Tabiiy geografiya




Download 3,06 Mb.
bet4/42
Sana08.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#153211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
5-sinf Geografiaya darslik
qayta ishlangan dars reja 2023-2024, Nemis, jurayeva saida, test-savollari, 1-тема БТЗ (1), Abror aka, 41-maktab o\'quvchisi 7b, O\'quv amaliyoti tahlili, Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand--fayllar.org, Php az waq t html, 88-91 (2), Amaliyot kundaligi tisu (1), 6 Boshlang’ich sinf o’quv tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishning, Uslubiy ko\'rsatma (2)
4-§. YERNING SHAKLI VA 0‘LCHAMLARI

si
Qadim zamonlarda turli joylardagi xalqlar Yerning shakli va kat- taligi haqida turlicha tasavvurga ega bo‘lganlar. Qadimgi yunonlar Yer yassi gumbazsimon shaklda bo‘lib, uning atrofini juda yirik daryo - okean o‘rab turadi deb o‘ylashgan. Hindistonda esa Yer yarimshar shak­lida bo‘lib, uni fillar ko‘tarib turadi, fillar esa ulkan toshbaqa ustida turadi deb tasavvur qilishgan. Bizning O‘rta Osiyo xalqlari esa Yerni ho‘kizlar ko‘tarib turishadi, ular Yerni bir shoxidan ikkinchi shoxiga olganda yer qimirlaydi deb o‘ylashgan. Lekin kishilarning uzoq-uzoq- larga sayohat qilishi, dengizlarda kemalarda suzishi oqibatida odamlar Yerning dumaloq (sharsimon) ekanligini tasavvur qila boshladilar.
TE Yerning sharsimon ekanligini miloddan avvalgi 4-asrda qadimgi yunon olimi Aristotel isbotlagan. U Yerning sharsimonligini asoslovchi quyidagi: dengizda qirg‘oqqa yaqinlashib kelayotgan kemaning avval machtalari, keyin korpusining suvdan ko‘tarilib chiqishi; Oy tutilganda unga tushgan Yer soyasining doira shaklda ekanligi; tekis va ochiq joyda, dengizda odam yuqoriga ko‘tarilgan sari ko‘rinarli ufq (gorizont) ning kengayib borishi; deyarli barcha yirik osmon jismlarining sharsimon shaklda ekanligini dalil sifatida keltiradi. Demak, Yer sharsimon, dumaloq bo‘lsa kerak, degan dastlabki tasavvurning vujudga kelganiga 2400 yildan ko‘proq vaqt bo‘lgan.
Globus - Yerning juda kichraytirilgan shakli - modeli. Yevropada birinchi globusni 1492-yilda xaritashunos olim Martin Bexaym yasagan. Uning globusida Amerika, Avstraliya va Antarktida qit’alari ko‘rsatilmagan. Chunki u vaqtda bu qit’alarning borligini yevropaliklar 16 bilishmas edi. Hozirgi vaqtda Yer yuzasidagi nimalar tasvirlanganiga va katta-kichikligiga ko‘ra har xil globuslar mavjud.
Dunyodagi katta va mazmuniga ko‘ra yagona bo‘lgan globus- lardan biri «Toshkent globusi» bo‘lib, u Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida saqlanadi. Uning balandligi ikki yarim metr, aylanasining uzunligi 6 metrga yaqin, og‘irligi (vazni) esa

490 kilogramm(kg)ni tashkil etadi (11-rasm).




11- rasm. Toshkent globusi.
Geografik qutblar, ekvator.
Biror koptok yoki dumaloq sharni olib, aylantirsangiz uning ikki nuq- tasi o‘z joyida, qo‘zg‘almasdan ayla- nadi. Yer aylanganda ham uning qarama-qarshi tomondagi ikkita nuqtasi o‘z joyida aylanadi. Yer­ning o‘z joyida turib aylanadigan ikki nuqtasini Yerning qutblari deyiladi. Ular Yer yuzining qarama- qarshi tomonlarida joylashgan.
Ularning biri Yerning shimoliy qutbi, ikkinchisi janubiy qutbi deyiladi. Bu qutblarni tutashtiruvchi Yerning markazidan o‘tgan to‘g‘ri chiziq Yerning o‘qi deb ataladi. Yer qutblaridan barobar uzoqlikda Yer yuzasidan o‘tkazilgan katta aylana chiziqqa ekvator deyiladi. Yer ekva- torining uzunligi 40000 kilometr(km)dan ortiq. Ekvator Yerni ikkita

40- X•

Download 3,06 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Download 3,06 Mb.