4. Tabiiy geografiya nimani o‘rganadi?
5.
|
Geografik bilimlarni o‘rganish inson uchun nimaga
|
|
kerak?
|
Ob-havo va tabiatning boshqa hodisalarini kuzatishni boshlang. Buning uchun «20.. - yil uchun ob-havoni kuzatish daftari»ni tuting. Daftarning birinchi betiga ob-havo hodisalarining shartli belgilarini chizib oling.
ob-havo hodisalarining shartli belgilari
(J) Havo ocliiq
|
N
|
Kuchli shamol
|
Д
V
|
Bulduraq
|
•
|
Havo bulut
|
I
|
Quyun
|
V
|
Do‘l
|
Ц Havo yarim bulut
|
|
Tuman
|
|
Momaqaldiroq
|
0
|
Havo ozgina bulut
|
V
|
Yomg‘ir
|
C2:
|
To‘p-to‘p bulut
|
|
Shabada
|
&
|
Qor
|
—
|
Qat-qat bulut
|
|
M O‘rtacha shamol
|
Л
|
Jala
|
=■
|
Patsimon bulut
|
Kun,
sana
|
Soat
|
Havo harorati, °C hisobida
|
Havo bosimi, mm Hg hisobi- da
|
Shamol
|
Bu-
lut-
lilik
|
Bulut
turi
|
Yog‘in
turi
|
Tabiat-
dagi
boshqa
hodisa-
lar
|
|
|
Kuza-
tilgani
|
O‘rta-
cha
|
yo‘na-
lishi
|
tez-
ligi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
05.09
|
13:00
|
+28
|
—
|
718
|
Sh
|
—
|
(3
|
—
|
—
|
—
|
§. GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR VA HOZIRGI ZAMON GEOGRAFIYASI
Inson hayoti tabiat bilan bog‘liq bo‘lgani uchun kishilar qadim zamonlardanoq o‘zlari yashaydigan joy tabiatini yaxshi bilishga harakat qilishgan. Keyinchalik qayiqlar, yelkanli kemalar yasab, dengizlarda suzishgan, yangi yerlarni kashf qilganlar. Borgan joylari tabiatini, odamlarning yashash tarzini tasvirlab yozishgan. O‘zlari yashaydigan joyning hamda borgan yerlarining eng sodda xaritalarini chizishgan. Shu yo‘l bilan geografik ma’lumotlar to‘plana borgan. Savdo aloqa- larining o‘sishi, harbiy yurishlar, uzoq o‘lkalarga sayohatlar Yer haqi- dagi bilimlarning ko‘payishiga yordam bergan.
Miloddan avvalgi 3-asrda qadimgi yunon olimi Eratosfen Yerning kattaligini ancha aniq hisoblagan. U dunyoning dastlabki xaritalaridan birini tuzgan. Uning xaritasida Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyoning g‘arbiy qismlari tasvirlangan (1-rasm). Bu xaritaga nisbatan ancha mukammalroq xaritani milodiy 2-asrda Ptolemey tuzgan (2- rasm). Unda Yevropa va Osiyoning katta qismi hamda Afrikaning shimoli tasvirlangan.
Bizning bobokalon olimlarimizdan Muha mmad al-Xorazmiy,
' Г
Sf ^ Istt
Tule o.
, ._ Ichki dengiz^ 'Q
Iskandariya^
S^TfTar
sart
Massagetla
OB "
Tavr tog‘l
OSIYOX 4,
- E r i t г e у a d e n g i z i,
Taproban o.
/-■
1-rasm. Miloddan avvalgi 3-asrda Eratosfen tuzgan dunyo xaritasi.
2-rasm. Milodiy 2-asrda Ptolemey tuzgan dunyo xaritasi.
Abu Rayhon Beruniy, Nosir Xisrav, Mahmud Koshg‘ariylar ham geografiyaning rivojiga katta hissa qo‘shishgan va dunyo xaritalarini tuzishgan (3-rasm). Muhammad al-Xorazmiy (783-850-yy) «Surat ul-Arz» - «Yerning tasviri» nomli kitobini yozgan. 973-1048-yillarda yashab o‘tgan Abu Rayhon Beruniy Yerning o‘sha vaqtdagi eng mukammal modeli - Shimoliy yarimshar globusini yasagan va asar- larida Yer sharining narigi tomonida ham quruqlik borligi haqida yozib qoldirgan, dunyo xaritasini tuzgan (4-rasm). Mahmud Koshg‘ariy (milodiy 11-asr) «Devonu lug‘otit turk» asarida ko‘plab geografik joy nomlari va terminlarga izoh yozgan, dunyo xaritasini ishlagan.
O‘rta osiyolik Nosir Xisrav (1004-1088-yy.) Janubi-g‘arbiy Osiyo va Shimoli-sharqiy Afrikaga sayohat qilib, juda ko‘p geografik ma’lu- motlar to‘plagan. Yetti yil davom etgan ikkita sayohatida 15 ming 8 kilometr (km)dan ortiq yo‘lni bosib o‘tgan (10-bet 5-rasm).
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530-yy.) «Boburnoma» kitobida Farg‘ona vodiysi, Afg‘oniston, Hindiston tabiati, joy nomlari haqida ko‘plab muhim ma’lumotlar yozib qoldirgan.
Materiklar va okeanlarning kashf etilishida jasur dengizchi hamda sayyohlarning xizmatlari juda katta bo‘lgan.
3-rasm. M. Xorazmiyning O‘rta Osiyo va unga yondosh yerlar xaritasi.
1492-yilda X.Kolumb boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistonga dengiz orqali yo‘l topish maqsadida Ispaniyadan g‘arbga tomon kemada suzib ketadi. U Atlantika okeanini kesib o‘tib, Amerika qirg‘oqlariga yetib bordi. 4 marta uyushtirgan sayohati davomida u Amerika qit’asini kashf qiladi. Yangi qit’aga 1499-1504-yillarda Janubiy Amerikaning shimoliy qismini o‘rgangan Amerigo Vespuchchi nomi berilgan. Portugaliyalik Vasko da Gama 1498-yilda kemalarda Afrikani aylanib, Hindistonga bordi.
1519-1522-yillarda Fernan Magellan boshchiligidagi ispanlar
ekspeditsiyasi kemalarda dunyoni
g‘arbdan sharqqa aylanib chiqdi.
Tinch okeanni kesib o‘tdi. Natijada Yerning sharsimonligi isbotlandi,
Yer yuzining katta qismini suv qoplab yotishi aniqlandi.
1820-yilning yanvarida rus dengizchi sayyohlari F.Bellins- gauzen va M.Lazarev eng uzoqda joylashgan, muzlar bilan qoplanib yotgan Antarktida materigini kashf etishdi.
Hozirgi vaqtga kelib, Yer
yuzida aniqlanmagan, xaritaga tu- 4-rasm. Abu Rayhon Beruniyning shirilmagan joy qolmagan. Biroq dunyo xaritasi.
Ba'ru|.
MTSR . Quddus ■ . .j,*j..!Marv
■" 1 Q., vlh^ Q.ib.idr on
Tsfahon N;shonur Balx
Ba .1.1 ■' |l 'I
Asvon *
NOSIR XISRAV sayohati (XI asr)
\ /'jO?
. Lohur
■if
ARABISTON
f r!
M
si
N
'akka
Yer yuzi tabiatining barcha xususiyatlarini, ayrim tabiiy hodisa- larni, ularning sabab va oqibatlarini olimlar yetarlicha tushuntirib berganlari yo‘q. Shuning uchun geograf olimlar Yer yuzasini, uning tabiatini yanada mukammal o‘rganishni davom ettirishmoqda. Geograflarning tadqiqotlari natijalaridan xo‘jalikning turli sohalarida keng foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda geograflar o‘zlarining tadqiqotlarida hisoblash texnikasidan, kompyuterlardan, kosmik suratlardan foydalanishmoqda. Endilikda Yer yuzasidagi har bir nuqtaning aniq geografik o‘rnini Yerning sun’iy yo‘ldoshlari yordamida bilib olish mumkin.
X
' Qayruvon
-4
uU
С
4
%
Mo‘lton
— Mashhur sayyoh va olim Nosir Xisravning «Safarnoma» asarida ko ‘plab qiziqarli ma ’lu- motlar uchraydi.
5-rasm. Nosir Xisrav sayohati.
Tayanch so‘z va tushunchalar
*>4#
Xarita
Tadqiqot
Materik
Globus
Tabiat
Ekspeditsiya
Kashfiyot Sun’iy yo‘ldosh Qit’a
BOB. YER - QUYOSH SISTEMASIDAGI SAYYORA
§. QUYOSH, OY VA YULDUZLAR
Yulduzlar. Tunda osmonga qarasangiz, juda ko‘plab yulduzlar tartibsiz sochilib yotganga o‘xshaydi. Aslida ular osmonda tartibsiz sochilib yotmaydi. Hozirgi vaqtda olimlar rasadxona (observatoriya)- larda yulduzlarning kattaligi, harorati, harakati va moddalar tarkibini, shuningdek, o‘zaro joylashuvini ham o‘rganishmoqda.
Yulduzlar Yerdan juda uzoqda joylashgan, nihoyatda qizib yotgan osmon yoritgichlaridir. Ularni odamlar qadimdan guruhlarga ajratish- gan va har bir guruhga nom berishgan. Bular yulduz turkumlari deb ataladi. Masalan, Katta Ayiq (Yetti og‘ayni), Kichik Ayiq, Qutb yulduzi (Oltin Qoziq) va boshqalar.
Bolalar, Sizlar Katta Ayiq yulduzlar turkumini bilsangiz kerak. Ularni xayolan chiziq bilan tutashtirsangiz shakli cho‘michga o‘xshaydi. Cho‘mich bandidagi ikkinchi yulduz yonida kichik yulduzcha bor. Qadimda jangchilarning ko‘zi o‘tkirligini shu yulduzni ko‘ra olishiga qarab aniqlashgan.
Katta Ayiq
Kichik Ayiq
Oltin Qoziq (Qutb) yulduzi
f Shimoliy 1 nuqta
rasm. Qutb (Oltin Qoziq) yulduzini va ufqning shimoliy nuqtasini topish.
7-rasm. Quyosh sistemasi (Quyosh va uning atrofidagi sayyoralar).
Ko‘rinib turadigan ancha yorug‘ yulduzlardan biri Oltin Qoziq (Qutb) yulduzidir. Bu yulduz hamma vaqt ham osmonda bir joyda — Shimoliy qutb ustida turadi. Oltin Qoziq (Qutb) yulduzini osongina topsa bo‘ladi. Buning uchun Katta Ayiq yulduzlar turkumi — cho‘- michning chekkasidagi ikkita yulduz oralig‘idagi masofani besh marta qo‘yib chiqilsa, Oltin Qoziq yulduziga boradi (11-bet 6-rasm).
Quyosh - Yerga eng yaqin bo‘lgan yulduz - olov shardir. U Quyosh sistemasining o‘rtasida joylashgan. Quyosh kattaligi va haroratiga ko‘ra o‘rtacha yulduzlarga teng. Uning massasi (og‘irligi) Yer og‘irligidan salkam 332 ming marta katta, diametri Yer diametridan 109 marta uzun. Yuzasidagi harorat salkam +6000 °C. O‘z o‘qi atrofida 27 Yer sutkasidan sal ko‘proq vaqtda bir marta aylanib chiqadi. Quyosh - Yerdagi yorug‘lik va issiqlik manbayi. Yerdagi o‘simlik va hayvonlarning mavjudligi, tabiatdagi aylanma harakat Quyoshning issiqligi va yorug‘ligi tufaylidir. Uning atrofida 8 ta sayyora aylanib turadi. Bular: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun sayyoralaridir (7-rasm). Sayyoralarning yulduzlardan farqi shuki, ular nur sochmaydi, Quyoshdan tushgan nurni qaytaradi, xolos. Olimlar murakkab asboblar, har xil teleskoplar yordamida sayyoralar
8-rasm. Oyning har xil ko‘rinishi: 1 — Oy ko ‘rinmaydi; 2 — Yangi oy; 3 — Oyning birinchi choragi; 4 — Chorak kam to ‘lin oy;5 — To ‘lin oy; 6 — Qisqarayotgan oy; 7 — Oxirgi chorak; 8 — Tugayotgan oy.
va ularning yo‘ldoshlari asosan bir xil moddalardan tuzilganini aniqlashgan. Ular ham, asosan, Yerda uchraydigan moddalardan tuzilgan ekan. Sayyoralarning yulduzlardan yana bir farqi shuki, ular osmondagi o‘z o‘rinlarini ancha o‘zgartirib turadi.
Oy — Yerning tabiiy yo‘ldoshi. Oy o‘zidan nur sochmaydi, Quyoshdan tushgan nurni qaytaradi. Oy Yer atrofini deyarli bir oyda bir marta aylanib chiqadi. Yer, Quyosh va Oyning osmonda bir-biriga nisbatan joylashgan o‘rniga qarab u bizga har xil ko‘rinadi. Bizga Oyning Quyosh nuri bilan yoritilgan qismigina ko‘rinadi. Agar diqqat bilan qarasangiz, yangi oy o‘roq shaklida bo‘ladi. Endi eslab qoling: yangi oy kechqurun Quyosh botganda g‘arb tomonda ko‘rinadi, eski, 13 tugayotgan oy esa erta tongda, Quyosh chiqmasdan sharq tomonda ko‘zga tashlanadi (8-rasm). Agar Oy doira shaklida ko‘rinsa, to‘lin oy deyiladi. Oyning 14—15-kunlari to‘lin oy bo‘ladi. Oy tutilishi to‘lin oy kuniga to‘g‘ri keladi. Oy, Yer, Quyosh osmonda bir chiziqqa to‘g‘ri kelib qolganda Oy tutiladi. Quyosh, Oy va Yer osmonda bir chiziqda
9-rasm. Joyda oriyentirlash.
10-rasm. Ufqning asosiy va oraliq tomonlari.
turib qolganda esa Quyosh tutiladi. Quyosh va Oyning Yerni tortishi natijasida dengiz hamda okeanlarda davriy ravishda suv qalqishi, ya’ni suvning ko‘tarilib, pasayishi ro‘y beradi. Suvning ko‘tarilib, qaytishi Quyosh tortishiga nisbatan Oy tortganda ikki baravar kuchli bo‘ladi. Odamlar osmon jismlarini kuzatish natijasida Oy va Quyosh taqvim (kalendar)larini tuzishgan, quruqlik va okeanlarda turgan joylarini aniqlashgan.
Yulduz va Quyoshga qarab oriyentirlash (dunyo tomonlarini aniqlash). Oltin Qoziq yulduziga qarab shimolga, demak, dunyoning boshqa tomonlariga bo‘lgan yo‘nalishni ham aniqlash mumkin. Agar old tomoningiz bilan shimolga qarab tursangiz, o‘ng tomoningiz sharq, chap tomoningiz g‘arb, orqa tomoningiz janub bo‘ladi (9-rasm). O‘zi turgan joyni ufq tomonlariga nisbatan aniqlash oriyentirlash deyiladi. Shimol, janub, sharq, g‘arb ufqning asosiy tomonlari, shimoli-sharq, shimoli-g‘arb, janubi-sharq va janubi-g‘arb esa oraliq tomonlaridir. Bular yanada kichikroq oraliq tomonlarga bo‘linadi. Masalan, shimol- shimoli-sharq, janub-janubi-sharq (10-rasm).
Ufq tomonlarini yulduzlarga qarab faqat kechasi aniqlash mumkin. Kunduzi-chi? Kunduzi Quyoshga qarab aniqlasa bo‘ladi. Buning uchun
Quyosh nuri yaxshi tushadigan ochiq, tekis yerga diametri 2 metr bo‘lgan aylana chiziq chiziladi. Aylana o‘rtasiga uzunligi bir yarim metr bo‘lgan tayoq (ustun) qoqib qo‘yiladi. Tayoq soyasi tush vaqtida eng kalta bo‘lib, shimol tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Shimol yo‘nalishining teskari tomoni janub, o‘ng tomon sharq, chap tomon g‘arb bo‘ladi. Shu tariqa oraliq tomonlarni ham aniqlash mumkin.
Tayanch so‘z va tushunchalar
Quyosh Quyosh sistemasi Yulduz
Sayyoralar Oriyentirlash Yulduz turkumi
Katta Ayiq Oy, Oy tutilishi Qutb yulduzi
Quyosh sistemasidagi sayyoralarning qaysilari Quyoshga eng yaqin va qaysilari eng uzoq joylashgan?
Sayyoralar yulduzlardan nimasi bilan farq qiladi?
Qutb (Oltin Qoziq) yulduzi osmonda qanday topiladi?
Kunduzi Quyoshga qarab ufq tomonlarini qanday aniqlasa bo‘ladi?
Tasavvur qiling, yolg‘iz o‘zingiz o‘ynab yurib adashib qoldingiz. Uyingiz g‘arbda ekanligini bilasiz, deb faraz qilaylik. Siz yuzingiz bilan a) shimolga; b) sharqqa va c) janubga qarab turgan bo‘lsangiz, uyingizga borish uchun qaysi tomonga (ortga, o‘ngga yoki chapga) yurishingiz kerak bo‘ladi? Buni uyingizning hovlisida ota-onangiz yor- damida tajribada sinab ko‘ring.
|