• BIOLOGIYA Toshkent-2018 2 TUSHUNTIRISH XATI
  • Biologiya fanini o‘qitishning maqsadi
  • Tabiiy va iqtisodiy fanlar blok moduli




    Download 292.55 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/16
    Sana28.04.2023
    Hajmi292.55 Kb.
    #54682
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Dastur 8-sinf-Biologiya
    Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari fanining predmeti va vazifalari. (1), MALUMOTNOMA OBYEKTIBKA, diyorbek kiber mar, НТО



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 
    RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI 
     
     
     
    TABIIY VA IQTISODIY FANLAR BLOK MODULI
    BO‘YICHA UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING
    O‘QUV DASTURI 
    (VIII SINF) 
     
     
     
    BIOLOGIYA 
    Toshkent-2018 



    TUSHUNTIRISH XATI 
    Hozirgi ilm-fan, texnika va sanoat jadal rivojlanayotgan, ijtimoiy, ekologik 
    holat munosabatlari o‘rganilib borilayotgan vaqtda maktablarda biologiya fanini 
    mazmun jihatdan yangicha o‘qitish (STEAM yondashuvi) ham zaruriyat, ham 
    zamon talabidir. 
    Biologiya fanining ahamiyati uning fan-texnika va texnologiya taraqqiyotida, 
    ishlab chiqarish sohalari va kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. 
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida biologiya fanini o‘qitish o‘quvchilarning 
    hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirish orqali biologik 
    bilimlarni amalda qo‘llay olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishdan 
    iborat. Biologiya fanini o‘rganish natijasida suvning inson va hayvonlar uchun 
    ahamiyati, suvni behudaga isrof qilmaslik zarurligi, inson bilan tabiatning 
    bog‘liqligi, ovqatlanish gigiyenasi, jonli va jonsiz tabiat, inson tanasining tuzilishi, 
    chekish, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarning inson organizmiga ta’siri, 
    gulli o‘simliklar haqida umumiy ma’lumotlar, O‘zbekistondagi yirik qo‘riqxonalar 
    kabi ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. 
    Biologiya fanini o‘qitishning maqsadi:o‘quvchilarningmantiqiy fikrlay olish 
    qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini tarkib toptirish, ularda 
    milliy, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish hamda zarur bo‘lgan bilim 
    ko‘nikma, malakalarni egallashi, ulardan kundalik hayotlarida foydalanishga va 
    o‘quvchilarga tirik organizmlarning tuzilishi, kelib chiqishi, ko‘payishi, xilma-
    xilligi, o‘zaro munosabatlari, muhofazasi, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati 
    haqidagi bilimlarni shakllantirish, bu borada fikr-mulohaza yuritishga o‘rgatish, 
    olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash mahoratini shakllantirishdan iborat. 

    Download 292.55 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 292.55 Kb.
    Pdf ko'rish