyosh, Oy va yulduzlar» mavzusida ufqning
|
| |